Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Iqtisod yo’nalish 9-gurux talabasi Tangirov Shahzodning MIKROIQTISODIYOT fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
MAVZU: BOZOR MUVOZANATI, MAKSIMAL VA MINIMAL NARXLAR
Reja:
Kirish
Talab tushunchasi moxiyati
Taklif tushunchasi mazmuni
Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va muvozanat narxni o’rnashi.
Pandemiya davrida bozor muvozanati va uning axamiyati.
Xulosa
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida keng imkoniyat hamda sharoitlar yaratib qo‘yildi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ga asosan respublika iqtisodiyotida olib borilayotgan erkinlashtirish jarayonlari chuqurlashdi, moliya bozori shakllandi va undagi operatsiyalarning ko‘lami o‘sib, ishtirokchilarining soni ham ortdi.
Ushbu “Mikroiqtisodiyot” fanidan yozilgan ushbu ko’rs ishida bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotda amal qiladigan qonuniyatlarni, bozor mexanizmining nazariy va amaliy asoslarini, jamiyatdagi resurslar tanqisligi va kishilar ehtiyojini qondirish zaruriyatidan kelib chiqadigan bozor muvozanati va muvozanat narxlar, bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar, maksimal va minimal narxlar, «qora bozor»ning vujudga kelishi, iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i to‘g‘risida keng iqtisodiy mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar keltirilgan.
Talaab tushunchasi moxiyati
Bozor, eng avvalo isteʼmolchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi xarakati talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.Talab - bu pul mablaglari bilan taʼminlangan extiyojning bozorda namoyon bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab tulov qobiliyatiga ega bo’lgan extiyojdir. Kuylak olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xoxishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga aylanadi.
Talab o’z ichiga aholining isteʼmol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi. Аyrim xaridor, turli isteʼmolchilar, guruxiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni xoxlayotgan aniq turdagi tovar xajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Isteʼmolchilar xarid qilishni xoxlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xoxlaganlariga qaraganda kamroq sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini ko’rsatadi.
Odatda, talab deganda eng avvalo, axoli talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada dinamizm – o’zgarishi bilan ajralib turadi. Аxoli talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi shakllanadi.
Umuman isteʼmolchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab - ayrim aloxida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi - xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jixatlaridan qarab turli guruxlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida isteʼmolning maqsadiga ko’ra ikki guruxga bo’lish mumkin: isteʼmol mallariga talab, iqtisodiy quyidagi guruxlarga bo’linadi:
1. Fiziologik talab - oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, shunga o’xshashlar.
2. Ijtimoiy-psixologik talab – obro’-eʼtibor, moda va boshqalar.
3. Iqtisodiy talab - daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar.
4. Sotsial talab - turmush darajasi, jamiyatdagi muxit va boshqalar.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab:
Qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan talablarga bo’linadi.
Kechiktirilgan talab nosoglom iqtisodiyot va muvozanati bo’zilgan bozorga xos. Uning ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqirozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi. Korxona, tashkilot, axoli qulida tuplangan pul bozorga tazyiq utkazadi.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar taʼsir qiladi. Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin.
1. Talabga, eng avvalo narx taʼsir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi.
2. O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish yoki bo’lmasligi talabga katta taʼsir ko’rsatadi.
Аsosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol go’shti va x.k.
Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini tuldiruvchi xisoblanadi. Аytaylik, benzinning narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni ko’paytiradi. Аksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi. Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bogliq, bir-birini to’ldiradi.
3. Xaridor didi, taʼbi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun isteʼmolchilar didining o’zgarishi yoki afzal ko’rish, yaʼni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha xolat yuz berishi mumkin.
4. Xaridor daromadi. Taʼkidlab o’tganimizdek, talab xakida gapirganimizda tulov qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni xajmiga taʼsir qiladigan muxim omil axoli daromadi.
Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik extiyoj mollariga qaraganda o’zoq muddat foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq taʼsir qiladi.
Boshqacha aytganda daromadning usishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich, televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi.
5. Kutiladigan o’zgarishlar.
Xozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va kelgusi daromadi iste’molchilarning talabini o’zgartiradi.
Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik uchui tovarlarni ko’proq sotib olishga xarakat qiladilar. Talab ortadi. Аksincha, narx tushishi yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi.
6. Demografik omil.
Talabning narxga bogliqligi:
1. Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, xaqiqatan xam kishilar kamroq xarid qiladi.
2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi.
3. Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi.
Xaridor olmoqchi bo’lgan tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx isteʼmolchilarda xarid qilish xoxishini sundiradi, past narx esa bu xoxishni kuchaytiradi.
Talab elastikligi. Talab qonuni narx bilan bog’liq ravishda talabning o’zgarishini ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarganini ko’rsatmaydi. Iqtisodiy vaziyatni to’g’ri baxolash uchun esa talabni qanchalik o’zgarishini bilish muxim axamiyatga ega.
Shunday maxsulotlar borki, narxning ozgina o’zgarishi xarid qilinayotgan tovar miqdorini ancha o’zgarishiga olib keladi. Baʼzi maxsulotlar esa narxini kattagina o’zgarishidan qatʼiy nazar sotib olinadigan tovar miqdorini o’zgarishiga uncha taʼsir qilmaydi.
Аyrim iqtisodiy adabiyotlarda elastiklikning ana shu to’rt ko’rinishi boshqacha nomlanadi:
1. Xaddan yuqori elastik talab.
2. Yuqori elastik talab.
3. Past elastik talab.
4. Noelastik talab.
Naf deb, tovar va xizmatni isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Masalan, sigareta foydali bo’lmasa xam isteʼmol qilinadi, demak u chekadigan kishilarni isteʼmolini qondiradi.
Naf umumiy xamda meʼyoriy nafga bo’linadi. Umumiy naf deb, maʼlum tovar yoki xizmatlar birligi to’plamini isteʼmol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Meʼyoriy naf esa isteʼmolchining tovar yoki xizmatning qushimcha birligidan ko’rgan nafi, yaʼni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi.
Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka aloxida diqqat-eʼtibor qaratadi. Marjinalizm naflilikni o’lchasa bo’ladigan miqdoriy ko’rsatkich sifatida eʼtirof etadi, xatto shartli birlik yutil (inglizcha naflilik) tushunchasini xam kiritishgan. O’tkazgan tadqiqotlari asosida isteʼmol qilinayotgan tovar qancha ko’p bo’lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin meʼyoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi.
Boshqa tovarlarning isteʼmoli o’zgarmasdan qolgani xolda biron-bir tovar va xizmatga extiyoj to’yinib borishi bilan bu neʼmatning keyingi birligini isteʼmol qilishdan qoniqish pasayib boradi.
Xayotda umumiy naflilikdan xam ko’ra meʼyoriy naflilikka ko’proq eʼtibor beramiz. Sarflangan pulimizga to’gri keladigan umumiy nafliliknigina emas, xar birini aloxida keltiradigan nafliligini xam xisobga olamiz.
Tejamkor xaridor naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida xarajat qilar ekan, turli tovarlar miqdorini tanlar ekan, oxirgi summa qanday tovar olishidan qatʼiy nazar bir xilda meʼyoriy naf keltirish darajasiga qadar tanlaydi.
Naflilikni maksimallashtirish printsipi asosan pul ko’p bo’lib, tanlash imkoniyati mavjud bo’lganda ko’proq namoyon bo’ladi.
Taklif tushunchasi mazmuni
Taklif bozor iqtisodiyotining muxim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yngindisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan aniqlansada, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan maxsulotlar miqdoriga teng bo’lmasligi mumkin, yaʼni tovarlarni taklif qilish va neʼmatlar ishlab chiqarish xajmlari bir xil bo’lmasligi mumkin.
Yaratilgan maxsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, dexqon xo’jaliklari yetishtirgan qishloq xo’jalik maxsulotlarining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi. Masalan, yetishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi isteʼmol qiladi, urug’likka ishlatadi va xokazo. Аgar shu maqsadlarga jami yetishtirilgan kartoshkaning 20%i sarflansa, 80%i tovar bo’lib sotiladi, yaʼni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tashqari, agar uni bir qismi chirishi mumkinligini xisobga olsak, yana xam kam bo’ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat ko’rashini kuchaytiradi.
Taklif kilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar taʼsir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx taʼsir qiladi. Talabni o’rganganinizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi talabni o’zgarishiga qanday taʼsir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni xam xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik.
1. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Аgarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi.
Ularga xam o’z navbatvda, qator omillar taʼsir etadi:
a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada uruglikning va o’gitning, yonilgining narxi pasaysa (ob-xavo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chikarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Аksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi;
b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Аvvalgisiga nisbatan takomillashan texnologiya mexnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi xamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning xammasi sarf-xarajatni kamaytirib, maxsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi;
v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliklarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Аksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini koplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.
2. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi xam taklifni o’zgarishiga olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori yetishtirishga undashi yoki aksincha, bugdoy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi mumkin.
3. Narx oshish extimoli. Kelajakda maxsulot narxining o’zgarish extimoli xam maxsulot ishlab chiqarishga taʼsir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil xosilini bozorga chiqarishni narx oshish extimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib chiqaradi. Аyniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi extimoli firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi.
4. Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif kilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytaradi, chunki tovar ishlab chikarish ko’payadi.
5. Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Аgarda muaynn tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshka tarmoq soxalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga utishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi.
6. Fan-texnika soxasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular xam taklifni o’zgarishiga taʼsir qiladi.
7. Ishlab chiqarilgan maxsulotning tovarlik darajasi, bozorga yetkazib berish. Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga yetkazish xam taklifga taʼsir etadi.
8. Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo xam katta taʼsir ko’rsatadi.
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi:
a) pirovard maxsulotga talabning o’zgarishi;
b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qullash. Masalan, gaz o’rniga kumir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi;
v) umumiy sarf-xarajatlarda xar bir resurs xissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor maxsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning xissasi qancha ekanligiga bogliq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan taqqoslanganda katta xissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga ortadi.
Taklif elastikligi axamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi xam muxim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol uynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga xamma urganib bo’lgach, o’zoq muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu boglanish talab va taklif qonunida ifodalanadi.
Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi:•u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish ragbatlantiriladi;
•mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi;
•tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi;
•talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jixatidan xam bir-biriga moslashtiradi.
Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning boglanishi narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muxim talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy usish yuz beradi.
Shunga uxshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq utkazadi. Talab ko’pligi, taklif qilingan tovar yetishmasligi tufayli narx usib boradi. Аgar narx 150 sum bo’lsa, talab qilingan, yaʼni xaridor sotib oladigan tovar miqdori bilan taklif qilingai tovar miqdori teng bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati deyiladi. Bozorda taklif kilingan tovar miqdori bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi narx muvozanat narxi deyiladi. Shu narx bo’lgani xolda talab qilingan tovar xajmi miqdoriy muvozanatni bildiradi.
1. Laxzalik muvozanat, odatda juda qisqa vaqt davomida, asosan narxni ko’tarilishi xisobiga yuz beradi.
2. Qisqa muddatli muvozanat. Bunday yuqori narx bozorga qushimcha baliq keltirilishini ragbatlantiradi. Natijada bozorga ilgarigiga qaraganda ko’p baliq olib kelinadi. Buning natijasida narx pasayadi.
3. O’zoq muddatli muvozanat. Bunda bozordagi narxga qarab tovar ishlab chiqaruvchilar moslashadilar. Yangi firmalar, korxonalar vujudga keladi. Taklif yanada ko’payadi. Narx qiska muddatli muvozanat narxiga qaraganda past bo’ladi.
Narx yuqori bo’lganda talab qisqarishi, yaʼni taklif talabdan ancha ortiqcha bo’lishi, bozor uchun tabiiy bir xoldir. Talab, taklif narxining va xarid qobiliyatining o’zgarishiga qarab tebranib turadi. Bu xarakat talab bilan taklif tenglashguncha davom etaveradi. Tenglashish yuz bergach, taklif va talab miqdoran va tarkiban bir-biriga mos tushadi. Odatda, bir tovarga doir talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga jo’zʼiy muvozanat deyiladi. Аmmo, tovarlar dunyosi g’oyat boy bo’lib, tovarlar bozori o’zaro bogliq qismlardan iborat. Аna shu turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab va takliflarning xam miqdor, xam tarkib jixatidan bir-biriga muvofiq kelishi bozor muvozanati deyiladi. Аna shunday muvozanatlar bo’lmasa, bozor muvozanata izdan chiqqan bo’ladi. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, bozor o’zining meʼyoridagi xolatini, qiyofasini yo’qotadi.
Bozorda muvozanatga erishish birinchidan, narxlar orqali amalga oshiriladi. Narxlarning o’zgarishiga qarab ishlab chiqarish xajmi o’zgaradi. Narxlar ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashga taʼsir etadi. Narxlar oxir-oqibat daromadlar darajasiga ko’ra qaysi maxsulot ko’proq sotib olinishini xam belgilaydi.
Ikkinchidan, talab va taklif o’rtasidagi nisbat. Talab bilan taklif o’rtasidagi nisbatni o’zgarib turishi bozor narxlarini xam tebranishiga olib keladi. Mana shu tebranishlar orqali shunday narx belgilanadiki, u bozordagi talab va taklif muvozanatiga va oxir-oqibat ishlab chiqarish bilan isteʼmol o’rtasidagi muvozanatga olib keladi.
Uchinchidan, raqobat ko’rashi. Xar bir tadbirkor maksimal darajada foyda olishga intiladi. Buning uchun bozorga xaridorgir tovar ishlab chiqarish kerak. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasida xaridorning puli uchun ko’rash boradiki, buning natijasida bozorda tukinchilikka erishiladi.
3. Bozor muvozanatining yuzaga kelishi va muvozanat narxni o’rnatishi
Muvozanat - bu tizimning shunday bir holatiki, agar unga biror bir tashqi kuch ta'sir qilmasa, u o‘zining ushbu holatini saqlab qoladi.
Talab va taklif modelida talab D chizig‘i bilan taklif S chizig‘ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini bildiradi. Demak, bozor muvozanati talab hajmi bilan taklif hajmining tengligini ta'minlaydigan narx darajasi va tovar miqdori bilan aniqlanadi. Talab va taklif qonuniga ko‘ra shuni ta'kidlash mumkinki, agar bozor muvozanat holatida bo‘lsa, u holda, uning qatnashchilari tovar narxini yoki tovar miqdorini o‘zgartirishga hech narsa sabab bo‘lmaydi.
Muvozanat narx Pedeb, shunday narxga aytiladiki, agar u bozorda taklif qilinadigan ne'mat miqdori QS ni unga bo‘lgan talab miqdori unga bo‘lgan talab miqdori QDga tenglashtirsa, ya'ni QS = QD .
Qe
1-rasm. Muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish Qe.
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, bozor muvozanati yagona. Talab va taklif chizig‘iqlari yagona muvozanat Enuqtada kesishadi. Peva Qenuqtalar, muvozanat nuqta Ening koordinatlari hisoblanadi.
Bozordagi talab va taklifning o‘zgarishi, bozor muvozanatini o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, bozordagi talab oshsa, (talab chizig‘i o‘ngga siljiganda) muvozanat narx Peva muvozanat tovar hajmi Qeo‘sadi. Agar bozor talabi kamaysa (talab chizig‘i chapga siljisa), va lar ham kamayadi. Bozor taklifi oshsa (taklif chizig‘i o‘ngga siljisa), muvozanat narx Pekamayadi, muvozanat tovar hajmi QSo‘sadi. Agar bozor taklifi kamaysa (taklif chizig‘i S chapga siljisa), muvozanat narx Peo‘sadi, muvozanat tovar hajmi QSkamayadi
Qe1QeQe0Qe1QeQe0
2-rasm. Talab chizig‘ining 3-rasm.Taklif chizig‘ining siljishi. siljishi.
Agar taklif va talab chiziqlari bir vaqtning o‘zida siljishsa, muvozanat narx Peva muvozanat miqdor Qelarning o‘zgarishi har xil bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan bozor modeli statik bo‘lib, u ma'lum vaqt oralig‘ini oladi (masalan, u bir oyga, bir yilga teng bo‘lishi mumkin). Bunday bozor modelida o‘zgaruvchilar vaqtga bog‘liq emas.
Modelda talab, taklif va narxlarning bog‘liqliklarini vaqt o‘zgarishi bilan bog‘lasak, model dinamik modelga aylanadi. Faraz qilaylik, ma'lum vaqt oralig‘ida (masalan, bu oraliq bir oy bo‘lsin) bir birlik tovarning bozor narxi P(t) bo‘lsin (ya'ni, tovar narxi bir oy ichida o‘zgarmaydi). Tovarning bozor narxi muvozanat narxga teng bo‘lishi ham, teng bo‘lmasligi ham mumkin.
Agar biz Tvaqt oralig‘ini qarasak, u holda t =1,2,...,Tqiymatlarni qabul qiladi.
P(1),P(2),...,P(T)- narx trayektoriyasini yoki dinamik model trayektoriyasini beradi.
Bitta mahsulot uchun bozorning dinamik modelini qaraymiz.
Modelda talab chizig‘ini Dva taklif chizig‘i Svaqt o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydi deb faraz qilaylik. Talab funksiyasi QDt va taklif funksiyasi QS t narx P(t)ga bog‘liq. Bu yerda P(t)t- oraliqdagi narx, P(t 1)- oldingi P(t 1)- oraliqdagi narx. Talab funksiyasi:
QD(t)= a0 -a1*P(t)
bu yerda a0 ,a1 - o‘zgarmas parametrlar.
Taklif funksiyasi:
QS(t)=b0--b1 *P(t-1)
bu yerda b0 ,b1 - o‘zgarmas parametrlar.
Muvozanat narx quyidagi qaytariladigan bosqichlar bo‘yicha aniqlanadi:
Talab va taklif chiziqlari grafigi chiziladi (gorizontal o‘q bo‘yicha narx Pqo‘yiladi, vertikal o‘q bo‘yicha taklif va talab qilingan mahsulot miqdori Q);
Boshlang‘ich vaqt oralig‘im t-1 bo‘yicha taklif miqdori QS (t), boshlang‘ich narx
P(1)ga ko‘ra aniqlanadi, (boshlang‘ich narx P(1)) oldindan sotuvchi tomonidan
beriladi;
t-2 oraliq uchun narx P(2)muvozanatlik shartidan aniqlanadi.
QD(2)=QS(2)
a0 -a1 *P(2) =b0 -b1 *P(1)
Narx P(1)ma'lum bo‘lgani uchun, yuqoridagi tenglikdan P(2)aniqlanadi; t 2uchun P(2)aniqlanganidan keyin yuqoridagi ikkinchi va uchinchi bosqichlar takrorlanib, P(3) aniqlanadi va hokazo. Hisob-kitoblarning to‘xtash sharti
P(t)=P(t -1) bo‘lib, bu shart barjarilsa, muvozanat narx Pe = P(t) - P(t -1). ko‘rinishida aniqlanadi.
Misol. Quyidagi talab funksiyasi berilgan bo‘lsin:
QD(t) = 41-10*P(t) Taklif funksiyasi:
QS(t) = 2+3*P(t-1)
t - 2 uchun boshlang‘ich narx P(1) = 5 bo‘lsin va bu narxda taklif miqdorini aniqlaymiz:
QS(2) = 2+3*5 =17.
Muvozanatlik shartiga ko‘ra P(2)ni aniqlaymiz.
QD(2) = QS(2)dan 41-10*P(2) =17, P(2) = 24/10=2.4
Endi t-3 hol uchun taklif miqdorini aniqlaymiz:
QS(3)=2+3*P(2)=2+3*2.4 9.2 Muvozanatlik shartidan P(3)ni aniqlaymiz:
QS(3) = QD(3)yoki 41-10*P(3) =9.2 P(3) = 3.18
t-4uchun taklif miqdori aniqlanadi;
QS(4) = 2+3*3.18 =11.54
Muvozanatlik shartidan P(4) ni aniqlaymiz.
41-10*P(4)=11.54, P(4)=2.946. Keyingi hisob-kitoblarda
P(5) = 3.0162 vaP(6) = 2.9954, P(6)=-P(5) = 0.0208.
Agar aniqlik darajasini 0,1 deb olsak, 0,0208
Muvozanat narxni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muvozanatlik sharti bo‘yicha aniqlash ham mumkin:
P(t) =P(t -1) - Pdeb
QD(t) = QS(t)yoki 41-10*P = 2-3*P, P =39/13= 3.
Muvozanat narx Pe=3 ga teng, muvozanat tovar miqdori
Qe = QD = QS =11
Umuman olganda bozorning dinamik modelida bozor narxi P(t)ning o‘zgarishi uch xil variantga olib kelishi mumkin:
Vaqt o‘tishi bilan bozor narxi P(t) ning muvozanat narxdan chetlanishi kamayib boradi;
Bozor narxi muvozanat narxdan o’zoqlashib boradi;
Bozor narxi muvozanat narx atrofida tebranib turadi va bozor muvozanatiga hech vaqt erishilmaydi.
Agar taklif chizig‘i Stalab chizig‘iga nisabat tikroq bo‘lsa, birinchi hol yuz beradi. Agar taklif chizig‘ining yotiqligi talab chizig‘ining yotiqligiga nisbatan tikroq bo‘lsa, birinchi hol amalga oshadi Uchinchi holatda talab va taklif chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi (4-rasm):
Agar taklif chizig‘i Stalab chizig‘i Dga nisbatan yotiqroq bo‘lsa, ikkinchi variant yuz beradi (5-rasm) va uchinchi variantda taklif va talab chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi:
To‘g‘ri chiziqli talab va taklif funksiyalari:
0 QS Qe QD6-rasm
Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya'ni o‘z zahirasidagiQD=QSmiqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi. Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narxdan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi
P
~7-rasm. Narx minimal bo‘lganda mahsulot otiqchaligi.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi QS =QD ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi E 'nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda (Pнnarxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
Bozor muvozanatiga ta’sir qiluvchi omillar
Ma’lumki bozor muvozanati va bozor narxi bir necha omillar ta’sirida doimiy tarzda o’zgarib turadi. Talab hamda taklifga ta’sir etuvchi omillar bir vaqtning o’zida bozor muvozanatining o’zgarishiga olib kelishi hech birimizga sir emas. Shunday ekan bozor muvozanatiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni quyidagi misollar orqali ko’rib chiqamiz.
Talabning o’zgarishi
Ya’ni bozorda tovarga yoki maxsulotga bo’lgan talabning o’zgarishi.
Talab o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan bir necha omillarni ko’rib o’tdik,ya’ni fasllar almashinuvi, iste’molchilar didi va daromadi, narx o’zgarishini kutilishi va hokazo. Keling bu safar bu holatlar emas, balki O’zbekiston bozorlarining pandemiya davridagi holati bo’yicha bozor muvozanatlari o’zgarishlarini ko’rib chiqamiz
1-holat Narx o’zgarishining kutilishi.
Bunga misol qilib 2020-yil mart oyida e’lon qilingan Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha qarordan keyin aholi o’rtasida turli xil mish-mishli gap tarqaldi hamda shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Aholi vakillari pandemiya davrida oziq-ovqat maxsulotlarini taqchilligi yuzaga kelishi mumkin degan o’y bilan maxsulotlarni o’z extiyojidanda ko’roq sotib olishga harakat qildi va buning natijasida barcha oziq-ovqat maxsulotlarining narxi keskin oshishiga olib keldi. Sharoiti og’ir oilalar yoki kam ta’minlangan oilalar esa bu darajadagi o’zgarishlarni ko’rib o’zlarini birlmchi ehtiyoji hisoblanmish bu oziq-ovqat maxsulotlarini qanday sotib olish to’g’risida savollar o’ylantirib qo’ydi.
Narx o’zgarishining kutilishi nafaqat xaridorlarning, balkim, sotuvchilarning ham taklifiga o’z ta’sirini o’tqazmay qolmaydi. Yuqorida ko’rib o’tilgan misolda oziq-ovqat maxsulotlariga bo’lgan taklifni ilojini boricha ko’proq sotishga harakat qilishdi hamda o’zlarini tovarlar zaxiralarini yanada kengaytirishga harakat qilishdi.
2-holat. Xizmat ko’rsatishda kuzatilgan o’zgarishlar
Turizm COVID-19 pandemiyasi sabab joriy etilgan keng ko‘lamli cheklov choralaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohadir. Bu cheklovlarning bosqichma-bosqich bekor qilinishiga qaramay joriy yil yoz mavsumining ko‘p qismi turizm sohasi uchun qo‘ldan boy berilgan ko‘rinadi. Chunki, bir tomondan, potensial sayohatchilar koronavirusni yuqtirishdan o‘zlarini ehtiyotlasalar, ikkinchi tomondan, pandemiya davrida ish o‘rinlari qisqargani sabab sayohat qilish uchun ularning mablag‘lari ham yetarli emas. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, 2020 yilda jahon miqyosida turistlar soni 60 foizdan 80 foizgacha qisqaradi. Taqqoslash uchun, 2009 yilgi moliyaviy inqiroz davrida bu ko‘rsatkich atigi 4 foizni tashkil qilgan edi. YaIMning salmoqli qismi turizm sohasiga to‘g‘ri keladigan Gruziya va Turkiya kabi mamlakatlar iqtisodiyotida pandemiyaning salbiy ta’siri ko‘proq seziladi. Turizm sohasining odatda sekin tiklanishini hisobga olganda, pandemiyaning oqibatlari bu sohada 2021 yilda ham sezilarli daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Xizmat ko’rsatishning yana bir turi bu ta’limda kuzatildi. Xukumat qaroriga asosan 2020-yil 16-martdan boshlab O’zbekistondagi barcha davlat hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari koronavirus bilan bog’liq vaziyat yaxshilanmagunicha o’z faoliyatlarini onlayn tarzda olib borilishi belgilandi. Bu yerdagi asosiy muammolardan biri bu “sotuvchi” rolidagi Ta’lim tizimi sohalari hamda “xaridor” o’rnidagi talaba va o’quvchilar bu jarayonga qanchalar tayyorligi hamda ularga bunday sharoitda boshqa sharoitlar mavjudligi yoki ularning mavjudligi bo’ldi. Pandemiyani hisobga olgan holda aloqa kompaniyalari bu holatda o’zlarini ko’rsatishi zarur edi, qaysiki, qaysidur kompaniya arzonroq narxga ko’proq internet trafigini ta’minlab bersa hamda uning tezligini yuqori javhada ushlab turolsa mana shu kompaniya o’z maxsulotlarini sota olar edi.
Birinchi navbatda, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlanayotgan videodarslardan bemalol foydalanish uchun internet provayderlar va mobil aloqa operatorlari tomonidan joriy yilning 1-may kuniga qadar eduportal.uz, kitob.uz, edumarket.uz, online-maktab.uz, talim.uzedu.uz, utube.uz, itschool.uz, coronavirus.uz veb-saytlarga kirishning (dostup) bepul amalga oshirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari mahalliy internet-provayderlar va mobil operatorlar – Uztelecom, UCELL, MobiUz va Beeline tomonidan o‘z abonentlariga ommaviy axborot vositalari manbalaridan – uzreport.news, xabar.uz, daryo.uz, gazeta.uz, kun.uz, podrobno.uz, repost.uz, uznews.uz, spot.uz hamda «ZiyoNET» xizmatidan bepul foydalanish imkoni taqdim etildi!
Ikkinchi navbatda, karantin davrida Internet-trafik, mobil va telefon aloqa trafigi o‘zgarishlari doimiy nazoratga olingan. Yuklanish o‘ta yuqori darajada oshib ketadigan holatlarda amalga oshiriladigan ishlarning rejalari tayyorlangan.
Yana shuni aytish joizki, Internet xizmati tezligi foydalanilayotgan texnologiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Ya’ni optik tolali aloqa liniyalari orqali xizmat taqdim etilgan hollarda Kompaniya yuqori tezliklarda ya’ni 100 Mbit/soniyagacha tezlikda internet xizmatini ko‘rsatish imkoniyati mavjuddir. Shuningdek, abonentlar foydalanayotgan tarif rejasi ham internet tezligiga chambarchas bog‘liq. Ya’ni 4 Mbit/soniya tezlikda internet xizmati taqdim etiladigan tarif rejasida undan katta tezlikda internetdan foydalanish imkoni mavjud bo‘lmaydi. Demak ishonch bilan aytishimiz mumkinki, iste’molchining tarif rejasiga ta’sir ko‘rsatilmaydi. Bu borada barcha imkoniyatlar ishga solingan.
2020-yil yanvar-iyun oyi Namangan viloyati statistikasi
|
Hajm,
|
O’tgan yilga nisbatan o’sish sur’ati, %
|
mlrd.so’m
|
Xizmatlar – jami
|
3 904,80
|
101,2
|
shu jumladan:
|
|
|
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari
|
238,9
|
111,6
|
Moliyaviy xizmatlar
|
687,9
|
130,7
|
Transport xizmatlari
|
709,5
|
97,2
|
shu jumladan: avtotransport xizmatlari
|
652,2
|
99,2
|
Yashash va ovqatlanish xizmatlari
|
72,6
|
79,4
|
Savdo xizmatlari
|
1 292,60
|
99
|
Ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar
|
98,2
|
87,7
|
Ta'lim sohasidagi xizmatlar
|
177,3
|
114,6
|
Sog'liqni saqlash sohasidagi xizmatlar
|
71,9
|
80,2
|
Ijara xizmatlari
|
85,4
|
111,2
|
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta'mirlash bo'yicha xizmatlar
|
94,3
|
90,4
|
Shaxsiy xizmatlar
|
225,8
|
86,1
|
Me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar
|
57,2
|
59,2
|
Boshqa xizmatlar
|
93,2
|
89
|
1-jadval
Yuqordagi 1-jadvalni izohlaydigan bo’lsak, pandemiya davrida Namangan viloyatidagi xizmat ko’rsatishdagi o’tgan yilga nisbatan farq qildi.
Dostları ilə paylaş: |