MAVZU: BOSHLANGICH SINFLARDA VAQT BIRLIKLARINI O’RGATISH REJA: KIRISH ASOSIY QISM 1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini vaqt va uning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish 2.Boshlang’ich sinflarda vaqtga oid tasavvurlarni shakllantirish 3.3- sinf o’quvchilariga vaqt o’lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi 4.Boshlang’ich sinf o’quvchilariga vaqt o’lchov birligiga oid topshiriqlar berish XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va Yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.
Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matem- atikani o‘qitishning Yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda. Faqat bilim olishga yo‘naltirilgan ta’lim o‘tgan zamonda qolmoqda.
Vatanimizning gullab-Yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va umuman, komil inson bo‘lishlariga bog’liq.
Bu haqda Prezidentimiz shunday deb ta’kidlagan: “Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi”.
Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan, sharoitni Yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo‘lgan talab qo‘yilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengaYadi.
Prezidentimiz juda o‘rinli ta’kidlab o‘tganlaridek, “ chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs - munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g’ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin ”
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, Yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy xolatlarga chidamli, bu xolatlardan chiqa oladigan bo‘lishi kerak. Hamma bunday sifatlarni matematika ta’limida kompetentsiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetentsiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, Yangicha o‘qitish yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o‘quvchilarning taYanch kompetentsiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
Ta’limga kompetentsiyaviy yondashuv eskirib qolgan “bilim, ko‘nikma va malakani o‘zlashtirish” kontseptsiyasiga qarshi o‘laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. shunday qilib, kompetentsiyaviy yondoshuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
«Matematik kompetentsiya» tushunchasiga kelsak, unga quyidagicha yondashilgan:
Ta’rif: Matematik kompetentsiya – kundalik holatlarda vujudga keladigan muammolarni hal etish uchun matematik mushohada yurita olish va uni qo‘llay olish qobiliyatiga ega bo‘lish. Hisob - kitoblarni amalga oshirishning rivojlangan ko‘nikmalariga taYangan holda asosiy urg’u tafakkur yuritish, bilim va malakalarga beriladi. Matematik kompetentsiya turli darajada matematik mushohada yurita olish (mantiqiy va fazoviy tafakkur) hamda ma’lumotlarni taqdim etish usullarini puxta egallash va qo‘llashni o‘z ichiga oladi.
– Inson matematikaga hos mulohaza yuritish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
– Inson uyida va ishdagi kundalik vaziyatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tadbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Matematikaga ijobiy munosabat haqiqatga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalillarni izlash, ularning asos- langanligini baholay olish orqali shakllanadi.
O‘quvchilаrning kunlаr vа оylаrni yozib berish, оy vа хаftа ichidа kunlаr sоni qаnchа ekаnligini аniqlаsh, dаrs vа tаnаffuslаr dаvоmidа kаbi аmаliy ishlаr birinchi sinfdаnоq vаqt hаqidаgi tushunchаlаr berish zаruriyatini tug‘dirаdi.
II sinfdа esа yil, оy, sutkа (kеchа-kunduz), sоаt vа minut kаbi birliklаr o‘rgаnilаdi. III sinfdа esа, sеkund vа аsr tushunchаlаri o‘tilishi bilаn bоlаlаrdа vаqt hаqidаgi tushunchаlаrni Yanаdа аniqlаshtirishgа erishilаdi. Vаqt birliklаri hаqidа tаsаvvurni shаkllаntirish uchun turli mаshg‘ulоtlаr o‘tkаzish Yaхshi sаmаrа berishi mumkin, mаsаlаn: o‘qituvchi o‘zi qаrsаk chаlgаndаn so‘ng bir minut o‘tgаch,bоlаlаr hаm qаrsаk chаlishini tushuntirаdi. (ko‘pginа bоlаlаr minut vаqt o‘tishi uchun 60 gаchа sаnаsh kerаk ). Каlеndаr bilаn ishlаsh hаm Yaхshi nаtijа berаdi. Dаrslikdа kеltirilgаn ko‘plаb mаshqlаrdаn fоydаlаnish mumkin. Uni bаjаrish dаvоmidа bоlаlаr yil dаvоmidа qаnchа оy, хаftаdа qаnchа kun bоrligini vа ulаrning dаvоmiyligini bilib оlаdilаr.
Тоpshiriq № 1. М - Z dаrsligidаn kаlеndаr bilаn ishlаsh- gа оid mаshqlаrni tаnlаb o‘zingiz mаsаlа tuzing:
II - sinfdа vаqt birliklаri bilаn bоg‘liq mаshqlаrni bаjаrish jаrаyonidа “ulush”(dоlYa) mаvzuigа оid mаteriаllаr bоlаlаr оngidа mustаhkаmlаshgа erishilаdi. sоаtgа qаrаb vаqtni bеlgilаsh ko‘nikmаsini shаkllаntirish muхim vаzifа хisоblаnаdi. sоаt mоdеlidаn fоydаlаnib, o‘qituvchi hаr kuni bu ishgа birginа minut vаqt аjrаtishi mumkin.
Vаqt birliklаri hаqidа tаsаvvurni shаkllаntirishdа unum- dоrlik, umumiy ish хаjmi vа vаqt tеzlik vа vаqt mаsоfа vа vаqt kаbi miqdоrlаr o‘rtаsidаgi mutоnаsiblikkа оid mаsа- lаlаr kаttа аhаmiyatgа egadir.