Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda «tarbiya» fanini bosqichma-bosqich



Yüklə 489,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix12.06.2023
ölçüsü489,07 Kb.
#128948
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-maruza (1)

 
Umummadaniy 
- Ma’lumotli; 
- Madaniyatli; 
- Umuminsoniy qadriyatlarga egalik; 
- Milliy madaniyatga ega bo‘lish; 
- Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; 
- Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi.
 
Maxsus 
- O‘quvchilar ehtiyojini bilishi; 
- Turli yosh xususiyatlarini bilishi; 
Kompetensiyalarni shakllantirish uchun ta’lim texnologiyalarini tanlashda o‘quv 
fani o‘qituvchisi taqvim mavzu rejada mazkur sinf uchun belgilangan tayanch 
kompetensiyalarni belgilab oladi. Shundan so‘ng, o‘rganilishi zarur bo‘lgan mavzu 
va shakllantiriladigan kompetensiyalarni hisobga olgan holda darsni o‘tish metodi, 
usuli tanlanadi. 
Interfaol yondashuv. O‘qituvchilar dars jarayonini yaxshi tashkil etish uchun 
qulay muhit yaratadi. O‘quvchilarning o‘zaro fikr (axborot) almashishlariga imkon 
beriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjixatlikda muhokama etadilar, 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan 
axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar.
Loyihalash metodi. Loyihalash metodi - o‘quvchilar uzluksiz ravishda 
murakkablashib boradigan amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish 
jarayonida bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir.Ta’lim 
oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va 
h.k.)masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar. 
Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda 
motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi. 
Loyihalash metodi orqali o‘quvchilarda quyidagi shaxsiy kompetensiyalar 
shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik; ma’suliyatni his etish; o‘ziga ishonch; 
o‘qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini ko‘ra bilish; mushohada qila bilish; 
uzoqni ko‘ra bilish; tashxislash; motivatsiya.

Yüklə 489,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin