Tarbiyasi qiyin va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan ishlashni tashkil etish va boshqarish qoidalari.
Qoida: O`quvchilar nimani xohlashayotgani haqida o`ylang!
Muayyan bir turdagi stimullarni tahlil etish uchun amerikalik professor G.Overstritning “Inson xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatish” deb nomlangan kitobida keltirilgan fikrlarga e’tiborni qaratsak, foydadan xoli bo`lmaydi. G.Overstritning ta’kidlashicha, xulq-atvorimiz va xatti-harakatlarimiz zamirida biz uchun eng qimmatli bo`lgan orzularimiz yotadi. Kimnidir u yoki bu ko`rinishdagi xatti-harakatlarni bajarishga undashni o`z oldigan vazifa qilib qo`yganlar uchun eng yaxshi maslahat shunday: avvalo o`z suhbatdoshingizni nimanidir qattiq istashga majbur qiling. Kimki buni uddalay olsa, butun dunyoni egallaydi, agar uddalay olmasa, yakkalanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |