Mavzu: Boshqarish sistemalarining rele, kommutatsiya elementlari. I. Kirish


Turlari: Kontroller, solenoidlar, transistorlar



Yüklə 146,18 Kb.
səhifə7/7
tarix05.04.2023
ölçüsü146,18 Kb.
#93486
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu

2. Turlari: Kontroller, solenoidlar, transistorlar.
Kontroller (ing . controller — boshqaruvchi) — elektr dvigatellarni ishga tushirish (yurgizib yuborish), tezligini rostlab turish, reversirlash (dvigatel oʻqining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish) va toʻxtatish uchun moʻljallangan past kuchlanishli elektr apparat. Tuzilishi jihatdan koʻp pogʻonali yassi, barabanli va kulachokli almashlab ulagichlardan iborat. Odatda, kontroller dasta yoki zalvar massa (maxovik) yordamida qoʻlda boshqariladi; agar maʼlum masofadan turib boshqariladigan boʻlsa, servomotor qoʻllaniladi. kontroller yordamida boshqarish zanjiridagi, kuch zanjirlarini biriktirish sxemalaridagi va elektr dvigatellarni uygʻotish zanjirlaridagi elektr qarshilik oʻzgartiriladi. Kontrollerlar elektronika (jumladan, kompyuterlar)da ham qoʻllaniladi.
Industrial jamiyatning taraqqiyoti har bir ishlab chiqarish jarayonining miqyosan kattaroq, jadalroq va murakkabroq, boshqaruvchi tizimlarning ko’plab shakllarini talab qiluvchi bo’lishiga olib keldi. Shu kunga qadar avtomatizasiya bo’yicha boshqaruvchi tizimlar bog’lanish sxemasiga qarab rele, kontroller, taymer, hisoblagich kabi tegishli elektron tarkibiy qismlar bilan bog’liq edi, bu esa simlarni o’tkazish jarayonidagi qiyinchiliklar, ketma-ketliklarni boshqarish uchun hajm miqdori, shuningdek, simlarni o’tkazishda ishning tezligi singari muammolarni keltirib chiqarardi. Ushbu muammolarni anglagan holda dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlarni (PLC) o’rganish zarur bo’ladi.
PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller haqida tushunchaga ega bo’lish; qurilmalarni PLC asosida boshqarish va avtomatlashtirish; GX Developer dasturida dasturlar tuzish; MITSUBISHI PLC kontrollerlaridan foydalanish; PLC- Dasturlanuvchi mantiqiy kontroller asosida turli qurilmalarni boshqarish amaliyotiga ega bo’lish.
Zamonaviy electron avtomatik boshqaruv usullarini amalda egallaydilar. Funksiyalarni keng miqyosda tanlash, dasturning yuqori funksionalligi (boshqaruv sxemasini loyihalash oson kechishi), boshqaruvda soddalik, texnikaviy xizmat ko’rsatish osonligi va elektr uskuna va quyilmalarni qo’llash ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar (PLC) kursi bo’yicha sertifikatga ega bo’ladilar.
Yüklə 146,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin