Mavzu: Boshlang'ich sinflarda texnologiya ta'limidan amaliy ishlar Reja: Boshlang`ich sinf mehnat darslarida qog`ozdan amaliy ishlarni tashkil etishning mazmuni



Yüklə 29,79 Kb.
səhifə2/3
tarix26.04.2023
ölçüsü29,79 Kb.
#102861
1   2   3
Mavzu Boshlang\'ich sinflarda texnologiya ta\'limidan amaliy ishlar

Qog`ozni buklash usullari. Qog`ozni teng ikkiga buklash uchun qog`oz stol yoki parta ustiga qo‘yiiladi va o‘ng hamda chap qo‘li bilan qog`ozni uziga yakin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog`ozning uchlarining qirrasi birbiriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog`oz qo‘l bilan tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan tirnok bosib yurgiziladi.
Qog`ozni bukilgan joyidan yirtish. Qog`ozni yirtishdan oldin, avval ehtiyotlik bilan ochiladi, uning bir tomoni o‘ng qo‘l bilan bosilib, chap qo‘l bilan bukilgan chiziqdan sekin yirtiladi, Bukilgan chiziq ustiga chizgichni qo‘yib, xam qog`ozni yirtish mumkin.
Qog`ozni bukilgan joyini pichoqda qirqish. Qog`ozni buklab, tirnok bilan bosib iz tushiriladi. Shundan so‘ng uning buklangan chizig‘ini o‘ng tomonga qilib stol ustiga qo‘yiladi, uning orasiga pichoqni tiqib yurgiziladi.
Qog`ozni kaychi bilan qirqish. Qaychi o‘ng qo‘lda ushlanadi. Ish vaqtida qaychini harakatsiz ushlab, qirqilayotgan qog`ozni, undagi kesish chizig‘i aniq ko‘rinishi uchun aylantirib turiladi.
Qog`ozni yopishtirish. Stolning ustiga gazita yozib, uning ustiga kerakli o‘lchamda qirqib olingan rangli yoki istalgan qog`oz qo‘yiladi va mo‘yqalam yordamida urtasidan chetiga avval chap, so‘ngra o‘ng tomonga qarab elim surtiladi. Elimni tez, yupqa qilib surtiladi. Elim surtilgan qog`ozni yopishtiriladigan predmetning ustiga qo‘yib, uning ustidan g‘ijimlanishlar bo‘lmasligi uchun toza latta bilan bosib tekislanadi.
Qog`oz va kartonni o’lchash usullari. Mehnat darslarida qog`ozni o‘lchash usullari unchalik murakkab emas va ular matematika darslarida qo‘llanadigan asboblar yordamida bajariladi. Birinchi navbatda bu oddiy chizgich, uchburchak chizg‘ich va sirkuldir.
Qog`oz va karton bilan ishlash darslarining asosiy xususiyati shundaki, bu darsda buyumlarning umumiy ko‘rinishidagi yig`ma, chizma va buyumning namunasi yoki faqat texnikaviy rasm va chizmalardan foydalaniladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning yig`ma chizmani o‘qishga, chizma va namunadan barcha detallarni, ularning o‘lchamini aniqlash va har qaysi detalni mustaqil belgilab olishga o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga namuna va mehnat darsidagi chizmani ko‘rsatib, bolalar bilan maketni yasash uchun nechta detal tayyorlash kerakligini, ularning o‘lchami shakli qanday bo‘lishini aniqlaydilar.
Bolalar chizmaga qarab to‘g`ri burchak, uchburchak shaklida ekanligini aytadilar. Qog`oz va karton bilan ishlash mashg`ulotlari o‘quvchilar oldindan qo‘yidagi tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning ustiga qog`oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni olib tayyorlaydilar. Har bir mashg`ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg`ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli foydalanishlari shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda, sinf xonasini tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilganidek qog`oz bilan ishlash darslarida ham ta`limning ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, sxematik namuna, turli predmetlardan shuningdek texnik vositalardan foydalaniladi.
Boshlang`ich sinflarda mehnat ta`limi dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib o‘z oldiga qo‘yidagi maqsadlarni qo‘yadi.

  1. Bolarning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati to‘g`risidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;

  2. Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, o‘z ishi va o‘rtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish.

Mehnat ta`limi dasturi talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

  1. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.

  2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin bo‘lgan dasturda ko‘rsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.

  3. Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati.

Mehnat ta`limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta`lim yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to‘g`risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Mehnat ta`limining yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish to‘g`risidagi tasvvurlarni shakllantirish.
Mehnat ta`limining yo‘nalishining uchunchisi esa hozirgi zamon o‘quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishni shakllantirish, uni qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish kerak.
Mehnat ta`limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Qog`oz bilan ishlash darslarida o‘quvchilarga ish urnini tashkil qilish, qog`oz va uning turlari, qog`ozdan buyumlarni yasash boskichlari haqida, ya`ni qog`ozni buklash, qirqish, yirtish, yig`ish va ishlov berish to‘g`risida, ishni to‘gatgandan so‘ng xato va kamchiliklarni yo‘qotish haqida va boshqalar to‘g`risida tasavvur hosil bo‘ladi.
Birinchi sinf o‘quvchilari qog`oz bilan ishlash darslarida quyidagilarni o‘rganadilar.

  1. Qog`oz turlari —chizmachilik, rasm, gazeta, rangli qog`ozlar. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra — yaltiroq, baxmalsifat, bo‘yalgan qog`ozlar.

  2. Qog`ozlarning asosiy xususiyatlari: mustahkamligi, rangsizligi, bukiluvchanligi.

  3. Qog`oz bilan ishlashda foydalaniladigan asboblar va moslamalar (qaychi, tekislagich, chizgich, qalamuchburchak lineyka, shablon, trafaret), ularning ishlatilishi, ishning texnik xavfsizligi.

  4. Yasaladigan buyumning namunasini ko‘rib chiqish. Detallar miqdori, shakli, har bir detal o‘lchamalarining qiyosiy tahlili, detallarni birlashtirish usullari.

  5. Teshiklar uchun ishlatiladigan asbob, yoyilma (razvertka) haqida ma`lumot.

  6. Detal yigma eskizini o‘qish: konturli, chiqariladigan o‘lchamli chiziqlar.

Bukish chizig`i. Eng oddiy razvertkalar — quticha, kubikcha.

  1. Izchil bajariladigan ishlarni jamoaviy rejalashtirish.

Yangi texnologiyalar: xalqali applikatsiya..


Yüklə 29,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin