Mavzu: Boshlang‘ich matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va mohiyati



Yüklə 25,72 Kb.
tarix29.07.2023
ölçüsü25,72 Kb.
#137857
Matematikadan boshlang


Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar mazmuni va mohiyati

Mavzu: Boshlang‘ich matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va mohiyati


Reja:
  1. Boshlang‘ich matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari.


  2. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar mazmuni va mohiyati


  3. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun o‘quv vositalari, ularning mazmuni va mohiyati



Ayrim davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondoshuv eskirib qolgan “bilim, ko’nikma va malakani o’zlashtirish” konceptsiyasiga qarshi o’laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko’rinishdagi malakalarni o’quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. SHunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tatbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi. Bundan tashqari, tuzilayotgan ta’lim standartlari o’quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari, turli kasb egalari bo’lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo’lishlari uchun zarur bo’ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o’rgatish bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi. Standart loyihasi tuzilishda quyidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan foydalanildi: 1) Yevropa Kengashining ―Uzluksiz ta’lim uchun tayanch kompetensiyalar “umumevropa standartlari strukturasi” to’g’risidagi hujjati («Key competences forlifelong learning — a European Reference Framework» ) 2) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation forEconomic Cooperation and Development (OECD)) Xalqaro o’quvchilarni baholash Dasturi (Programme forInternational Student Assessment (PISA)) standartlari. 3) Ta’lim natijalarini baholash bo’yicha Xalqaro Assotsiatsiyasining (International Association forthe Evaluation of Educational Achievement (IEA)) Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; «Ta’lim to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni; «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni; O’zbekiston Resoublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to’g’risida» 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori; O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo’yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to’g’risida» 2013-yil 8-maydagi 124-son qarori; O’zbekiston Resoublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori; O’zDSt 1.0-98. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo’lgan talablar. O’z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar. “Matematik savodxonlik” o’quvchilarning maktab matematika kursida egallagan bilimlarini tekshirishni emas, balki turli vaziyatlarda matematik bilim, ko’nikmalarni qo’llay olishlariga asosiy e’tibor qaratiladi. O’quvchilarga, asosan, o’quv emas, balki kundalik hayotga xos bo’lgan amaliy vaziyatlar taklif etiladi (tibbiyot, uy-joy, sport va h.k.). Bunda o’quvchilar ko’p hollarda nafaqat matematikaning turli mavzulari va bo’limlaridan, balki boshqa fanlar, masalan, fizika va biologiyadan olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanishlari talab etiladi. 1-hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi tavsiyasiga ko’ra matematika bo’yicha quyidagi tayanch kompetensiyalarga erishishga qaratilgan ta’lim standartining yangi avlodini yaratish: • Kommunikativ kompetensiya • Axborot bilan ishlash kompetensiya • Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiya • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiya • Umummadaniy kompetensiyalar • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiya Kommunikativ kompetensiya: A1 •matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib to’g’ri o’qiy olish; • so’z va gaplarni bog’lagan holda o’z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; • fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; • matematik matn ma’nosini qayta so’zlab bera olish; • matematik qoidalarni ifodali ayta olish. • matematikaga oid audiomatn, video tasvirlarni tinglab tushuna olish va tegishli munosabat bildira olish. A1+ • matematikaga oid audiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish vamazmunini tushuntira olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A1 • tavsiya etilgan manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo’lsa uni boshqa ko’rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o’tkaza olish; • diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko’rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib turli ob’yekt va hodisalarni taqqoslay olish; • statistik ma’lumotlarning ko’rinishlarning bir turdan boshqa ko’rinishga o’tkaza olish. A1+ • manbalardan axborotni izlab topa olish, uni boshqa ko’rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o’tkaza olish. O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 • o’qituvchi bilan birgalikda o’quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish; • o’quv faoliyat natijasini tahlil qila olish, yo’l qo’yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish; • o’qituvchi bilan birgalikda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko’rinishda taqdim eta olish; • kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko’nikmalarni qo’llay olish; • o’qish va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish; • masala yechish orqali kundalik vaziyatlarga nisbatan o’zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish. A1+ • masala yechish orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o’zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantira olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 • atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; • muammo va tushunmovchiliklar ro’y bergan paytlarda o’zini tutishi to’g’risida to’g’ri qaror qabul qila olish. A1+ • matematika har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish vositasi ekanligini tushunish Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 • jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o’zlashtirish. • sodda kundalik hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish. A1+ • sodda real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullarining samarali ekanligini tushuna olish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 • aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza olish; • murakkab bo’lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor kompьyuter dasturlaridan foydalana olish; • o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish maqsadida foydalana olish. A1+ • o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, qulay shart-sharoitga olib kelish maqsadida samarali foydalana olish. Fanga oid kompetensiyalar: 1. Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya A1 • berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o’qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko’rinishlarda tasvirlay oladi; • sodda sonli ifodaning qiymatini og’zaki va yozma hisoblay oladi; • sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi; • tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va tasvirlay oladi; • ob’yektlarni xossalari bo’yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi;  sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda diagrammalar shaklida tasvirlay oladi. A1+ • arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalalarni yecha oladi; • bo’yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik masalalarni yecha oladi; • sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi; • elektron axborot manbalaridan turli ko’rinishdagi sodda matematik ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi. 2. Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi) A1 - ma’lum matematik faktlar va sodda mantiqiy qonunlar asosida xulosa keltirib chiqara oladi, rost va yolg’on tasdiqlarni farqlay oladi; - zarur hollarda sodda hisoblash vositalarini qo’llay oladi; - o’qituvchi bilan hamkorlikda masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o’z faoliyatini to’g’rilay oladi; - matematikani o’rganish jarayonida o’zida ijobiy hissiyotlarni shakllantira oladi; - mustaqil ravishda o’z bilimlarini mustahkamlay oladi. A1+ - o’qituvchi bilan hamkorlikda o’quv va amaliy holatlarda maqsadni ifodalay oladi; o’qituvchi bilan hamkorlikda nostandart va qiziqarli masalaning yechimini topish rejasini tuza oladi, tuzilgan reja asosida ishlay oladi va o’z faoliyatini to’g’rilab oladi. Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan ma’lumotlarning keskin ko’payib borayotganligi sababli bu ma’lumotlarni qayta ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo’lgan bilimlar ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o’qituvchisi oldida dars soatlarini oshirmay turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi, oxirgi axborot va ma’lumotlarni o’quvchilarga yetkazib berishga ulgurish muammosi turibdi. Faqat bilim olishga yo’naltirilgan ta’lim o’tgan zamonda qolmoqda. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim bu – o’quvchi o’quv jarayonida egallaydigan bilim, ko’nikma va malakalarni o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo’llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta’limdir. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limdan maqsad o’quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqotga kirisha oladigan, ta’lim jarayonida egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatida qo’llay oladigan barkamol shaxs qilib yetishtirishdir. Umumta’lim maktablari oldiga, bir tomondan, tevarak-atrofda sodir bo’layotgan jarayonlarni to’g’ri tushunadigan, ikkinchi tomondan, jamiyat hayotida faol ishtirok etib, o’z ijobiy ta’sirini o’tkaza oladigan har tomonlama ziyoli shaxsni tarbiyalash vazifasi qo’yilmoqda. Ma’lumki, matematik savodxonlik barcha fanlarni, ayniqsa aniq fanlarni o’zlashtirishda muhim o’rin egallaydi. Bu jarayonda matematika fanining ahamiyati beqiyosdir. Matematika – fan va texnika taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo’lib, fan, madaniyat va kundalik hayotimizda alohida o’rin tutadi. Shuning uchun o’quvchilarning dars va darsdan tashqari faoliyatida keng ko’lamdagi matematika bilan shug’ullanishlar bo’lishi kerak. Bunda: – matematikaga xos go’zallik va jozibadorlikdan foydalanib har bir o’quvchiga mos ravishda rivojlantiruvchi mantiqiy faoliyat bilan shug’ullanish; – jadval, diagramma, grafik ko’rinishda berilgan axborotlarni o’qiy olish, jadvallar tuzish, diagrammalar yasash, grafiklar chizish; – ommaviy axborot vositalarida berilayotgan diagramma, grafik ko’rinishdagi real sonli ma’lumotlarni tahlil etish ko’nikmalarini hosil qilish kerak bo’ladi. Fanlararo bog’lanishda amaldagi til bilan bog’lanish uchun spetsifik vosita bo’lgan matematika tilini o’qitish tamoyili ahamiyatga ega bo’ladi. Matematik savodxonlik va bu tildan unumli foydalana olish (gapning aniq mazmunini, gaplar orasidagi mantiqiy bog’lanishni bilish) fikrlashning aniqligi va tartibliligini ko’rsatadi. O’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi harakati natijasida nimaga erishilganiga emas, balki bu natijaga qaysi yo’l bilan erishilganiga asosiy e’tiborni qaratish kerak. Bunda: - umumfan yo’nalishi darajasidagi o’qitish – matematik standartning o’rta maktab kursidagi bilimlarini egallash; - matematik yo’nalishda – matematikani tabiiy fanlar bilan uyg’unlashgan holda ixtisoslashgan kengaytirilgan fan yo’nalishi bo’yicha o’qitish. Bu fanni o’rganish insonning ilmga bo’lgan qiziqishini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirib, boshqa fanlarning o’qitilishiga ta’sir ko’rsatadi va ta’limda asosiy vazifani o’taydi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda namoyon bo’ladigan matematik tushunchalarni