Epchil darvozabon 0 ‘yin mazmuni. 3—4 kishidan iborat bir necha jamoa galma- galdan musobaqlashadi.
0 ‘yinni boshlaydigan jamoa bir kishidan saflanib turadi.
Oldinda 5 metr oraliqda uzunasiga ikkita to‘shak qo‘yilgan bo‘ladi.
To‘shakdan 3 metr masofada rahbar turadi.
Rahbaming signalidan keyin o‘ynovchilar galma-galdan rahbar otgan to‘pni oldinga dumbaloq oshib o‘midan turib, ilib olishi kerak.
Agar o‘yinchi to‘pni ilib olsa, jamoasiga bir ochko keltiradi.
Jamoaning har bir o‘yinchisi mashqni uch marta bajarganidan keyin o‘yin tugaydi. Raqib ham shunday harakat qiladi.
Ko‘p ochko to'plagan jamoa o‘yinda yutgan hisoblanadi.
Bosh bilan nishonga 0 ‘yin mazmuni. Bir necha jamoa galma-galdan musoba- qalashadi.
0 ‘yinni boshlovchilar bir qatorga saflanib turadilar.
10 metr naridagi devorda yoki yog'och shchitda diametri 1 metr nishon belgilanadi.
Nishondan 5 metr berida tepish chizig‘i va tepish nuqtasining yon tomonida 3 metr masofada qo‘lida to‘p bilan onaboshi turadi.
Rahbaming signalidan keyin birinchi nomerli o'yinchi yugura boshlaydi, onaboshi o‘nga to‘pni tashlaydi. 0 ‘yinchi sakrab uni bilan urib, nishonga yo‘naltiradi.
Qaytgan to'pni ilib olib, onabosliining o‘miga turadi, onaboshi esa yugurib borib qator oxiriga turadi.
Bu vaqtda jamoaning ikkinchi o'yinchisi yugurib ketadi va hokazo. Har bir o‘yinchi to‘pni boshi bilan uch martadan urgandan keyin jamoa musobaqani tugatadi.
Xuddi shuni boshqa jamoalar ham qaytaradi. Ko‘proq nishonga tegizgan jamoa o'yinda g‘olib hisoblanadi.
To‘pni qaytarib, o‘tirish О’yin mazmuni. Musobaqalashuvchi jamoalar umuxniy start chizig‘ida bir qatordan saflanib turadilar.
Jamoalar ro‘parasida start chizig‘idan 2 metr narida qo‘llarida to‘p ushlagan holda onaboshilar turadilar.
Rahbarning signalidan keyin ular o‘z jamoalaridagi birinchi nomerli o‘yinchilarga to‘pni tashlaydilar, ular to‘pni boshlari bilan urib, orqaga — onaboshiga qaytaradilar va tezda o‘tiradilar.
Onaboshilar to‘pni ilib olib, ikkinchi nomerli o‘yinchilarga tashlaydi va ular ham to‘pni onaboshilariga qaytaradilar va hokazo.
Onaboshilardan biri oxirgi o‘yinchidan to‘pni qabul qilib olib, qo‘lini yuqoriga ko‘targach, musobaqa to‘xtatiladi.
G'alaba qilgan jamoaga bir ochko, ikkinchi o‘ringa — 2 ochko, uchinchi
o‘ringa — 3 ochko beriladi.
О‘yin bir necha marta qaytariladi.
Kam ochko to‘plagan jamoa o‘yinda g'olib hisoblanadi.