1-topshiriq : Bоshlang‘ich sinflarda ona tili kursining mazmuni va tuzilishini asoslab berish.
2-topshiriq : Milliy dastur tuzilishi va mazmunini o‘rganish.
3-topshiriq: Boshlang‘ich sinf darsliklarini mazmunan tahlil qilish.
Har bir guruhning javoblari tinglanib, baholanadi.
Har bir guruhning javoblari tinglanib, baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 254 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H., Masharipova U., Sattorova X. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. -T.: TDPU,
3. Adizova N.B, Jumayev R.X., Qo‘ldoshev R.A., Ismatov S.R. Ona tili o‘qitish metodikasi. Buxoro, Durdona.: 2021. -148 b.
4. Safarova R., Inoyatova M. Alifbe kitobi (1-sinf uchun darslik). –T.: O‘zbekiston. 2021. – 132 b.
5. Safarova R., Inoyatova M., G‘ulomov M., Sayfurov D., Malikova D. Alifbe Metodik qo‘llanma [Matn] : o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma.–T.: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 202b
6.https://lex.uz/docs/-5193564
4- SEMINAR MASHG‘ULOT
Mavzu: Savod o‘rgatishda qo‘llanadigan metodlar.
Reja:
1. Savod o‘rgatish mеtodikasining maqsad va vazifalari.
2. Savod o‘rgatishda hozirgi zamon analiz-sintez tovush metodi.
3. Savod o‘rgatish davri bosqichlari.
4. Savod o‘rgatishda tayyorlov davri, bu bosqichdagi o‘qish va yozuv darslarining mavzularida qo‘llanadigan metodlar
Maqsad: Savod o‘rgatish davrida o‘qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq ravishda bajara olish o‘qish va yozish ko‘nikmasi deyiladi. Bu ko‘nikma bilimni talab qiladi, chunki har qanday ko‘nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko‘nikmaga aylanmagan bo‘lishi mumkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki o‘quvchi harflarni tanib, ularni o‘qiy olmasligi mumkin. Yozish ko‘nikmasini hosil qilish uchun boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo‘yish kabilar ham o‘rgatiladi.
Talabalar ikki guruhga bo‘linadi. Har bir guruh o‘zidan kelib chiqib nomlanadi va guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar beriladi:
Dostları ilə paylaş: |