Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste‘molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Iste‘molchi bilan sotuvchi bozor ishlab chiqarish orqali bog’laydi. Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. Talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassaslaridir.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassaslaridir.
Broker (makler)lar – bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma.
Auktsionlar – alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.z), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
Ulgurji savdo firmalari - ulgurji holda (katta partiyalarda) tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, iste‘molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlaridir.
Ulgurji savdo firmalari - ulgurji holda (katta partiyalarda) tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, iste‘molchilarga sotuvchi savdo tashkilotlaridir.
CHakana savdo firmalari- tovarlarni so’ngi iste‘molchilarga sotuvchi savdo muassasalaridir.
Supermarket – bu xaridorning o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi bo’lib, u tovarlarning deyarli hamma turlari bilan savdo qiladi, xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy- maishiy xizmat ko’rsatadi.