5.9. Bilak mushaklari.
Bilak mushaklari ikki guruxni tashkil etadi:
bilakning oldingi gurux mushaklari: bukuvchi va ichkariga buruvchi pronator mushaklaridan tashkil topadi.
bilakning orqa gurux mushaklari: yozuvchi va tashqariga buruvchi supinator mushaklaridan tashkil topadi.
Oldingi gurux mushaklari - yuzaki mushaklar.
1. M. pronator teres - bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak.
Yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan va tirsak suyagining bo‘rtig‘i tuberositas ulnae dan boshlanib, bilak suyagining tashqi yuzasiga birikadi. Mushakda caputhumerale va caputulnare boshchalari bo‘ladi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi va tirsak bo‘g‘imida bukadi. Innervatsiyasi: n. medianus(S6 – S7)
2. M. flexor carpi radialis - qo‘l pajasini bilak tarafga bukuvchi mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan boshlanib, ikkinchi kaft suyagining asosiga birikadi. Vazifasi:
qo‘l panjasini bukadi va tirsak bo‘g‘imida bukishda va ichkariga burishda qatnashadi. Innervatsiyasi: n. medianus(S6 – S8)
3. M. palmaris longus - kaftning uzun mushagi. Yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan boshlanib, ingichka payga davom etadi va kaftdagi aponevrosis palmaris payida tugaydi. Vazifasi: kaft aponevrozini taranglaydi va kaftni bukadi. Innervatsiyasi: n. medianus(S8 – Th1)
4. M. flexor carpi ulnaris - qo‘l panjasini bukuvchi tirsak tarafdagi mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan boshlanib, kaft oldi sohasidagi no‘xotsimon suyakga birikadi. Mushakda caputhumerale va caputulnare boshchalari bo‘ladi.
Vazifasi: qo‘l panjasini tirsak tarafga bukadi. Innervatsiyasi: n. ulnaris(C7 – C8)
5. M. flexordigitorumsuperficialis - barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak. Yelka suyagining epicondylusmedialis o‘simtasidan, tirsak suyagining tojsimon o‘simtasi processuscoronoideus dan, bilak suyagining yuqori uchidan boshlanib, paylari to‘rtga bo‘linga holda, II-V barmoqlarning o‘rta falangalar asosiga birikadi. Mushakda caputhumeroulnare va caputradiale boshchalari bo‘ladi. Vazifasi: II-V barmoqlarni bukadi. Innervatsiyasi: n. medianus(S8, Th1)
6. M. flexor pollicis longus - bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak. Yelka suyagining epicondylus medialis o‘simtasidan, bilak suyagining oldingi yuzasidan va bo‘rtig‘i tuberositas radii dan boshlanib, bosh barmoq tirnoq falangasining asosiga birikadi. Vazifasi: bosh barmoqni bukadi. Innervatsiyasi: n. medianus(S6 – C8)
7. M. flexor digitorum profundus - barmoqlarni bukuvchi chuqur mushak. Tirsak suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, to‘rtta payga ajraladi va II-V barmoqlarning tirnoq falangalariga birikadi. Vazifasi: II-V barmoqlarni bukadi. Innervatsiyasi: 2 – 3 barmoqlarga yo‘nalayotgan tutamlar: n. medianus(S6 – Th1); 4 – 5 barmoqlarga yo‘nalayotgan tutamlar: n. ulnaris(C6 – Th1)
8. M. pronatorquadratus - bilakni ichkariga buruvchi (pronatsiya) kvadrat mushak. Tirsak suyagi pastki uchining oldingi yuzasida boshlanib, bilak suyagining oldingi yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni ichkariga buradi (pronatsiya). Innervatsiyasi: n. medianus(S6 - Th1)