Mavzu: Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. Reja: I. Kirish I bob. Boshlang`ich sinlarda tovushlar va harflar ustida ishlash metodik muamo sifatida


II Bob. Unli va undosh tovushlarning xususiyatlari



Yüklə 51,93 Kb.
səhifə9/11
tarix24.10.2023
ölçüsü51,93 Kb.
#160658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. R-fayllar.org

II Bob. Unli va undosh tovushlarning xususiyatlari .
2.1. Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan dastlabki tanishtirish.
O’zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm - fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlantirishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulug'bek va boshqa ko'plab allomalar ilmfanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to’siqlar bo'lmasin, o’z farzandlarining savodli bo’lishini orzu qilganlar, ularni yoshligidanoq maktabga o’qishga berganla. Savod o`rgatish kelajak avlodhayotida muhim ahamiyatga ega jarayondir. O`quvchilarning savodi asosan “Alifbe” darsligi asosida amalga oshiriladi. Maktabda o`qish va yozish «Alifbe» ga asoslangan holda 2- sentabrdan 1- yanvargacha davom etadi. Bu davrda o`qish va yozuv o`rgatiladi. So`ngra o`qish va yozish ko`nikmasi takomillashtiriladi. Ana shunday muhim jarayon uchun “Alifbe” darsligi asos bo`ladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishni talab etadi. Darhaqiqat, boshlang'ich sinflarda o’qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarining o'qish ko'nikmalarini takomillashtirishdir. Lekin ba'zi o'qituvchilar dars jarayonida og'zaki suhbatga berilib ketib, o'quvchilarining o’qishni mashq qilishlariga e'tibor qaratmayapdilar. O'qish quruq o'qish bo'lib, turli topshiriqlar asosida o'qishni qiziqarli mashg'ulotga aylantirmayapdilar. Shu bois, o'qishni mashq qilish orqali o'qish sur'atini oshirishga yordam beradigan ish turlarini, topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ularni ta'lim jarayoniga tadbiq etish dolzarb muammolardan biridir. Ayniqsa, savod o`rgatish jarayoni juda mas'uliyatli davr sanaladi.
Bu davrda o`quvchilarning o`qishlarini nazorat qilish, kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish, o`quvchilarda o`qishga havas uyg`otish lozim. Chunki o`qish ko`nikmalarini egallamasdan biror fanga oid ma`lumotlarni o`zlashtirib bo'lmaydi. Bugungi yosh avlod “Alifbe” darsligi asosida tovush va harfning farqini o`rganib boradi. Tovushni harfga, harfni tovushga aylantirish aqliy faoliyat orqali amalga oshiriladi yoki tovushni harfga, harfni tovushga «tarjima qilish» deb tushunish kerak. O`qitishning bu usuli tahlil-tarkib tovush metodi deyiladi. Tahlil tarkib tovush metodi deganda nutqdan gapni, gapdan so`zni, so`zdan bo`g`inni, bo`g`indan so`z, so`zdan gap, gapdan nutq anglashiladi. Bu metod S.P. Redazubov tomonidan mukammal ishlangan. Bu usgul o`zbek olimlaridan K. Abdullayeva, K.Qosimova, Y.Abdullayevalar tomonidan yoritilgan.
Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:fonetik bilimga asoslangan holda 1-sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar;
- fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;
-fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;
- fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur;
-so'zning tovush tomonini bilish uning m a’nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari manosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi.
So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tomondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni talaffuzga ko'ra amaliy farqlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, ammo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1-sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta ’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. 1-sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar.Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma’nosi soso'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi.
Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma’noni ifodalaydi.

Yüklə 51,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin