Amaldagi tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy
resurslarini ularning shakllanish manbalariga ko‘ra
quyidagilarga
ajratish mumkin:
mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash
fondi);
boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va
boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z
aksiyalari
va
qimmatli
qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa
emitentlarning
qimmatli
qog‘ozlari bo‘yicha dividentlar va foizlar; sug‘urta
qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib
beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; byudjet
oldidagi va boshqalar);
badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan
moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet
subsidiyalari va h.k.)
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish
samaradorligi
Xo‘jalik
yurituvchi
sub’ekt
moliyaviy
resurslaridan
foydalanish
samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
S
mr =
Dostları ilə paylaş: