Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar


Ta’limiy faoliyatning ta’limiy vazifasi



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə9/10
tarix20.09.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#146101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vahobova Muqaddam

Ta’limiy faoliyatning ta’limiy vazifasi. Bu bolalarga ta`limiy faoliyatlarda berilish yoki aniqlanishi hamda konkretlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hajmidir. Bunga yana bolalarning tabiatni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishni ko`shish mumkin. Ta’limiy faoliyatda hal etiladigan tarbiyali vazifalar. Tabiatga ijobiy ehtiyotkorona, g`amxo`rona munosabatni shakllantirish. Tabiatga estetik munosabatni o‘stirishga yo‘naladi. Ta’limiy faoliyatga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda ta`limiy faoliyatning tuzilishi metodini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari, hamda bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Ta’limiy faoliyat davomida topshiriqni bajarishga barcha bolalarni jalb qilish muhimdir. Ta’limiy faoliyat oxirida qoidaga binoan tarbiyachi bolalarni malaka va ko‘nikmalarini ularning ta`limiy faoliyatga munosabatlarini, qiziqishlarni pedagogik jihatdan baholaydi. Baholarning differensiyalashuvi bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
Ekskursiyalar. Ekskursiya bolalarni tabiat bilan tanishtiruvchi ta`limiy faoliyatlar turidan biridir. Ekskursiyalar vaqtida bola tabiat hodisalarini mavsumiy o‘zgarishlarni tabiiy sharoitda kuzatish insonning hayot talablariga muvofiq tabiatni qanday o‘zgarayotganini va tabiat kishilarga qanday xizmat qilayotganini ko‘rish mumkin. Ekskursiya faoliyatlarining afzalligi yana shundaki, unda bolalar o‘simlik va hayvonlar, ular yashaydigan muhitni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ekskursiyalar tufayli bolalarda kuzatuvchanlik, tabiatni o‘zgarishiga qiziqish o‘sadi. Ular predmetni sinchiklab kuzatish va uning xarakterini xususiyatlarini qayd qilishga odatlanadilar.
Tabiatning go‘zalligi bolalarda chuqur hissiyotlar uyg‘otadi, o‘chmas taassurot qoldiradi. Estetik hissiyotlarning o‘sishiga yordam beradi. Shu asosda yana tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, vatanga muhabbat shakllantiriladi.
Ekskursiyalarni uyushtirish. Ekskursiyadan ta`limiy faoliyat turi sifatida o‘rta, katta, hamda tayyorlov guruhlarida foydalaniladi. Har bir ekskursiya uchun barcha bolalar egallashlari shart bo‘lgan dastur mazmuni belgilanadi.

Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin