Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

1-topshiriq. Sinfni kuzating. Kimlarni, nimalarni ko’rayapsiz? Ularning nomini yozing.
2-topshiriq. O’zingiz yozgan so’zlarni yana bir bor o’qib chiqing. SHu so’zlarni qanday qilib ikki guruxga ajratish mumkin? 
1-topshiriq asosida mashq qilish yo’li bilan “yon atrofimizni turli-tuman narsalar o’rab olgan. Atrofimizni o’rab olgan 
narsalarni predmet deb ataymiz” kabi muloxazalardan keyin narsaning nomini bildirgan so’zlar ot deyiladi” degan ta’rif 
chiqariladi. CHiqarilgan hulosa-otning ta’rifi bo’lib, u bolalarning o’quv biluv faoliyati maxsulidir. Binobarin, o’quvchilar ijod 
qilish orqali yangi bilimni ta’lim sharoitida kashf etishadi. 
2-topshiriq bo’yicha mashq qilinganda kuzatish asosida yozilgan so’zlar kim?, nima? so’roqlari vositasida ikki guruxga 
ajratiladi. Otlarni kim?, nima? so’roqlari vositasida ikki guruxga ajratish yangicha faoliyat usulidir. YAngicha faoliyat usulini 
egallash xam ijod maxsulidir. 
 Mazmuniga ko’ra so’z yasashga doir mashq larning tiplari. Mazmuniga binoan so’z yasashga doir mashqlar rang-barang 
bo’lib, ularni shartli ravishda ikki guruxga ajratamiz: tilni nazariy o’zlashtirish mashqlari; nutq ko’nikmalarini shakllantirishga 
oid mashqlar.
Maktab ta’limida tilning uch tomoni-fonetika, leksika, grammatikasi bo’yicha o’quv dasturlarida ko’zda tutilgan nazariy 
bilimlar o’rganiladi. SHu bilimlar moxiyatidan kelib chiqib, so’z yasashga doir mashqlarning uch tipini ajratamiz.
Fonetik mashqlar. Nutq tovushlari, unli va undosh, jarangli va jarangsiz undoshlar, bo’g’in, bo’g’in turlari (ochiq va yopiq 
bo’g’inlar), urg’u mavzulariga oid mashqlar sirasiga kiradi. Misol keltiramiz. 
1-topshiriq. Nuqtalar o’rniga mos tovushlarni qo’yib, so’zlarni o’qing. Darah. . . , sus. . . , g’ish. . . , qan . . . , kish,. . . , pish. . . 
balan. . . , do’s. . ., pas. . , monan. . . , pisand. . ., mush. . . , 
Leksik mashqlar. So’z ma’nolari, so’zning o’z va ko’chma ma’nolari, ko’p ma’noli so’zlar, so’z va termin xamda ularning 
o’hshash va farqli tomonlari, antonim va sinonimlar, omonimlar lug’at boyligi, o’zbek tili leksikasining boyish manbalari kabi 
nazariy bilimlarni o’rgatish mustaxkamlash maqsadida leksik mashqlardan foydalananiladi. Misol uchun antonimlar bo’yicha 
mashq qilishga mo’ljallab tuzilgan topshiriqni keltiramiz. 
2-topshiriq. Ko’chiring. Antonimlarning tagiga chizing. 
Bir shirin so’z odamga, 
Asal bo’lib tuyular. 
Bir achchiq so’z olamga 
Zaxar bo’lib tuyular. 
Po’lat Mo’min. 
Grammatik mashqlar. Grammatik mashqlar dastlab ikki guruxga ajraladi: morfologik mashqlar, sintaktik mashqlar. 
Morfologik mashqlardan so’zning tarkibi, so’z yasash, qo’shimchalar, so’z turkumlari, mustaqil va yordamchi so’zlar 
bo’yicha nazariy bilimlarni mustaxkamlash jarayonlarida foydalaniladi. Turli morfologik xodisalarni–mustaqil va yordamchi 
so’z turkumlari, turli morfologik kategoriyalar–turlanish va tuslanish kabi xodisalar bo’yicha intellektual malakalarni 
shakllantirishda morfologik mashqlar asosiy omil xisoblanadi. Morfologik mashqlarga misol keltiramiz. 
3-topshiriq. Nuqtalar o’rniga qavs ichidagi ot yasovchi qo’shimchalardan mosini qo’yib ko’chiring. 
YOmonning bir qil. . (-iq,-ik, -ig’)i ortiq. 
Sintaktik bilimlar asosida gap, so’z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari, gap bo’laklari, sodda va qo’shma 
gaplarga oid intellektual malakalarni shakllantirishda sintaktik mashqlardan foydalaniladi. Misollar keltiramiz. 
4-topshiriq. Nuqtalar o’rniga to’ldiruvchilar topib qo’ying. 
Odamning yuzi . . . issiq. Nodon kishi. . . bino qo’yar. 
5-topshiriq. Berilgan ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring. 
1. “Halq g’ayrat qilsa, umidi tush bo’lib qolmaydi”,-dedi Sayramov ma’nodor kulib.
2. “Bug’doy noning bo’lmasin, shirin so’zing bo’lsin”,- deydi dono halqimiz. 
Tilning fonetika, leksika, grammatikasiga oid nazariy bilimlarni o’zlashtirish bilan bir qatorda o’quvchilarda grafik, 
orfografik, orfoepik, uslubiy, punktuatsion, prosodik malakalar xam shakllantiriladi. 
Grafik mashqlar asosan boshlang’ich sinflarda o’tkaziladi. Bolalar xarflar ustidan ruchka yuritish, nuqtalarni birlashtirib xarf
elementlarini, xarflarni yozish, berilgan namunalarga qarab xarflarni ko’chirishga oid mashqlar qilishadi. 



Orfografik mashqlar tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik xodisalariga bog’liq xolda tashkil etiladi. Bunday mashqlar 
vositasida xam fonetika yoki morfologiyadan o’zlashtirilgan bilimlar mustaxkamlanadi, xam orfografik malakalar xosil qilinadi. 
6-topshiriq. So’zlarni bo’g’inlarga ajratib, chiziqcha bilan yozing. 
Murabbo, murabbiya, minnatdor, tashabbuskor, ziddiyat, farzand, zabardast, baxramand, tonggi, tingla, alanga, ingichka, 
ingramoq, mingoyoq, daryo. 
Bu topshiriq asosida mashq qilinganda fonetikadan o’rganilgan bilimlar mustaxkamlanib, orfografik malakalar yanada 
rivojlantiriladi. SHu tufayli uni fonetik-orfografik mashq shaklida qaraymiz. Huddi shunday, leksikadan o’rganilgan bilimlarni 
mustaxkamlash va orfografik malakalarni shakllantirish harakteridagi mashqni leksik-orfografik mashq sifatida qayd etiladi. 
Agar mashqda morfologiyaga oid bilimlarni mustaxkamlash va orfografik malakalarni shakllantirish ko’zda tutilgan bo’lsa, u 
morfologik-orfografik mashq sifatida sharxlanadi. 
Sintaktik bilimlarga bog’langan xolda orfoepik, orfografik, uslubiy va shu kabi malakalar tarbiyalanadi. SHu bilan birga 
punktuatsion malakalarni shakllantirishda sintaktik bilimlar asosiy vosita sanaladi. Agar mashq sintaktik bilimlar asosida 
punktuatsion malakalarni rivojlantirishga yo’nalgan bo’lsa, uni sintaktik-punktuatsion mashq deb ataladi. Misol keltiramiz. 
7-topshiriq. Dialog shaklidagi ko’chirma gaplarni ajratib, tinish belgilarni qo’yib yozing.
Ona tilidan o’zlashtiriladigan nazariy bilimlar asosida bolalarda prosodik malakalar xam tarkib toptiriladi. Fonetikaga doir
bilimlarni o’zlashtirshda urg’u, urg’uli va urg’usiz bo’g’in, faqat birinchi bo’g’iniga urg’u tushadigan so’zlar urg’usi ustida 
ishlash kabilar prosodik malakalarni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Ammo ona tili darsliklarida prosodik malakalarni 
rivojlantirishga oid mashqlar nixoyatda oz. 
Metodist K.Jo’rayev tuzgan mashqlarni namuna sifatida keltiramiz. Garchand, bu mashqlar ifodali o’qish mashg’ulotlariga 
mo’ljallab tuzilgan bo’lsa-da, ulardan fonetika mashg’ulotlarida prosodik malakalarni rivojlantirish maqsadida foydalanish 
mumkin. 
1. “I” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz biroz ochiladi.Tilning uchi pastki tishlarga kelib tegadi. Ichingizda beshgacha sanab, “i” 
tovushini talaffuz eting. Tinglangchi, “i” tovushi yoqimli eshitilarmikan?
2. ”E” unlisi talaffuz qilinganda, og’iz “i” tovushini aytgandagidan kattaroq ochiladi. Oldin “e” tovushini, keyin “i” tovushini, 
undan keyin “i” va “e” tovushlarini birgalikda to’rt martadan talaffuz qiling.
3. ”A” unlisini talaffuz etganda, og’iz “e” tovushini talaffuz etgandagidan kattaroq ochiladi. O’ng qo’lingizdagi besh 
barmog’ingizni bukkuncha sanab “a” unlisini cho’zib talaffuz qiling. “ae”, “ea”, “ai”, “ia” birikmalarini to’rt martadan talaffuz 
qiling. 
4. “O” unlisini talaffuz etganda, og’iz keng ochiladi. “oa”, “oi”, “io”, “oe”, “eo”, “oa” birikmalarini uch martadan talaffuz 
qiling. 
5. “U” unlisini talaffuz etganda, og’iz o’rtacha ochiladi. “uo”, ”ou”, “ua”, “au”, “ui”, “iu”, “ue”, “eu” birikmalarini bir necha 
martadan ayting. 
6. “O’” unlisi talaffuz qilganda, og’iz “u” unlisini talaffuz qilgandagiga nisbatan torroq ochiladi. “o’u”, “o’i”, “io’”, “o’o”, 
“oo’”, “o’a”, “ao’” birikmalarini uch martadan talaffuz qiling. 
YUqorida keltirilgan mashq namunalaridan darslik materiallariga qo’shimcha sifatida foydalanish ko’p vaqtni olmaydi. 
SHuningdek, bu hildagi mashqlarni o’quvchilar qiynalmasdan bajara oladi. Unli tovushlar o’tilganda, bu mashqlardan izchil 
foydalanish o’quvchilarning fonematik eshitishlarini, talaffuzi (diktsiya)ni taraqqiy ettiradi, bolalar juda ko’p so’zlarning 
imlosini “oldindan”-propedevtik o’zlashtiradi. SHu muloxazalarga ko’ra tajriba o’tkaziladi. 
Ta’limning samaradorligini aniqlash, bolalarning bilimini taqqoslash uchun tajriba va nazorat sinflari ajratildi, Nazorat 
sinflarida –aa(mudofaa), -ao(maosh),-oa(itoat), -ai(Saida), -oi(doir), -io(shior), -ua(muallim), -uo(matbuot), -ae(aeroport), -
ia(diagramma), -au(pauza) kabi qo’sh unli mavjud bo’lgan arabcha, forscha, ruscha so’zlarning talaffuzi, ma’nosi, yozilishi 
mashg’ulotlarda xar doim tushuntirildi. Tajriba o’tkazilayotgan sinfda shunday so’zlarning ma’nosigina izoxlandi, ammo u 
so’zlarning talaffuzi va imlosiga o’quvchilar diqqati tortilmadi. Bu sinflarda yuqorida keltirilgan mashq turlaridan xar bir 
mashg’ulotda foydalanildi. Ikkala sinfda unli tovushlar to’liq o’tilgach, quyidagi so’zlar asosida nazorat diktanti o’tkazildi. 
So’zlar 
Matbaa, maosh, sanoat, mudofaa, Saida, itoat, bois, jamoat, doir, oila, muallim, shoira, matbuot, muammo, muomala, istiora, 
shoir, Saodat, Ismoil, teatr, dialog, pauza. 
