Mavzu: boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish metodikasining umumiy masalalari


Geometrik figuralar haqida tasavvurlar beruvchi mashqlar tizimi darslikda



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#122667
1   2
Mavzu boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘rgatish (1)

Geometrik figuralar haqida tasavvurlar beruvchi mashqlar tizimi darslikda 
belgilangan. 
1. Berilgan figuralar orasida ko‘rsatilgan xossalarga ega bo‘lgan figuralarni topish. 
Masalan, to‘rtta tomoni va to‘rtta burchagi bo‘lgan figurani ko‘rsating., rasmga qarab bu 
figuralar nomini ayt, to‘rtburchaklar orasidan to‘g‘ri to‘rtburchaklarni top, to‘g‘ri to‘rtburchaklar 
orasidan kvadratlarni ko‘rsat, figuralar nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qiladi. 
2. Ko‘pburchaklarni alomatlari bilan sinflarga ajratish. 
Masalan, figuralarni rangiga ko‘ra har xil guruhlarga ajrating, har qaysi guruhning nomini 
ayting; figuralarni almashtiring va shakli bo‘yicha o‘xshash guruhlarga ajrating. 
Ko‘pburchaklarni qanday belgilariga qarab guruhlash mumkin; tasvirdagi figuralarni bir 
so‘z bilan qanday atash mumkin. 
3. Geometrik figuralar modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va qismlardan 
yangi figuralar tuzish, naqshlar tuzish. 
Masalan, chizmada nechta uchburchak bor, chizmada nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bor, 
ko‘pburchaklardan uycha, archa, kuchukcha, parovoz tuzing. 
To‘g‘ri burchak bilan tanishtirishni amaliy ish bajarish orqali amalga oshiriladi. To‘g‘ri 
burchak modeli tayyorlanib, ularning har biri ustma – ust tushishiga ishonch hosil qilinadi. Bu 
modellar yordamida atrofdagi predmetlardan to‘g‘ri va noto‘g‘ri burchaklar aniqlanadi. To‘g‘ri 
burchak modeli to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun muhim 
vosita bo‘ladi. 
Varaqlarni buklash orqali to‘g‘ri to‘rtburchaklarning har xil modellarini hosil qilinadi. 
Modellarni tahlil qilish natijasida to‘g‘ri to‘rburchakning muhim va muhim bo‘lmagan xossalari 
aniqlanadi: to‘g‘ri to‘rtburchakning hamma burchaklari to‘g‘ri, qarama - qarshi tomonlari ustma 
– ust tushadi.
Kvadrat modelli ham buklash orqali hosil qilinadi.
To‘g‘ri to‘rtburchak va kvadratni buklash va farq qilishga doir mashqlar mazmunini 
quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
1. Bu figuralar nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qiladi. 
2. To‘rtburchakning qaysilari kvadratlar. 
Xulosa 
Yuqorida aytilganlar fikr va mulohazalardan ma’lum bo‘ladiki, boshlang‘ich sinflarda 
geometrik materialni o‘qitish o‘ziga xos maqsad, vazifalarga ega ekan. Maqsadi geometrik 
figuralar (nuqta, burchak, to‘g‘ri va egri chiziq, ko‘pburchak, aylana va doira) haqida, ularning 
elementlari, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning ba’zi 
xossalari haqidagi tasavvurlarining to‘la sistemasini tarkib toptirishdan, vazifasi o‘quvchilarda 
geometrik figuralarni o‘lchov va chizma asboblari yordamida va bu asboblarning yordamisiz 
o‘lchash va yashashlarning amaliy malakalarini tarkib toptirishdan iborat. 
Geometrik materialni o‘qitish standart talablari asosida olib boriladi. Geometrik materialni 
o‘qitishni samarali amalga oshirish uchun uning didaktik ta’minotini amalga oshirish zarur. 
Bunda ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, bilimlarni nazorat qilish uchun 
materiallarga ega bo‘lish ko‘zda tutiladi. Bulardan geometrik figuralarning modellari, geometrik 
figuralarning rasmlari, qismlarga ajratilgan geometrik figuralar, tasvirlangan plakatlar geometrik 
materialni o‘qitishda, kartochkalar, testlar, geometrik materialga oid didaktik o‘yinlar 


mustahkamlashda, diktantlar, testlar, amaliy ishlar yozilgan kartochkalar bilim, ko‘nikma, 
malakalarni nazorat qilishda qo‘llaniladi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Geometrik materiallarni o‘rganishda qanday asosiy metod va vositalardan foydalinaladi? 
2. O‘quvchilarning geometrik materiallar bilan tanishtirishga doir dars ishlanmalarini yaratish.
3. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida keltirilgan geometrik materiallarni joylashtirilishini 
tahlil qilish. 

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin