Mavzu: Boshlang`ich sinf o’quvchilarini Futbol sport turiga harakatli o`yinlar orqali yo`naltirish. Kirish Reja



Yüklə 105,61 Kb.
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü105,61 Kb.
#167641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
5.Boshlang`ich sinf o’quvchilarini Futbol sport turiga harakatli o`yinlar orqali yo`naltirish.

Doiradan to‘p tepish
0 ‘yinga tayyorlanish. 0 ‘yin maydonchada yoki derazalariga temir panjara tutilgan zalda o‘tkaziladi.
0 ‘yin uchun basketbol yoki futbol to‘pi bo‘lishi kerak. O'yinchilar 2—2,5 metr oraliqlarda aylana hosil qilib saflanadilar.
0 ‘ynovchilarning oyoqlari uchidan aylana chizig'i o'tkaziladi. 0 ‘yinchilardan biri onaboshi qilib tayinlanadi va u doira o‘rtasida to‘pni yerga qo‘yib turadi.
О‘yinning tavsifi.
0 ‘qituvchi signal bergandan keyin onaboshi to'pni tepib, aylanadan tashqariga chiqarib yuborish uchun harakat qiladi.
Saflanib turgan o‘yinchilar to'pni o‘rtaga qaytarib, tashqariga chiqarib yubormaslikka intiladilar. Agar to‘p tashqariga chiqib ketsa, bunda to‘pni o‘ng tomonidan o‘tkazib yuborgan o'yinchi aybdor hisoblanadi va u onaboshi boЈladi.
Onaboshi esa uning o‘rniga o‘tib safga turadi. 0 ‘yin 5—10 ta onaboshi almashgach to'xtatiladi.
To'pni boshiqalarga qaraganda tashqariga tezroq duma- latib chiqargan onaboshi g‘olib hisoblanadi.
1. To‘pni qattiq tepish va o‘ynovchilaming tizzasidan oshirish mumkin emas.
2. To‘p oyoq uchi bilan emas, balki oyoqning yoni bilan tepilishi kerak. Davradagi o‘yinchilaming to’pni qo’l bilan ushlashga haqqi yo'q, top faqat oyoq bilan tepi­lishi lozim.
3. O'ynovchilar aylana chizigЈidan ichkariga oЈtmas- liklari kerak.
4. Agar toЈp o‘yinchiiaming ustidan oshib tashqariga chiqsa, uni onaboshining o’zi yugurib borib olib kelishi va o’z joyiga borib, o'yinni yana boshlab yuborishi lozim
To‘pni tepib oshirisb
Oyinga tayyorlanish. 0 ‘yin ko‘ndalang chiziq bilan ikkiga bo‘lingan maydonchada o‘tkaziladi. 0 ‘yinda futbol to‘pidan foyda- laniladi. Hamma o‘yinchilar ikki jamoaga bo'linadilar va maydon- chaning ikki tomoniga o‘zlaii istagan tartibda joylashadilar.
О ‘yinning tavsifl.
To‘pni qaysi jamoa a’zosi o‘yinga tushirishi chek tashlash bilan aniqlanadi. To‘pni o'yinga tushiradigan o'yinchi uni maydonchaning o‘rtasiga qo‘yadi va oyoq bilan qattiq tepib, qarshi jamoaning orqa chizig‘idan oshirib yuborishga
qiladi. Qarshi jamoa o‘yinchilari esa to‘pni oyoq yoki gavda bilan to‘sib qolishga va to'xtatmasdan qarshi jamoa tomonga tepib yubo­rishga tirishadilar.
0 ‘yin to‘p biron jamoaning orqa chizig‘idan o‘tib ketgunicha yoki maydonchaning biron qismida loaqal bir zum bo‘lsa ham to‘xtab qolgunicha davom etadi.
To‘pni o‘z chizig‘idan o‘tkazib yuborgan jamoa qarshi komandaga ikki ochko yutqazgan hisoblanadi.
To‘pning o‘z tomonida to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ygan jamoa bir ochko yutqazadi.
Jamoalardan biri 10 yoki 12 ochko to‘plaganidan keyinjamoalar o‘xin almashadilar va o‘yin davom etadi.
Ikkinchi marta ham 10 yoki 12 ochko to‘plagan jamoa g‘oUb hisoblanadi. Bordi-yu, ikkala jamoa ikki galda ham baravar yutuqqa ega bo‘lsa, qaysi
jamoaning g'olib chiqqanligi o'yinni uchinchi marta o‘tkazish bilan aniqlanadi.

Yüklə 105,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin