Mavzu: bolalarning savod o‘rgatish jarayoniga tayyorligini o‘rganish mundarija reja: kirish



Yüklə 371,67 Kb.
səhifə1/8
tarix14.06.2023
ölçüsü371,67 Kb.
#129737
  1   2   3   4   5   6   7   8
BOLALARNING SAVOD O‘RGATISH ...


MAVZU: BOLALARNING SAVOD O‘RGATISH JARAYONIGA TAYYORLIGINI O‘RGANISH
MUNDARIJA


REJA:
KIRISH………………………………………………………..………………..2
I.BOB. BOLALARNI O’QISH YOZISH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.
1.1. Bolalarni yozish o’qishga qiziqishini uyg’otish………………….…..……5
I. 2. Mashg’ulot jarayonida bolalarni savodga o’rgatish…………..…...…..…..13
II.BOB. BOLALARNI O’QISH VA YOZISHGA TAYYORLASH.
2.1 Bolalarni savodga o’rgatish orqali nutqini o’stirish……...………….….….20
2.2.Savodga o’rgatish davrida interfaol usullardan foydalanish……………...25
XULOSA VA TAVSIYALAR…………………………………………..……30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…...…...………………….….…….31


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi . Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, intellektual salohiyatli avlod va unga ta’lim-tarbiya berish sifatiga bog‘liq. SHu bois Vatani, halqini sevadigan, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan ijodkor shaxsni etishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir shuning bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar orqali shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlash mazkur yo‘nalishning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu haqda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalaridan biri ekanligi ko‘rsatilgan. Maktabgacha ta’lim umuman olganda, uzliksiz ta’limning birinchi bosqichi hisoblanib, u maktabda o‘qish uchun tayyor bo‘lgan sog‘lom va to‘laqonli shaxs sifatida shakllangan bolani tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis

tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini


takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi
Bolalarning tovushlar, so’zlar va so’z birikmalari haqidagi bilim va tasavvurlarini, ularning so’zlarni bo’g’inlarga ajaratish hamda berilgan so’zlardan gap tuzishni bilishini aniqlash.
Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Har bir mashg‘ulotning oxirida bolalarning bilimlarini aniqlash va mustahkamlash uchun savollar berilgan.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq yangi, rivojlangan jamiyat qurish yo‘liga kirdi. Zahmatkash halqimiz o‘zining fidoiy mehnati va tinch hayoti bilan dunyodagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallash maqsadida barcha sohalarda chuqur islohotlarni amalga oshira boshladi. Kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi, ongiga ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yüklə 371,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin