7-rasm. Narx minimal bo’lganda mahsulot otiqchaligi.
Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo’lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori bo’lishi mumkin).
Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo’lsa, (Re-muvozanat narx) (7-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin bo’lmasa.
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o’rnatiladi. Minimal narxning o’rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to’planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 2.17-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu erda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo’lgan vaziyatni ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o’zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |