Konflikt yechimini topish passiv holatdagi munosabatni emas, balki aktiv, ya’ni faol munosabatni talab etadi. Konflikt vaziyatda ko‘pchilik impulsiv, ya’ni anglanmagan harakat olib boradi. Ularga konflikt vaziyatda o‘zini tutish bo‘yicha bilim va malakalar yetishmaydi. Vaziyat esa o‘z ustidan nazorat o‘rnatilishini talab etadi. Demak, konflikt vaziyat o‘ylangan qadamlarni so‘raydi. Bu – konfliktga bo‘lgan ongli munosabat belgisi bo‘ladi. Ziddiyatga nisbatan ongli munosabat jarayonida inson nizoni nazorat ostida ushlab tura oladi, ziddiyatga o‘z ta’siri o‘tkaza oladi, tomonlar his-tuyg‘ularining “ko‘pirib” ketmasligi oldini oladi, tomonlarni konstruktiv munosabatlarga chorlaydi, ularni muzokaralar stoliga olib kela oladi, nizoni keltirib chiqargan muammo haqida o‘ylash, fikr va mushohada qilish muhitini yarata oladi.
Bu faktlar sizning manfaatlaringizga qarshi bo‘lishi mumkin. Ammo siz konfliktning yechimini haqiqatan ham topmoqchi bo‘lgangiz, barcha faktlarni, ular sizga yordam bersa ham, ular sizga halaqit bersa ham, tan olish yo‘lidan bormog‘ingiz darkor bo‘ladi. Konfliktga aynan u kelib chiqqan vaziyatdan boshlab baho bering. Biroq agar mana shu vaqtda sizning kayfiyatingiz “pachoq” bo‘lsa, mana shu “yomon” kayfiyatni tan olishdan o‘z ishingizni boshlang. Sizning o‘z kayfiyatingiz yomonligi tan olishingiz, u sabab noto‘g‘ri amallar qilmasligingiz uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Siz o‘z kayfiyatingiz va xissiyotlarning ortganligini tan olishingiz mana shu emotsiyalar ichida noto‘g‘ri xukm chiqarishdan sizni saqlab qoladi.
Adabiyotlar
1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58
2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27.
3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47