O’YINING QOIDALARI. 1. Chiziqdan to'pni qabul qilib olmasdan oldin chiqish mumkin emas.
2. Ustunchani aylanib o‘tayotganda ag‘darib yuborgan o‘yinchi uni joyiga qo‘yib, to‘pni surishni da- vom ettirishi kerak.
О’yinning varianti. To‘pni surib yurish paytida yo‘lga bir nechta to‘siqlarni (to‘plar, g‘o‘lachalar, bulavalar va hokazolar) qo‘yish mumkin.
Jonglyorlar О’yin mazmuni.
0 ‘yinchilar galma-galdan voleybol yoki futbol to‘pini bosh ustida irg‘itib, bosh va gavdani orqaga engashtirib, belni egib, orqa va bo‘yin muskullarini tarang qiladilar.
Ular gavdani oldinga keskin harakat qildirib, bosh bilan to‘pning o‘rtasiga
uradilar. Shu paytgacha yarim bukilgan tizzalar, to‘pni bosh bilan urish vaqtida to‘g‘rilanadi.
To‘p yerga tushishi bilan o‘yinchi mashqni tamomlagan bo'ladi. Har bir o‘yinchiga uchtadan imkoniyat beriladi.
Uchta imkoniyatdan to‘pni ko‘proq urgan o‘yinchi g‘olib hisoblanadi.
Ikkita to‘pni uzatish О’yin mazmuni. 0 ‘yinda о‘yinchilar juft-juft bo‘lib qatnasha- dilar.
Ular 4 metr kenglikdagi «koridor»ning qarama-qarshi tomo- nida bir-biridan 5—7 metr oraliqdajoylashadilar.
«Koridor» arqon- cha yoki bayroqchalar bilan belgilanadi.
Har bir juftlikdagi ikkala o‘yinchida bittadan to‘p bo‘ladi.
Rahbaming signali bo‘yicha ular bir vaqtning o‘zida bir-birlariga to‘pni yo‘naltiradilar, keyin du- malab kelayotgan to‘pni tepib orqaga qaytaradilar. Agar to‘p bir- biriga tegsa yoki ulardan biri koridordan tashqariga chiqib ketsa,
unda juftlik musobaqani tugatgan bo‘ladi.
Boshqalarga nisbatan ko‘proq mashqlarni xatosiz bajargan jamoa o‘yinda g'olib chiqqan hisoblanadi.
0 ‘yin qatnashchilarimng jismoniy tayyorligiga qarab o‘yinning shartini soddalashtirish: «koridor»ning chegarasini kengaytirish, to‘pni oldin to‘xtatib, so‘ngra uzatish shartini qo‘yish mumkin.
0 ‘yin mazmuni.
Umumiy start chizig‘ida bir necha jamoa kolonnalarda saf tortib turadi.
Har bir jamoaning oldida start chizig‘idan 6 metr nariga birinchi ustuncha o‘rnatiladi, keyin2—3 metr oraliqda 5 ta ustuncha o‘matiladi.
Rahbari signaUdan keyin jamoalaming birinchi turgan o‘yinchilari to'pni oldinga surib, ustunchalarni aylanib o‘tadi va xuddi shu usul bilan orqaga qaytib finish-start chizig‘iga kelib, to‘pni ikkinchi o‘yinchilarga uzatadilar va hokazo. Estafetada eng yaxshi natija ko‘rsatgan jamoa g‘olib hisoblanadi.