Bozor iqtisodiyotining mohiyati va uning asosiy belgilari
4. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning amaliy natijalari tahlili Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uch ko’rinishi ko’rsatiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti.
Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo’lishi uchun umumiy sharoiti bo’lib hisob- lanadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak.Bular: erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O’zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o’tishni o’z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O’zbekiston o’zining o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat yo’lni tanladi.
Bu yo’ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o’z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo’lishi lozim edi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to’liq javob beradigan “O’zbek modeli” yaratildi.
Bu yo’l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o’zining “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” nomli kitobida shunday fikr bildirgan: “O’zbekistonda qabul qilingan, “O’zbek modeli” ijtimoiy yo’naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o’ziga xos yo’li”9.
2-jadval