Diktant natijasi shuni ko’rsatdiki, nazorat sinf o’quvchilari ma’nosi tushuntirilgan, imlosi va talaffuzi o’rgatilgan so’zlarni 
hato yozishgan. Tajriba o’tkazilgan sinf o’quvchilari diktant matnidagi so’zlarning barchasini deyarli to’g’ri yozishgan. 
Dalillar shuni tasdiqlaydiki, til mashg’ulotlari o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga mo’ljallab o’tkazilsa, mashg’ulotlarda 
bolalarning nutq qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga qaratilgan mashqlardan foydalanilsa, ona tili ta’limi yanada unumli bo’ladi, 
o’quvchilarning til sezgirligi beqiyos darajada o’sadi. 
Metodik adabiyotlarda til o’qitishda ikki narsa: nazariy bilimlar va shu bilimlar doirasida xosil qilinadigan malakalar xisobga 
olinadi. Ammo bolada kishilar bilan aloqa qilish vositasida yoshligidan shakllana boshlagan, maktabda taraqqiy ettirilishi lozim 
bo’lgan uchinchi narsa-nutq qobiliyati e’tibordan chetda qoladi. SHunday o’qitish tizimini yaratish kerakki, tildan beriladigan 
nazariy bilim, xosil qilinadigan malakalar, bir tomondan, bolalarda mavjud bo’lgan nutq qobiliyatlariga mos bo’lsin, ikkinchi 
tomondan, o’quvchilarning nutq qobiliyatlari taraqqiyotga samarali ta’sir etsin. 
Ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilarning kuzatuvchanlik qobiliyatini tarraqqiy ettirish uchun fonetika darslarida quyidagi 
prosodik mashq turlaridan foydalanish mumkin. 
1. Bir necha kun ikkita o’rtog’ingizning nutqini kuzatib yuring. Ular nutqining o’hshash va farqli tomonlarini ajrating. 
O’rtoqlaringizdan qay biri tez, baland ovoz bilan gapiradi? O’rtoqlaringizdan qay biri past ovoz bilan sekin, ammo burro-burro 
gapiradi? 
2. O’rtoqlaringizdan birining nutqiga o’z o’rtoqlari bilan suxbatlashayotganda, o’qituvchining savollariga javob 
berayotganida e’tibor qiling. SHu o’rtoqlaringizning nutqida erkin suxbatlashayotganida, o’qituvchi savollariga javob 
berayotganida qanday o’zgarishlar bo’lishini aytib berishga tayyorlaning?



3. Tanaffus paytida sinf honasidan turib, xovlida o’ynayotgan o’rtoqlaringizning ovozini tinglang. Siz eshitgan ovoz kimning 
ovozi ekanligini ajratib olishga xarakat qiling. 
4. Kimlarni ovozidan taniysiz? 
5. Sinfda eng yohshi gapiradigan o’rtog’ingiz xamda o’qituvchining nutqiga taqlid etib gapiring. 
6. O’zbek tilida gaplasha oladigan rus, qozoq, tatar, koreys o’rtog’ingiz bormi? SHu o’rtog’ingiz nutq tovushlaridan qay 
birini buzib talaffuz etadi? Unga qanday yordam bersa bo’ladi?
7. Televizordan bolalar uchun beriladigan ko’rsatuvlarni kuzatib boring. Personajlarning nutqidagi (bo’ri, quyon) farqlarini 
ajratishga xarakat qiling.
8. O’qituvchilarning nutqini kuzating. O’qituvchi biron mavzuni tushuntirayotganda qanday gapiradi? O’qituvchingiz so’rash 
paytida so’roq gaplarni qanday oxangda aytadi? 
YUqorida o’quvchilarning kuzatuvchanligini oshirishga qaratilgan mashq namunalari keltirildi. Bu mashqlarning 
ba’zilaridan sinfda, ba’zilaridan esa uy topshirig’i sifatida foydalanish mumkin. Kuzatuvchanlik qobiliyatini o’stirishga oid 
mashqlar tilni o’zlashtirishning barcha tomonlariga bog’lab tashkil etiladi. 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin