Mazkur metodning yuqori samara berishi uchun loyihani bajarishda o‘quvchilarda
motivatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi, shart hisoblanadi.
Quyidagi shaxsiy kompetensiyalar shakllanadi:
komandada ishlash; ishchanlik;
ma’suliyatni his etish; o‘ziga ishonch; o‘qitishlilik; tezkor fikrlash; jarayon rivojini
ko‘ra bilish; mushohada
qila bilish; uzoqni ko‘ra bilish; tashxislash.
KLASTER (Klaster-tutam, bog`lam)-axborot xaritasini tuzish yo‘li - barcha
tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy
omil atrofida g`oyalarni yig`ish.
Bilimlarni
faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi
o‘zaro bog`lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog`oz
varag`ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan
mavzu nomi
yoziladi.
Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog`liq so‘z va
takliflar kichik doirachalar "yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni "asosiy” so‘z
bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu "yo‘ldoshlarda” "kichik yo‘ldoshlar”
bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g`oyalar tugagunicha
davom etishi mumkin.
Toifa-xususiyat va munosabatlarni muhimligini namoyon qiluvchi (umumiy)
alomat.
Ajratilgan alomatlar asosida olingan ma’lumotlarni birlashtirishni ta’minlaydi.
Tizimli
fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga
keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
Toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. Ғoyalarni ma’lumotlarni toifaga
mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi
mumkin. Yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Ish natijalarining taqdimoti
BBB Jadvali - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim.
Mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi.
Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.