Tanqidiy tafakkur metodi
Muammoli modulli ta’lim metodi
Muammoli modulli ta’lim metodi olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashni
nazarda tutadi. Mazkur metod o‘qitishning turli modellarining didaktik asosini
tashkil etib, o‘qitish vositalari va pedagogik texnikaning qo‘llash usulari bilan
farqlanadi. U o‘quv predmetini nisbatan kichik bo‘laklarga – modullarga bo‘lishni
ifodalaydi.
O‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo`naltirilgan ta’lim.
Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok
etuvchiodamni Shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam
keyinchalik shaxsgaaylanadi. Individ tushunchasida kishining nasl-nasabi
mujassamlashgandir.
Loyihalash metodi - o‘quvchilar uzluksiz ravishda murakkablashib boradigan
amaliy topshiriqni rejalash, konstruksiyalash va bajarish jarayonida bilim,
ko‘nikma va malakaga ega bo‘ladigan o‘qitish tizimidir.
ta’lim oluvchilar keng miqyosdagi muammoli (ijodiy, axborot, kommunikatsiya va
h.k.) masalalar bilan bog`liq loyihalarni bajaradilar.
Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda
motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi.
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi: komandada ishlash; ishchanlik;
ma’suliyatni his etish; o‘ziga ishonch; o‘qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini
ko‘ra bilish; mushohada qila bilish; uzoqni ko‘ra bilish; tashxislash.
KLASTER (Klaster-tutam, bog`lam)-axborot xaritasini tuzish yo‘li - barcha
tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy
omil atrofida g`oyalarni yig`ish.
Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi
o‘zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog`oz
varag`ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi
yoziladi.
Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog`liq so‘z va
takliflar kichik doirachalar "yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni "asosiy” so‘z
bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo‘ldoshlarda” "kichik yo‘ldoshlar”
bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g`oyalar tugagunicha
davom etishi mumkin.
Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy)
alomat.
Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi.
Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga
mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi
mumkin. Yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti
BBB Jadvali - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
|