yaxshi o’zlashtirish, matematik fikr yuritishga tayyor bo’lish, masala va muammolarni yecha olish, matematik tilda bemalol ish yurita olish ko’rinishidagi samarali natijalarni ta’lim usulini o’zgartiribgina erishish mumkin. Bunda izlanuvchanlik asosiy o’rin tutadi. Masalan, muammoli o’qitishda o’quvchilar nazariy va amaliy ko’rinishdagi turli muammolarni yechish orqali yangi bilim va malakalarni egallaydi. Muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, qiziqarli muammolarni qo’yish va ularning yechilishiga yordam berish o’quvchilarning faolligi va mustaqilligini rivojlantirib, bu fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Natijada o’quvchilar olgan bilim va ko’nikmalaridan foydalanishni o’rganishadi va o’zlarining ijodiy imkoniyatlari va aniq fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishadi. O’qitishning zamonaviy kompetensiyaviy yondashuvga o’tilishi ta’lim jarayoniga qor ko’chkisi kabi ta’sir ko’rsatadi va misli ko’rilmagan o’zgarishlarga olib keladi. Bunda yangiliklarni ta’lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o’qituvchisiining vazifasiga aylanadi. Bilimli, yuqori malakaga ega bo’lgan o’qituvchi kadrlargina jamiyatning ta’lim oldiga qo’ygan vazifasini amalga oshirishga qodir bo’ladilar. O’qituvchining izlanishi, bugungi kun talablari asosida o’z-o’zini tarbiyalashi, o’z ustida tinimsiz izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mukammal o’zlashtirishi va ularni ta’lim jarayonida qo’llashi ta’lim samaradorligini oshiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish esa ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Matematika o’qitish jarayonining eng asosiy yo’nalishlari quyidagi to’rt qismdan iborat: – matematik tushunchalar to’plamini bilish; – matematik mulohaza yurita olish; – matematik masala va muammolarni yechish; – matematik tilni egallash. Matematika darslarida zamonaviy metodik vositalardan foydalanish o’qituvchiga mavzuning to’liq o’zlashtirilishiga yordam beribgina qolmasdan, o’quv jarayonida o’quvchilarning o’zlari faol ishtirok etishlarini ham ta’minlaydi. Bu esa matematika fanini o’qitishda ijobiy natijalarga erishish garovi bo’lib xizmat qiladi. O’qitishga qo’yilgan maqsad va rejalashtirilgan natijalarni, asosan, didaktik texnologiyalarning to’g’ri tanlanishi, o’quv jarayonini va o’quv faoliyatini uyushtirish usullarini mulohaza qilib tanlanganligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayoning qiziqarli bo’lishi turli didaktik tizimlar majmuining qanday tanlanishiga bog’liq. Masalan, quyidagi didaktik tamoyillar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin: – yuqori qiyinchilik darajasida o’qitish; – nazariy bilimlarning ustuvorligi; – katta tezlikda bilim berilishi; – o’quvchilarning ta’lim olish jarayonini tushunib yetishi; – har bir fuqaro va kasb egasida matematik kompetentlikning bo’lishi; – matematik ta’limga AKT larning tatbiq etilishi jahon miqyosidagi ilg’orlik garovidir; – matematik ta’limning barcha sigment, qatlam va darajalarining o’zaro bog’liqligi (o’qitishning bog’cha bolalaridan to ilg’or matematika o’qituvchilarigacha, maktabgacha muassasa xodimlari va ota-onalargacha qamrab olish); – maktab va pedagog faoliyatining sifatini faqat bitiruvchilar va pedagoglarning absolyut natijalari darajasi bilangina emas, matematik kompetentlikni qay darajada egallaganligi bilan o’lchash. Natijada kam vaqt davomida katta xajmdagi ma’lumotlar o’quvchilar tomonidan egallanib, ta’lim samaradorligi keskin oshirilishiga erishiladi. Matematik kompetensiya bilan bog’liq bo’lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo’lgan qiziqish: - Matematika fanidan zaruriy bilimlar sonlar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma’lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat’iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savollarni anglashlarni o’z ichiga oladi. - Inson matematikaga xos mulohaza yuritish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo’lishi kerak. - Inson uyida va ishdagi kundalik vaziyatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tatbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo’lishi kerak. Matematikaga ijobiy munosabat haqiqatga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalillarni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi. «Matematik kompetensiya» bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog’lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko’rinishlarini o’zgartirish, olingan natijalar bo’yicha tegishli asoslangan va maqbul hulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo’lish. O’qitish usuli haqida. Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim berish sharoitida o’qituvchilarning o’z faoliyatiga yondashuvi ham o’zgarishi kerak. O’qituvchi bundan buyon darslik bilan birgalikda o’quvchilarga ― “ob’yektiv bilimlarni” yetkazuvchisi bo’lib qolmaydi. Zamonaviy o’qituvchining asosiy vazifasi o’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillilik hissini hosil qilish, ularning har biri uchun o’zining iqtidori va qiziqishini amalga oshira oladigan rivojlantiruvchi muhitni yaratishdan iborat. SHuning uchun ham, o’qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari, pedagogika ta’lim muassasalaridagi ta’lim mazmunini qayta ko’rib chiqilishi hamda zamonaviy metodik qo’llanmalarni yaratish tavsiya etiladi. Matematika fanidan egallagan kompetensiyalari darajalariga qo’yiladigan talablar ta’lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim bo’yicha uzviy bo’lib, Xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida ta’lim mazmuni va matematik kompetensiya deskriptorlari (Trends in international matematis and siene studi enter (TIMSS)) baholash standartlariga o’zaro bog’liq holda olindi hamda ular sodda va tushunarli shaklda berildi. Egallangan bilim, ko’nikma va malaka darajalariga qo’yiladigan talablardan kelib chiqib, deskriptorlar: – har bir darajani to’liq egallanganlikni ta’minlash uchun ta’limning barcha bosqichlarida o’quv dasturlari va darsliklarni ishlab chiqishda tuzuvchilar tomonidan inobatga olinishi, – O’zbekiston Respublikasida uzluksiz majburiy ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining davlat attestatsiyasi uchun baholash mezonlarini ishlab chiqishda nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi uzluksiz majburiy ta’lim tizimida Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda matematika fanini o’rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajalari Umumiy o’rta ta’lim Boshlang’ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari A1 Matematika chuqurlashtirib o’qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning boshlang’ich sinf (4 sinf) bitiruvchilari A1+ 9-sinf bitiruvchilari A2 Matematika chuqurlashtirib o’qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari A2+ O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari B1 Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litseylar B 1+ Mazkur standart asosida matematika bo’yicha ta’lim muassasasi xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestatsiyasi uchun nazorat-baholash ko’rsatkichlari, o’quv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli vazirliklarning buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Boshlang’ich ta’lim matematika ta’limining maqsadi va vazifalari, matematika fanidan o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan zaruriy talablar Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo’layotgan o’zgarishlar «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko’rsatib o’tilgandek har bir boshlang’ich sinf o’qituvchisi oldiga muhim vazifa qo’ymoqda. Bu maqsadlar boshlang’ich ta’lim uchun xos bo’g’inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo’g’inlar xilma-xil o’quv fanlari dasturlarida, o’quv rejalarida, darsliklarda ta’limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilishi mumkin. Davlat standartlarining aniq o’quv fani bo’yicha emas, balki ta’lim sohalari bo’yicha ishlab chiqilishi o’quv fanlarini varianti tanlash asosida o’quv-metodik majmualar (dastur, o’quv rejasi, darsliklar)ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek, o’quv fanlararo bog’lanish va bilimlarini muvofiqlashtirish tamoyili asosida o’quv fanlarinig ichki bog’liqligi va o’quv fanlararo aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o’qitish metodikasi bo’yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang’ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o’zlashtirishi kiradi. Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang’ich sinflar o’qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo’lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang’ich sinflarda matematikani o’qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o’zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang’ich ta’limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang’ich ta’limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o’zining munosib aksini topishi lozim. Boshlang’ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang’ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. 6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas’ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to’ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang’ich ta’lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang’ich ta’lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o’qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o’qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat. Matematikadan boshlang’ich ta’lim - tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu o’zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani va matematika fani xususiyatini o’z ichiga metodologik o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o’zi, har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo’nalishi uchun eng yaroqli usullarini tiklash va qo’llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o’zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir. Ayni shu boshlang’ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang’ich sinf o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish, ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o’quvchilar mustaqil ish natijasida xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi. Nazariy bilimlarni amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishda va mashg’ulotlarning o’zida o’qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim. Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o’quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining o’qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo’lish talab etiladi. Boshlang’ich ta’lim metodikasi bu xususiyatni hisobga olmaydi. O’yinda o’qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o’yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqacha yo’l bilan o’rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi. Bolalarni 6-7 yoshdan o’qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o’rganish, qo’shish va ko’paytirishni birinchi bosqichda o’rgatish (yigirma ichida) boshlang’ich ta’limning markaziy vazifasi bo’lib kelgan va shundoq bo’lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo’lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o’rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo’lib qoladi va ushbu ikkita asosiy yo’l bilan belgilanadi: pedagogik yo’l, ya’ni bolalar fikrlashini qo’llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo’li - ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni va eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o’rganishga tayyorlash. Bolalarni matematikani o’rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o’rganish uchun bolalarni partaga o’tqazishdan oldin, balki, ular bilan “matematik o’yin” o’tkazish lozimdir




Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin