Mehnat bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehnat bozorida mehnat sotilmaydi, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyati, mehnat xizmati sotiladi, chunki mehnat kishilarning ma`lum maqsadga yo`naltirilgan faoliyati jarayoni bo`lib, unda ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari qo`shilishi natijasida kishilarning ehtiyojlarini qondirishga mo`ljallangan mahsulot yaratiladi va xizmat ko`rsatiladi.

Mehnat (ishchi kuchi) bozori quyidagi vazifalarni bajaradi:
ishchi kuchini zamonaviy ehtiyojlarga asosan takror ishlab chiqarishni ta`minlashga ko`maklashish;
ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar o`rtasida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta`minlash;
ishchi kuchining mobilligi, ya`ni harakatchanligini faollashtirish;
mehnat unumdorligini o`stirishga ra`gbatlantirish;
mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta`minlanishi orqali aholi daromadlari va turmush hdarajasini o`stirish.
Mehnat bozorining shakllanishi, rivojlanishi va amal qilishiga quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi:
demografik omillar. Ular o`z ichiga aholining soni, o`sish sur`ati, tarkibi, unga iqtisodiy faol aholining ulushi va uning harakatchanligi (mobilligi) kiradi;
tashkiliy-huquqiy omillar, ular tarkibiga tadbirkorlik, mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy bazasi ishlab chiqilganligi va sifati, amal qilish samaradorligi; davlat boshqaruv organlari va muassasalarining mehnatni hamda aholining ish bilan bandligini tashkil etish, tartibga solishdagi rolini ifodalovchi omillar kiradi