Mavzu: bozor iqtisodiyotida narxning regulyatorlik vazifasi va davlatning narx va inflatsiyaga qarshi siyosatlari


MDH mamlakatlarida va shu qatori O`zbekistonda ham ijtimoiy sohani tartibga solishning quyidagi shakllari qo`llaniladi



Yüklə 13,48 Kb.
səhifə2/5
tarix05.12.2023
ölçüsü13,48 Kb.
#172615
1   2   3   4   5
6-ma\'ruza

MDH mamlakatlarida va shu qatori O`zbekistonda ham ijtimoiy sohani tartibga solishning quyidagi shakllari qo`llaniladi:

  • mulkchilik shaklidan qat`iy nazar ishchilar uchun eng kam ish haqi darajasi, pensiya, ish kunining davomiyligi, mehnat tatilining davomiyligi qonunda belgilash yo`li bilan tartibga solish;
  • byudjet xodimlari uchun va davlat tashkilotlaridagi ishchilar uchun mehnatga haq to`lash tizimi tariflarini o`rnatish;
  • pensiya, nafaqalar, stipendiyalar darajasini o`rnatish, urush va mehnat fronti qatnashchilari uchun imtiyozlar tizimini o`rnatish;
  • ijtimoiy soha tarmoqlari o`rtasida davlat byudjeti xarajatlari eng optimal proportsiyasini o`rnatish;
  • ko`proq ijtimoiy-zaruriy maxsulot va xizmatlarning yuqori narxlarini o`rnatish orqali aholi daromadlarini tartibga solish, inflyatsiya jarayonida esa pensionerlar, davlat ijtimoiy soha ishtirokchilari ishchilarining daromadlarini indeksatsiyalash.

Eng kam ish haqining miqdori iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab belgilanadi. Masalan, G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida eng kam ish haqi ancha yuqori ekanligini bilamiz. Biroq shu o`rinda turli narx darajalarini ham hisobga olish zarur. G‘arb mamlakatlarda soatbay ish haqining quyi chegarasi soatiga 5 dollar hisoblanadi.
(2023-yil 1-maydan O‘zbekiston hududida:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 980 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 330 000 so‘m)
Shu qatorda davlat tomonidan o`rnatilagan eng kam ish haqi darajasidan aholini turmush darajasini taxlil etishda va mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi sifatida foydalaniladi. Eng kam ish haqi iqtisodiy rivojlanganlik darajasi va bandlikka ham bo`gliqdir. Masalan, Jahon banki mutaxassislari tomonidan mutloq qashshoqlik darajasini aniqlashda aholini bir kunda 2,15 dollar daromad oladigan qisminigina hisobga olishadi.
Qator mamlakatlarda mutloq qashshoqlik ko`rsatgichi o`rnida hayot kechirish minimumi ko`rsatgichi qabul qilingan. Turli mamlakatlarda bu ko`rsatgich turlichadir. Qashshoqlik jihatini o`rtacha ish haqiga nisbatan foiz ko`rinishda aniqlash mezoni keng tarqalgan. Masalan, Bolgariyada hayot kechirish minimumi o`rtacha ish haqining 53-65% ga teng, Chexiyada 55-56% ga, Polshada 36% ga teng. Keltirilgan ko`rsatgichdan kam daromadga ega bo`lganlar qashshoqlar toifasiga kiritiladi.

Yüklə 13,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin