Mavzu: O’quvchilarni dars jarayoniga qiziqtiruvchi didaktik o’yinlaidan foydalanish



Yüklə 18,89 Kb.
tarix21.07.2023
ölçüsü18,89 Kb.
#137077
didaktik


Mavzu: O’quvchilarni dars jarayoniga qiziqtiruvchi didaktik o’yinlaidan foydalanish

Boshlang`ich ta’lim didaktikaning asoslari Shvetsariya pedagogi I.G.Pestolotsi asarlarida ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari rus didaktikasining atoqli namoyondasi K.D.Ushinskiy bo`lgan. U ham o`qitish masalalarini chuqur psixologik asosini yaratdi. O`zbek xalqi orasida ham H.H.Niyoziy, A.Avloniy kabi pedagoglar yetishib chiqdi.


Ular ham o`zbek xalq maktablarini ochish, o`quvchilarga darsliklar yozish kabi ishlarni davom ettirdilar.
Didaktikaga asoslangan holda biz o`quvchilarga bilim beramiz. Ta’lim jarayonida turli usullardan foydalanamiz. Dars turini to`g`ri va muvaffaqiyatli o`tish uslubini ham to`g`ri tanlasak dars yaxshi natija beradi. Har bir darsni ko`rgazmali va texnika vositalari bilan o`tkazish joizdir. Shundagina dars bilimga boy o`tadi. O`qituvchi izlanuvchan bo`lishi, darslarni rang-barang usulda o’tishi kerak.Dars qiziqarli o`tishi uchun faqat ko`rgazma qurollardan foydalanib qolmay, o`yin elementlaridan, dars davomida harakatli daqiqalardan foydalanish lozim.
O`yin elementlaridan nafaqat darsda, balki darsdan tashqari ishlarda konferensiya darslarida foydalanish mumkin. Bu albatta boshlang`ich sinf o`quvchilariga mo`ljallangan. Ular bu yoshda o`yinqaroq, tez zerikuvchan, diqqati tarqoq bo`ladi. O`yin orqali ularni darsga, mavzuga jalb qila olishimiz mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari yosh bo`lgani uchun ularga sodda tilda tushunarli holda bilim berish va darslarda o`yin elementlaridan foydalanish lozim. Bola hayotining asosiy qismi o`yin bilan o`tadi. O`yinlar faqat didaktik vosita bo`lmay, bola hayotining asosiy shaklidir. Shuning uchun biz o`yinning nozik tomonlarini egallamay turib, o`yin faoliyatini boshqarishini o`rganmay turib oldimizda turgan mas’uliyatli vositalarni hal qila olmaymiz.
Tilni o`rganish o`quvcilar zehni, aqli, ongi, madaniy darajasini oshiradi va tilni puxta o`rganmay turib, boshqa fanlarni o`zlashtirish qiyin. Chunki har bir predmetni ifodalash, bolaga o`rgatish hamisha so`zlar vositasida amalga oshadi.
O`yin orqali bola faoliyati mukammallashadi, ularni jismonan rivojlanishiga yordam beradi. O`yin jarayonida qiyinchiliklarni, to`siqlarni yengishga o`rgatib boradi.
O`yin bolalar faoliyatining asosiy turi. Bola o`yin orqali materiallarning ko`rinishi, rangi, tuzilishi turli o`simlik va hayvonot olamidagi o`zgarishlarni anglaydilar.
O`yin- bu bolalar uchun o`qish, mehnat qilish va tarbiya vositalaridir. Biroq, darsning asosiy qismini o`yin darsiga aylantirib qo`ymaslik lozim.
Bola hayotining asosiy turi o`yindir. “Bola uchun o`yin voqelik”- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, binobarin, tevarak atrofdagi voqelikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yaratgan narsa bor.
Bolalarning o`yin faoliyati maktabgacha yoshda paydo bo`lib, o`z taraqqiyotida oddiy taqlid qilishdan murakkab rolli o`yinga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi, bu o`yin dastlab kishilarning predmetlar bilan bog`liq faoliyatini, so`ngra o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi.
O`yin o`sib borayotgan bola organizmining zaruriy ehtiyojidir va u orqali bolalarda tashkilotchilik ko`nikmalari tarbiyalanadi. Ammo o`yin har qanday sharoitda ham o`yindir. Shunday o`yinlar ham borki, ular bolalarga mustaqillikni, oddiylikni, bir- biriga yordam berish hissini tarbiyalaydi.
Yan Amos Kamenskiy Grammatik o`yinlardan sistemali foydalanishning ahamiyati xususida gapirib, bunday deb yozgan edi: “Bola sog`lom bo`lishi uchun u doimiy harakatda bo`lishi zarur, shundagina o`yin qiziqarli o`tadi. O`yinga rahbarlik qilish va bolalarning hatti-harakatlarini doimo kuzatib turishi kerak. Chunki bolalar o`yin jarayonida har tomonlama tarbiyalanadilar.
Psixologik olimlar o`yinlarni to`rt guruhga bo`ladilar:
1. Funksional o`yinlar.
Bu o`yinlar bola organizmining har tomonlama rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Bu kichik yoshdagi bolalar uchun harakterli bo`lib, unda bolalar nima bilandir shug`ullanadilar, turli predmetlar bilan tanishadilar.
2. Qoidali o`yinlar.
Bu o`yinlarda bolalar tevarak-atrof va muhitdagi voqealardan habar topib, idrok etish bilan kifoyalanadi.
Bunda ko`rish, eshitish, his qilish kabi sezgi organlari idrok qiladi.
3. Rolli o`yinlar.

Bu o`yinda bolalar o`zlarini ma’lum bir rolini, qandaydir kasb egasi (shifokor, o`qituvchi, quruvchi kabi) vazifasini bajarayotgandek his etadilar. Har bir bola o`ziga tegishli rolni muvofaqiyatli bajarishga harakat qiladilar.


4. Konstruktorli o`yinlar.
Bu o`yinning asosiy mazmuni qurilishi komplekslari, taxta, qum, qog`oz materiallarining parchalarini qirqish, taxlash singari mehnat ko`nikmalarini hosil qilish kabilardan iboratdir.
Konstruktorli o`yinlar asosan ikkiga bo`linadi.
Ijodiy o`yinlar bolalar o`zlari o`yinning mazmunini, maqsadini, qoidasini topadilar. Ijodiy o`yinlarning asosiy qismini syujetli rasmli o`yinlar tashkil qiladi. Ijodiy o`yinlardan yana biri dramatik o`yindir. O`yinning mohiyati hikoya va ertaklardagi voqealarning mazmunini tasvirlashdan iborat bo`lib, ularda badiiy adabiyotlardagi persanajlar tasvirlanadi.
Qoidali o`yin. Huddi xalq o`yinlari singari qiziqarli bo`lib, unda bolalar hayoti, o`z tengqurlari va kattalarning mehnat faoliyatini tasvirlashga harakat qiladilar.
Demak, barcha turdagi o`yinlar bolalarning kattalar faoliyatiga qiziqishlariga, ularga taqlid qilishiga intilishlarining mehnati va oilaviy hayotini, uchuvchilar, kosmonaftlar, dengizchilar hamda boshqalarning qahramonliklarini aks ettiradi.
Ko`pchilik o`yinlarda didaktik o`yinchoqlar va bunga bevosita a’loqador bo`lgan boshqa qo`llanmalar foydalaniladi.
Didaktik o`yin jarayonida shunday holatlar ham tez-tez bo`lib turadiki bolalardagi eng yaxshi kayfiyat birdan sho`xlik, notinchlik va intizomsizlik bilan ham almashib qoladi. Bunday paytlarda o`qituvchi ayrim bolalarga tanbex berishga majbur bo`ladi va bu boshqarning o`yin kayfiyatini shubhasiz tushiradi. Agar shunday vaziyat sodir bo`lsa ham o`yin qoidasi bilan birga qo`shib tushuntirsa metodik jihatdan to`g`ri bo`ladi.
Individual didaktik o`yin o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasida bevosita munosabat yaratishga va bolalarning orqada qolishi sabablarini chuqurroq anglashga yordam beradi. Bunda o`ituvchining quyidagi kabi mantiqiy topishiriqli o`yin mashqlarini o`tkazishi maqsadga muvofiqdir.
Yüklə 18,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin