Mavzu: Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. Reja: I. Kirish I bob. Boshlang`ich sinlarda tovushlar va harflar ustida ishlash metodik muamo sifatida


Kurs ishi mavzusining o'rganganlik darajasi



Yüklə 51,93 Kb.
səhifə2/11
tarix24.10.2023
ölçüsü51,93 Kb.
#160658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Boshlang`ich sinfda unli tovush va harflarni o`rganish. R-fayllar.org

Kurs ishi mavzusining o'rganganlik darajasi: Nutq tovushi asosiy fonetik birlik sanaladi.
Fonetikada nutq tovushlari 4 tomondan o‘rganiladi:
1) nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakati, ya`ni artikulyatsiyasi o‘rganiladi;
2) tovushlar qanday fizik tebranishlar natijasi ekanligi, ya`ni akustik tomonini hisobga olinadi;
3) nutq tovushlari bo‘ғin, urғu va ohangning eshituvchi tomonidan anglab his etilishi tekshiriladi;
4) nutq tovushlarining tildagi so‘zlar, frazalar va gaplarni bir-biridan farqlash uchun xizmat qilishi, ya`ni fonologik tomoni o‘rganiladi.
Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra tovushlar ikkita katta guruh – unli va undoshlarga ajratiladi. Boshlangʻich sinflarda ushbu birliklar o'rganiladi. Undosh tovushlar unlilardan ko‘p va shu tufayli ularning funktsional xizmati ham kattadir.
Kurs ishi mavzusining maqsadi va vazifalari:
1. Boshlang‘ich sinflar ―2-sinf Ona tili darsliklarida bеrilgan fonеtikaga oid mavzular bilan yaqindan tanishish.
2. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida jarangli va jarangsiz undoshlarga oid mavzular ustida ishlash mashg‘ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.
3.So‘z ichida kelgan unli va undoshlar ustida ishlash usullarini belgilash.
4. So‘z ichida kelgan unli va undoshlar ustida ishlash usullarini amaliyotda sinab ko‘rish.
5. Amaliyotda to‘plangan tajribalar natijalarini tahlil qilish.
6. Mavzu bo‘yicha to‘plangan materiallarni sistemalashtirish va ishni shakllantirish.
Kurs ishi mavzusining ob'yekti:
Inson nutqi gaplardan, gaplar so‘zlardan, so‘zlar tovushlardan tashkil topadi.
Fonetika (grekcha -fone-tovush) tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, tilning tovush tizimini, nutq tovushlarini o‘rganadi.
1-4-sinf ona tilii darslilarida fonetikaning muhim qatlamini tashkil etuvchi unli va undosh tovushlar kurs ishining asosiy ob'yekti hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusining amaliy ahamiyati:
Tilning talaffuz alomatlari nazariy jihatdan o‘rganiladi. Fonetika amaliyotda keng qo‘llaniladi. Tilning tovush tarkibini yaxshi o‘rganishda, orfografiya masalalarini to‘ғri hal qilishda, yozuvi bo‘lmagan xalqning yozuvini yaratishda, eski yozuvdan yangi yozuvga o‘tishda, chet el tillarini o‘rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda va boshqa sohalarda fonetikaning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Boshlang’ich sinflarda bo'g'in, so'z va gaplarni hosil qilishda unli va undosh tovushlarning amaliy ahamiyati katta hisoblanadi. Shu sababli, boshlang'ich sinflarda unli va undosh tovushlarni o'rganish juda muhum vazifadir.
Bo’g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) yozuvda bir satrga sig’may qolgan so’z kеyingi qatorga bo’g’in asosida ko’chiriladi;
2) birinchi sinf o’quvchilarini o’qish va yozishga o’rgatish bo’g’in asosida amalga oshiriladi;
3) shе'riy misralarda bo’g’inlar soni tеng bo’ladi
Nutq tovushlari talaffuz paytida ba'zi o’zgarishlarga uchraydi.Boshlang'ich sinflarda bu o' zgarishlar haqida qisqacha mavzu doirasida ma'lumotlar berib boriladi.

Yüklə 51,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin