Mavzu: Boshlang’ich sinflarda so’z yasashga doir mashqlar ustida ishlash


Mashqlar to’plami va o’qitish faoliyati



Yüklə 280,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix15.01.2023
ölçüsü280,52 Kb.
#79294
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish .

Mashqlar to’plami va o’qitish faoliyati. O’qitish faoliyati nuqtai nazaridan mashqlar tizimi ona tili darsliklarida berilgan 
o’quv topshiriqlariga ko’ra belgilanadi. Zero, darslikka kiritilgan o’quv topshiriqlari asosida o’qituvchi sinf o’quvchilarining 
mashq bajarishlarini tashkil etadi. 
Darslikka kiritilgan o’quv topshiriqlari vositasida bolalarning mashq qilishini tashkil etishdan oldin o’qituvchi ularning 
ta’lim jarayoni tsikllari, dars tiplari va bosqichlariga mosligini o’rganishi, ulardan izchil foydalanish yo’llarini belgilashi zarur. 
SHuningdek, bolalar bajaradigan mashqlar o’rtasida vorislik o’rnatmasdan turib, ta’limning samaradorligini oshirib bo’lmaydi. 
Bajarilgan, bajarilayotgan va bundan keyin bajariladigan mashqlar o’rtasida aloqadorlikni ta’minlash, o’qituvchining 
moxirligiga bog’liq. Qilinadigan mashq bolalarning real bilish imkoniyatiga mos bo’lganda, istalgan samarani beradi. Darslikka 
kiritilgan o’quv topshiriqlari to’plami asosida zarur mashqni tezkorlik bilan tanlay olish, o’qituvchining vaqtini, uning jismoniy 
va aqliy yumushlarini tejashga olib keladi. 
Darslikka kiritilgan o’quv topshiriqlari to’plami asosida mashqlar tizimini o’tkazishda o’qituvchi faoliyatiga quyidagicha 
talablar qo’yiladi: mashqlarning ta’lim jarayoni zvenolari, dars tipi, dars bosqichlariga mosligi (1); mashqlardan izchil 
foydalanish (2); mashqlar o’rtasida vorislik o’rnatish (3); mashqlarning bolalar tayyorgarligiga mosligi (4); kerakli mashqni 
zudlik bilan topish (5); vaqtni tejash (6). 
Bolalarning mashq qilishi uchun topshiriqlar tizimini tuzuvchi (masalan, darslik muallifi) xam, mashq qilishga oid bolalar 
faoliyati tashkilotchisi- o’qituvchi xam o’z mexnatini o’quvchilarga mo’ljallab tashkil etishadi. Mashq o’tkazishning natijasi 
bolalarda shakllanadi. O’quvchilar nuqtai nazaridan xam mashq qilish jarayoniga qator talablar qo’yiladi: mashqning o’quv 
materialini o’zlashtirish logikasiga mosligi (1); o’quv materialini sistem o’zlashtirish (2); bajariladigan mashqlarning o’zaro 
aloqadorligi (3); mashqlarning bolalar uchun etarli darajada murakkabligi va qiyinligi (4); qayta eslash va ijodiy faoliyatni bir 
hil-teng takrorlash (5); bolalar vaqtini tejash (6). 
Mashqlar tizimining o’quv materiallari mazmuniga, ta’lim jarayoni bosqichlariga, bolalarning real bilish imkoniyatlariga 
mosligi o’tkaziladigan mashqlarning samaradorligini oshirish omillari sanaladi. Ta’lim jarayonida qo’yilgan maqsad bilan 
mashq qilish orqali erishilgan natija o’rtasidagi tafovut samaradorlik xisoblanadi. Binobarin, qo’yilgan maqsad va natija 
o’rtasidagi farq qancha oz bo’lsa, mashq qilish jarayoni shuncha samarali kechadi. 


11 
Mashqlar tizimini shakllantirishda muallif (mashqlar tizimini tuzuvchi), mashqni ta’limga tatbiq qiluvchi-o’qituvchi, uni 
bajaruvchi-o’quvchi faoliyatiga qator talablar qo’yiladi. SHunday talablar quyidagi jadvalda keltiriladi. Mashqlar tizimini 
tuzuvchining xam mashqlarni ta’limga tatbiq qiluvchining xam diqqat markazida o’quvchi faoliyati yotadi. SHu tufayli 
jadvalning markazida o’quvchi faoliyatiga qo’yilgan talablar keltirildi. 
1-chizma 
Muallif 
faoliyati 
O’quvchi 
faoliyati 
O’qituvchi 
faoliyati 
1. Mashqlar tizimining o’quv materiallari
mazmuniga adekvatligi. 
1. Mashqlarning o’zlashtirish 
logikasi mosligi. 
1. Mashqlarning ta’lim jarayoni 
bosqichlariga muvofiqligi. 
2. Tizimga kiritilgan mashqlarning bir-
birini to’ldirishi. 
2. 
O’tkaziladigan 
mashqlar 
o’rtasida vorislik. 
2. 
Mashqlarning 
o’zaro 
bog’liqligi. 
3. 
Mashqlarning 
murakkabligi, 
va 
qiyinligi
3. O’quvchi faoliyatining 
intensivligi. 
3. 
Murakkab 
va 
qiyin 
mashqlardan etarli foydalanish. 
4. 
Tizimda 
ijodiy 
va 
standart 
mashqlarning 
etarli 
miqdorda 
mavjudligi. 
4. 
Ijodiy 
va 
qayta 
eslash 
faoliyatini rivojlantirish. 
4. 
Ijodiy 
va 
qayta 
eslash 
faoliyatini 
teppa-teng 
tashkil 
etish. 
5. Bilim, malaka va ijodiy faoliyat 
tajribasini takomilllash-tirishga yaroqligi. 
5. Dastur talablari darajasida 
o’quv materiallarini o’zlashtirish. 
5. Zarur (ijodiy va noijodiy) 
mashqlarni zudlik bilan topish. 
6. Mashqlar miqdorining etarliligi. 
6. Tezkorlik bilan mo’ljallangan 
natijaga erishish. 
6. Vaqtni tejash. 
Jadvalni gorizontal taxlil qilib, mashqlar tizimining optimalligini ta’minlovchi talablarni qayd etish mumkin. Mashq qilish 
sub’ektiv xodisa, shuningdek, uning natijasi xam mashq qiluvchi-o’quvchida shakllanishini xisobga olib, quyidagi qoidalarni 
me’yoriy talab shaklida yozamiz. 
1. Mashqlar tizimining o’quv materiallari mazmuniga adekvatligi va ta’lim jarayoni bosqichlariga muvofiqligi mashqning 
o’zlashtirish logikasiga mosligini ta’minlaydi. 
2. Mashqlarning bir-birini to’ldirishi va bog’liqligi qilinadigan mashqlar o’rtasidagi vorislikka olib keladi. 
3. Mashqlarning murakkabligi, qiyinligi, o’quvchilar faoliyatining intensivligini (aqliga zo’r berib ishlashini) ta’minlaydi. 
4. Ijodiy va standart mashqlar vositasida o’quvchilarning ijodiy va qayta eslash faoliyatini bir hil (teppa-teng) tashkil etish 
o’quvchilarning tafakkuri xamda hotirasini o’stiradi. 
5. Mashqlarning ta’lim mazmuni elementlari (bilim, malaka va ijodiy faoliyat tajribasi)ga mosligi va zaruriy mashqni 
tezkorlik bilan topish imkoniyatining borligi o’quv materiallarini dastur talablari darajasida o’zlashtirishga olib keladi. 
6. Mashqlar miqdorining etarliligi va vaqtni tejash bolalarning qisqa muddatda ko’zlangan natijaga erishuviga sabab bo’ladi. 

Yüklə 280,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin