Mavzu: boshlangich sinflarda vaqt birliklarini o’rgatish reja: kirish asosiy qism


Boshlang’ich sinf o’quvchilariga vaqt o’lchov birligiga oid topshiriqlar berish



Yüklə 123,65 Kb.
səhifə5/6
tarix22.10.2023
ölçüsü123,65 Kb.
#159513
1   2   3   4   5   6
BOSHLANGICH SINFLARDA VAQT BIRLIKLARINI ORGATISH

2.2 Boshlang’ich sinf o’quvchilariga vaqt o’lchov birligiga oid topshiriqlar berish
“Vaqt o’lchovlari” mavzusini o’rganish uchun bir qator darslar ajratiladi.Bu darslarning vazifasi vaqt o’lchovlari haqidagi bilimlarni kengaytirish va ularnisistemaga solishdan iborat. Bu mavzuni o’rganish vaqt o’lchovlari jadvalini tuzish vauni o’zlashtirishdan boshlanadi:
1 asr = 100 yil 1 sutka = 24 soat
1 yil = 12 oy 1 soat = 60 minut
1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 minut = 60 sekund
Fevral oyi 28 yoki 29 sutka.
Oddiy yil 365 sutka, kabisa yili 356 sutka. Bir necha dars vaqt o’lchovlari qatnashgan ismli sonlarni qo’shish va ayirish bilan bolalarni tanishtirishga
bag’ishlanadi.
4 soat 13 minut-59 minut = 3 soat 14 minut
194
56
253
194 minut = 3 soat 14 minut
1 soat-34 minut = 60 minut-34 minut = 26 minut.
Boshlang’ich sinflarda vaqt o’lchovlariga oid masalalar quyidagi mazmundabo’ladi:
I. Hodisaning boshlanishi va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra
uning oxirini topishga oid masalalar.
II. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagio’tgan vaqtga ko’ra topishga doir masalalar.
III. Berilgan hodisalar orasida o’tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar. Bu o’zaro
teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va echishga o’rgatiladi.
478 – masala .
Duradgor 7 soatda 63 ta bir xil yog’och qoshiq Yasadi . Shunday mehnat unumdorligida 54 ta shunday qoshiq Yasash uchun necha soat kerak bo’ladi ?
Yechilishi : : 1) 63:7=9 2) 54:9=6 javob: 6 soat
458- masala
O’quvchilar 45 minut dars davomida 5 minut davomida og’izaki hisob bajarishdi, 15 minut misollar yechishdi , qolgan vaqtda esa masalalar yechishdi ?
Yechilishi: 5+15=20 45-20=25 javob: 25 minut
464- Masala
Stanokda 1 soatda 6 ta detal ishlanar edi . Stanok takomillashgandan so’ng 1 soatda 8 ta detal ishlandi . Stanok 9 soatda ilgarigidan necha ortiq detal tayyorlash mumkin .
Yechilishi 1) 9.6=54 2) 9.8=72 3) 72-54=18 Javob : 18
Bundan tashqari boshlang’ich sinf matematika sutka ichida hisoblashda doir masalalar quyidagicha muhokama qilinadi.
1. Hodisaning boshlanishi va oxiri orasidagi o’tgan vaqtga ko’ra uning oxirini davomini topish .
2. Hodisaning boshlanishi va uning orasidagi o‘tgan vaqtni topish
3. Bu masofalarni o‘zaro teskari masalalardan iborat deb qarash mumkin.
4. Maktabda darslar 800da boshlanib 5 soat davom etdi. Dars qachon tugaydi?
1. Maktabda darslar 800da boshlanib 13 -00da tugaydi. Dars necha soat
davom etgan?
2. Maktabda darslar 5 soat davom etadi. Dars qachon tugagan.
Shunga o‘xshash turlicha savollar tuzish mumkin. Bundan tashqari muddat, lahza, zamin, nafas kabi so‘zlardan aniq o‘lchab bo‘lmasada, lekin qisqa vaqtni bildiradi.
Masalan: Bir muddat, bir nafasday, siz bir zumda va hakozo.
Qadimda vaqtni aniq o‘lchovni bildiruvchi biror narsa bo‘lmaganligi uchun har bir xalq o‘zicha ifodalagan.
Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka. Kabisa yili 366 kun.
Asosiy birliklar – yil va sutka
Darslikda berilgan jadvaldan foydalanib
12 oy va har biro y necha kundan iboratligini
ko’rsatish zarur. Bu mavzuga oid darslarda
yirikroq vaqt o’lchovlarini maydaroq vaqt
o’lchovlariga va aksincha almashtirishga
oid mashqlarga katta e’tibor bergan.
Misol. 1 yil 2 oy necha sutka?
2.Vaqt birliklari bilan amallar bajarish.
Bir necha dars vaqt birligi qatnashgan ismli sonlar ustida amallar bajarishga ajratiladi.
12 soat 45 minut 15 soat 35 minut
10 soat 30 minut 8 soat 48 minut
Vaqtni qo’shishni o’rganishdan oldin, ana shunday mashqlar qaraladiki, ularda minutlar yoki sekundlar yig’indisi 24 soat dan kam, kunlar yig’indisi 30 dan yoki 31 dan kam,…

Xulosa
O’zbekiston Respublikasining istiqboli xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida bo’lganidek, xalq ta‘limi oldida ham muhim vazifalarni qo’ymoqda. Zero yosh avlod tarbiyasi O’zbekiston istiqbolini mustahkamlashning muhim zamini deb hisoblanadi.
“Yoshlari bilimdon, yurtning kelajagi buyukdir”.(I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi”).
Biz shunday farzandlarimizni tarbiyalashimizda boshlang’ich sinflarda matematika fanini ahamiyati juda katta ekanligini aytib o’tishimiz lozim hisoblanadi. Bugungi kunda har bir kishi ishbilarmonlikni, iqtisodiy hisob-kitobni bilishi zarur. Shuning uchun boshlang’ich sinflarda ta‘lim jarayonini tubdan Yaxshilash davr talabi hisoblanadi. Bu esa har bir o’qituvchidan yuksak tajribani puxta bilimni, malakani talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda miqdor va birliklarni juda keng o’rganilmoqda. Boshlang’ich sinf matematikasida uzunlik o’lchovi, vaqt o’lchovi, yuzani o’lchash va topishga doir misol va masalalar berilgan.
Bu sinflarda miqdor o’lchovlari o’zgarmas birligidan foydalanib bilib boriladi. Masalan: uzunlik o’lchovi, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr.
Vaqt o’lchovi: sekund, minut, soat, yil, asr, oy, kun sutka, hafta.
O’lchov birliklarini tarkib toptirishda qadimgi nomlardan ham foydalanilgan. Masalan: qarich, quloch, gaz, qadam, chaqirim, tosh, pud, misqol, chorak, daqiqa, tanob, asr, qadam, olchin, ongli, manzil, yog’och, farzand va shular kabilar.
Bundan tashqari miqdorlar tushunchasi figuralarning yuzini o’lchashda ham ma‘lum birliklardan foydalaniladi.Kvadrat santimetr (kv sm) kvadrat detsimetr (kv dm) kvadrat metr (kv m) lardir. Hozirgi vaqtda minutni daqiqa, sekuntni soniya deb atash odat tusiga kirib qolgan.
Matematikada o’rganiladigan asosiy tushunchalardan biri miqdor tushunchasidir. Shuning uchun “Matematika miqdorlar haqidagi fan, u miqdor tushunchasidan kelib chiqadi” deb bejiz aytilmagan. Boshlangich sinfda quyidagi miqdorlar qaraladi: uzunlik, yuz, massa, hajm, vaqt va boshqalar.
Boshlangich sinflarda asosiy miqdorlarni o’rganish arifmetik materialni o’rganish bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshiriladi. Jumladan “o’lchashni o’rgatish sanashni o’rgatish bilanbog’lanadi; Yangi o’lchov birliklari tegishli sanoq birliklari kiritilgandan so’ng kiritiladi; ismli sonlarni yozilishi va o’qilishi sonlarni nomerlash bilan parallel o’rganiladi; arifmetik amallar abstrakt sonlar ustida va isimli sonlar ustida bajariladi. O’quvchilarning o‘lchov birliklari to‘g‘risidagi bilimlari va tasavvurlari ko’rgazmalilikning turli vositalari Yani geometrik figuralarning modellari, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish, kuzatishlar asosida va har qaysi o‘quvchining alohida miqdorlarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar ish natijalari asosida xulosa chiqarish o’rgatish maqsadga muvofiqdir.
Atrof-borliqni o’z kashfiyotlari orqali bilib olish bolalar uchun juda qiziqarlidir.



Yüklə 123,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin