2020-yil yanvar-iyun oylarida xizmatlar sohasining rivojlanishi
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020-yil yanvar-iyun oylarida ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 904,8 mlrd. so’mga teng bo’ldi. O'tgan yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 101,2 % ni tashkil etdi.
Ko'rsatilgan bozor xizmatlarning tarkibida savdo xizmatlari (33,1 %), transport xizmatlari (18,2 %), moliyaviy xizmatlar (17,6 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi (6,1 %) ustunlikka ega. Ya’ni aholi ehtiyoj sezgan xizmatlar onlayn savdo, dastavka xizmati hamda aloqa va axborotlash xizmatlari yuqori o’rin to’tgan bo’lsa, yashash va ovqatlanish xizmatlari darajasi o’tgan yilga nisbatan qariyib 20% dan ortiqqa kamaygan. Bunga sabab oshxona, kafe, restaran hamda mehmonhonalarni faoliyat olib borishlari ta’qiqlab qo’yildi. Jadvalni ko’zdan kechirib chiqadigan bo’lsak me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarga bo’lgan extiyojlar qariyib 40% dan ziyodga kamaygan. Chunki aholini o’sha vaziyatdagi ehtiyoji asosan birlamchi ehtiyojga qaratilgan bo’lib, oziq-ovqat hamda sog’lik masalasi birinchi navbatda turardi. Chunki bu paytdagi ishsizlik soni ham oshib borayotgandi.
Bundan tashqari, pandemiya davrida odamlar uchun eng zarur birlamchi extiyojlardan biri bu tibbiy niqob bo’ldi. Pandemiya davrining boshida niqoba bo’lgan talab kutilganidan ham ziyoda oshib ketdi. Natijada tibbiy niqoblarni xukumat tomonidan tibbiy anjomlar ro’yxatidan chiqarishga majbur bo’lindi. Chunki tibbiy anjomlarni sihlab chiqarish uchun maxsus ruxsatnoma yoki sertifikatlar talab etilardi. Bu faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar sanoqli edi hamda aholini ehtiyojini qondirib bera olmasdi. O’sha davrda kuniga 3 000 000 dona yuz niqoblari ishlab chiqarildi. Ya’ni birlamchi tovarga aylangan maskaga bo’lgan talab va taklif
narxi hamda hajmi shu darajada oshdiki, iste’molchilar o’zlarini birlamchi maxsulotlarini sotib olish uchun bozorga borishlari zarur edi, buning uchun yuz niqobi talab etilar edi, yani, birlamchi extiyojlarni qondirish vositasiga hamda sog’liqni saqlovchi vositaga aylanib qolgandi.
XulosaMen mana bu mavzuni o’rganishim davomida shuni anglab yetdimki Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida shuni ta’kidlash zarurki, bozor iqtisodiyotda doimo talab va taklif mavjud bo’lib, ular doimo vaqtlar o’tishi bilan muntazam o’zgarib turadi. Yani bozor muvozanati va muvozanat narx doimo o’zgarib turadi. Bunga asosiy sabablar talab va taklif omillari tasir etib turadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tmoqchi bo’lgan davlatlarning asosiy maqsadi bozor muvozanati narxini iloji boricha saqlab qolishga harakat qiladi.
Avvallari biz ko’rib o’tganmizki bozor muvozanatiga yoki bozor narxiga faqat talabga ta’sir etuvchi omillar, taklifga ta’sir etuvchi omillar yoxud inflyatsiya darajasi ta’sir ko’rsatardi. Lekin shunday bir kutilmagan xavf-hatar yoki favqulodda holatlar ham bozor muvozanatiga jiddiy ravishda o’z ta’sirini o’tqazmasdan qolmas ekan. Yuqorida bir necha holatlarni ko’rib o’tdik, ya’ni, pandemiya tufayli iste’molchilarning ikkilamchi tovarlarga bo’lgan ehtiyoji va ularning talabi umuman tushub ketganini ko’rishimiz mumkin. Hattoki quyi qatlam aholi vakillari mana shu pandemiya davridan sog’ omon o’tib olishlari ularning birlamchi talabi bo’lib qolgandi. Mana shunday vaziyat yuz berganida aholi ehtiyojlarini qondirish uchun davlat bozor iqtisodiyotiga aralashadi, ya’ni, aholini quyi qatlamlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat dodatsiya narxlarini o’rnatdi.
Men quyidagilarni o’zim uchun quyidagilarni anglab yetdim:
Bozor iqtisodiyoti sharoiti bo’lishidan qat’iy nazar, ba’zi javhalarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ijobiy jihatlarini ko’rsatadi
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning O’zbek modelida ilgari surilgan 2-tamoyili hamda 4-tamoyillarini mana shu pandemiya davrida qanchalik muhimlik ekanligi
Davlatning eng katta boyligi bo’lgan mehnat kuchi davlat tomonidan har doim himoya qilinishini hamda ular har qanday sharoitda ham ularning birlamchi extiyojlarini qondirishga o’z e’tiborini qaratar ekan
Taklif va mulohazalar
Turli xil sharoitlar har qanday insonning, iste’molchining sharoitiga qarab kelmas ekan, insonlar kelajakdagi mana shunday qiyin vaziyatlarda o’zini yo’qotib qo’ymasligi uchun ma’lum bir darajada o’zining jamg’armasiga ega bo’lishi lozim hamda har qanday sharoitdagi inson bu narsalar yuz berganda faqat davlat bozor narxiga, bozor muvozanatiga ta’sir qilishini kutmay o’zlarini ehtiyoj va talablarini qondirishiga ko’proq o’zlari ham harakat qilishlari zarur, chunki, bizning iqtisodiy tizimimiz aynan bozor iqtisodiyoti
Dostları ilə paylaş: |