Mavzu: Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida iqtisodiy bilim tushunchalarini shakllantirish. Reja



Yüklə 20,22 Kb.
səhifə4/4
tarix28.12.2021
ölçüsü20,22 Kb.
#48070
1   2   3   4
1-Mavzu Texnologiya o`qitish metodiksi жавоб

tadbirkorlik bo’lib,bumahsulot ishlab chiqarish uni sota bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini mehnat darslari jarayonida darslar nechoglik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o’quvchilar shunchalik iqtisodiy bilimga va malakaga ega bo’ladilar. Avvalo bu darslarning muzmunini to’g’ri belgilab olish zarur.

- mehnat tahlimi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nalganligi;

- mehnat darslarini bozor iqtisodi talablari asosida pedagogik texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish;

- O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy to’garaklarga jalb qilish;

- O’quvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;

- O’quvchilarni mehnat natijalarini rag’barlantirish va kamchiliklarni do’stona hal qilish;

Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak- atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim.

Shuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida «o’z-o’zini boshqarish» va «o’z-o’zini mablag’ bilan tahminlash» kabi tadbirkorlik ishlarini tashkil qilish lozim.

Masalan o’quvchilarning mehnat darslarida materiallarni isrof qilmaslikni, ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli bo’lishiga ehtibor berishlari kerak. Shu bois boshlang’ich sinflarda mehnat ta’limi va tarbiyasi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarini, kelgusi mehnat faoliyatida muhim o’rin egallash ekanligi ko’rsatish, tushuntirish pedagog o’qituvchilarning oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligini tahkidlash zarur. O’quvchilarda mehnat ta’limi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarining dastlabki bosqichlarini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi.



  1. O’quvchilarni mehnat ta’limiga oid nazariy va amaliy bilim berishni uzviyligini mustahkamlash;

  2. Kasblar xususiyatini farqlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish;

  3. Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni o’rgatish;

  4. Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-onalar ishtirokida namoyish etish;

  5. Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo maskanlarini tashkil etish;

O’quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini shakllantirishda maktab, mahalla, oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati o’z-o’ziga xizmat qilishni tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunki tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha o’quvchilarning bajargan buyumlari maktab muzeylari yoki sinf burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga sovg’a sifatida taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali ta’sir ko’rsatadi.

O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib chiqib har xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab bozori tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.



Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga, e’tiborga sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan qisman ta’minlanganligini, o’zini boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va o’zgalar mehnatiga hurmat bilan qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga muhabbat o’z samarasini topadi.

Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara oladigan, o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning rivojlanishida o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashimizda yordam beradi.
Yüklə 20,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin