Tayanch tushunchalar: Hayo – insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi (Abu Ali ibn Sino).
Hayotiy bilim – kundalik kuzatishlar va tajribalar asosida hosil bo‘ladigan bilim shakli.
Halollik – axloqshunoslikning tushunchasi bo‘lib, jamiyat a’zolari zimmasiga yuklatilgan axloqiy-huquqiy talablarni vijdonan bajarilishini anglatadi.
Hasad – (ichiqoralik) – hasad (ichiqoralik) qiluvchini hosid, hasadchi deyishadi. Unday odamlar birovning o‘sishini, yutug‘ini, farovon hayot kechirishini ich-ichidan ko‘rolmaydi. Hasadchi qancha kuyunmasin, hasad qilmasin, Alloh aziz qilgan odamlarga zarar etmaydi. YA’ni, allomalarimiz aytganlaridek, «Haq aziz qilgan kishini – bandasi xor aylamas!»
Hasad – hamma harom ishlar va yaramas xulqlarning boshidir. CHunki kimda-kim hasadchi bo‘lsa, bo‘hton, g‘iybat, haqorat, fazozat kabi g‘ayriaxloqiy xislatlarning deyarli hammasi unda jamuljam bo‘ladi.
Halollik –hayotning barcha jabhalarida bunyodkorlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan ishlarni «men Vatanga nima berdim?» tushunchasini anglagan holda mas’uliyatni his qilishdir.
Hikoyat – sharq va janubiy sharqiy Osiyo xalqlaridagi adabiy termin. (O‘z ME. – 2 jild. -331 bet).
An’ana – arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamondan beri avloddan – avlodga o‘tib davom etib kelayotgan urf – odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana– ijtimoiy va madaniy merosdir (Zuhra Ismoilova) . Bu uzoq vaqtlardan beri ajdoddan – avlodga o‘tib kelayotgan va bizgacha etib kelgan, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan tartib va qoidalardir. «An’ana», «Urf – odat», «marosim» lar bir – biriga bog‘lanib, ko‘pincha urf – odat tushunchasi asosida targ‘ib qilinadi.
Afsona– xalq og‘zaki ijodi janri. U xayolot, uydirma va to‘qimadan iborat bo‘lsa-da, so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasavvur etiladi, hatto bo‘lib o‘tgan davri, makon ham ko‘rsatiladi. Afsonalarog‘izdan-og‘izga, eldan-elgao‘tibkelgan.Afsonaog‘zakihikoyatbo‘lib, u xayoliy obraz yokitasavvurasosigaquriladi, hikoyaqiluvchilarvatinglovchilartomonidanqachonlardirshundaybo‘lgandekqabulqilinadi. Rivoyatdanfarqlio‘laroqafsonazaminidaalbattamo‘‘jiza, sehr-jodubo‘ladi. Afsonalarolamhaqida, toponimik, elatlarningkelibchiqishi, hayvonotdunyosigaoid, tabiatvoqea-hodisalarixususida, tarixiyshaxslarto‘g‘risida, diniyvaboshqaturli-tuman mavzulardabo‘ladi(O‘zME. 1-tom, 521-bet).
Axloq - kishilarning bir – biriga, oilaga, vatanga, jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xatti – harakatlar yig‘indisi. Axloq har bir kishining xulqini, ichki dunyosini ko‘rsatadi.