Mavzu. Bulutli va blokcheyn tcxnologiyalari bilan ishlash


Blokcheynda moliyaviy hizmatlar sektori



Yüklə 56,44 Kb.
səhifə10/10
tarix08.02.2023
ölçüsü56,44 Kb.
#83456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14-15 мавзу

Blokcheynda moliyaviy hizmatlar sektori

Bizning fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot usullarini qo’llash tufayli eng muhim o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan sakkizta asosiy funksiyani ko‘rib chiqamiz.


Aynan shu bo’lishlik va qiymatni tasdiqlash. Hozirgi paytda bizishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy tranzaksiyada ikkinchi tomonning aynan shuligini tasdiqlashda yirik vositachilarga tayanamiz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari va zayomlar kabi asosiy moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn ma’lum bir tranzaksiyalarga ishonch zaruratini pasaytiradi va bazida hatto olib tashlaydi ham. Bu texnologiya shuningdek, qatnashchilarga tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya qilingan elektron profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatishga imkon beradi.
Qiymatlar ko‘chishi. Moliya tizimi har kunipul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir dollar ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi. iTunes da bitta qo‘shiqni 99 sentga xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni berish, aktivlar sotib olish yoki kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan milliardlab bitimlarnitekshirib turadi. Blokcheyn har qanday qiymatlar - valyuta, aktsiyalar, obligatsiyalar, huquqlarni - yirik va kichik miqdorda, uzoq va yaqin masofaga, ma’lum va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy standart bo‘lishga qodir. Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun xuddi tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo’lgan standart yuk konteyneri joriy qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esa bahoni sezilarni ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy o‘sish va farovonlikka hizmat qilishi mumkin.
Qiymatlarni saqlash. Moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha statistik fuqaro uchun bank ularni bank yacheykasi, jamg‘arma yoki joriy hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun bu risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi. Blokcheyn bilan xususiy shaxslarqiymatlarni saqlash, jamg‘arma yoki joriy hisobraqami hizmatlarini yagona taqdim etuvchilar sifatida banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo bo‘ladi.
Kreditlash. Moliyaviy institutlar ipotekadan tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni: kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonini ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kredit layoqatini tekshirish, kredit tarixi yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi. Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa -«investitsion sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheynda istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni oshirishi mumkin. Iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir.
Qiymatlar almashinish. Har kuni bozorlar butun dunyo bo‘ylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan moddiy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu - investitsiyalash, birjada o‘ynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring tsikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartiradi. Homiylik va investitsiyalar. Aktiv, kompaniyayoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, dividendlar, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Tarmoq investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta»dan tortib, IPOgacha va boshqa turli bosqichlarida uchrashtirgan holda bozorlar vujudga keltiradi. Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklar, venchurli investorlar, huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn ularning ko‘plab funksiyalarini avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek,dividendlar yozish va kupon to‘lovlarini yanada samarali, ularni shaffof va ishonchli qiladi.
Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni boshqarish. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bo‘lgan sug‘urtalash xususiy shaxslar va kompaniyalarni ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlar va haloqatlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kengroq ma’noda moliya bozorlarida risklarni boshqarish oldindan aytish yoki nazorat qilish qiyin bo‘lgan hodisalarni xedjirlash uchun bir talay hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va boshqa moliyaviy vositalar yuzaga keltirgan. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, barcha ommaviy ochiq bo‘lgan hosila qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 600 trln dollarni tashkil qiladi. Blokcheyn sug‘urta qilish nomarkazlashgan modellarini qo‘llab- quvvatlaydi, burisklarni boshqarish uchun hosila qimmatli qog‘ozlardan foydalanishni yanada shaffof qiladi. Insonning ijtimoiy va iqtisodiy kapitaliga, uning harakatlari va boshqa nufuzga oid ko‘rsatkichlarga asoslangan nufuz tizimining o‘zi sug‘urta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va qarorlardan xabardor bo‘lgan holda qabul qilishga imkon yaratadi.
Qiymatlar buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobi - iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari haqidagi moliyaviy axborotni o‘lchash, qayta ishlash va uzatishdir. Ko‘p milliardli ushbu tarmoqni to‘rtta audit giganti: Deloitte Touche Tohmatsu, Pricewaterhouse Coopers, Ernst & Young va KPMG nazorat qiladi. An’anaviy buxgalteriya hisobi amaliyotchilarizamonaviy moliyani tezligi va murakkabligi tufayli unchalik yaxshi boshqara olmayapti. Blokcheyn taqsimlangan registrini qo‘llaydigan yangi usullar audit va moliyaviy hisobotlarni shaffof qiladi v a ularni real vaqt rejimida faol borishga imkon beradi. Shuningdek, utartibga soluvchi organlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korporatsiya ichidagi moliyaviy faollikni kuzatib borish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.Blokcheyn shuningdek, davlatning moliya hizmatlari sohasini nazorat qilishdagi roli haqida munozaralarni ancha jonlantirib yubordi. Agar ularni so‘zning keng ma’nosida kommunal hizmatlar sifatida qabul qiladigan bo‘lsak, odatda davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan xomashyo monopoliyalarga o‘xshatish yuzaga keladi. Biroq, blokcheyn texnologiyasi risklarni pasaytirish hamda shaffoflik va tezkorlikni oshirishni va’da qilishi sababli texnologiyaning o‘zi tartibga solish
funksiyalarini bajaradi15. Biroq, agar tartibga soluvchi organlar banklar va bozorlarda ichki jarayonlarga yo‘l topish imkoniga ega bo‘lsa, unda ayrim qonunlarni soddalashtirish, boshqalarini esa umuman bekor qilish mumkindir? Bu savolga javob berish ancha qiyin masala. Bir tomondan, tartibga soluvchi organlar innovatsiyalar ulkan tezligini hisobga olgan holda o‘zining nazorat funksiyasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, banklar davlat nazoratidan chetda qolib ketgan holda bir necha marta halollikni esidan ham chiqarib qo‘ygan.Tadbirkorlar uchun investorlar izlab topish - jiddiy o‘zgarishlar kutib turganmoliya hizmatlari industriyaining sakkizta funksiyasidan biridir. Qimmatli qog‘ozlarni qisman joylashtirish, aksiyalar va xususiy investitsiyalarni tijorat kapitaliga birlamchi va ikkilamchi joylashtirish (PIPE) orqali aksiyadorlik kapitali to‘plash jarayoni 1930-yillardan buyon jiddiy o‘zgarishlarga uchramadi.
Barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan kraudfandingplatformalari tufayli kichik biznes internet orqali kapitalga yo‘l topdi. Horijiy mamlakatlarda qo’llaniladigan Oculus Rift va Pebble Watch platformalari - ushbu modelning birinchi qadamlari desak ham bo’ladi. Lekin avvlagidek, haqida yangi qonun maydainvestorlargabevosita kraudfanding kampaniyalari orqali mablag‘ kiritishga imkon beradi, lekin investorlar va tadbirkorlarga buning uchun avvalgidek Kickstarter yoki Indiegogo kabi vositachilar hamdaan’anaviy to‘lov usuli, odatda bank kartalari PayPal zarur. Vositachi bu ishlarning hakami hisoblanadi, jumladan, kimga nima tegishli ekanligini u hal qiladi.Blokcheynda aksiyadorlashtirish (bu bir variant) ushbu konsepsiyani yanada rivojlantiradi. Endi kompaniyalar«blokcheynda» moliyalashtirish to‘plashi, kompaniyaning moddiy qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli qog‘ozlar chiqarishi mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqalar bilan bog‘liq holatda bo‘lgani kabi, ularning egalariga kompaniya qaysi bashorat bozorlarini ochishini hal qilish huquqini bergan holda platformada kotirovka qiladigan bozor qatnashchilari pozitsiyalarini aks ettirishi mumkin. Ethereum oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha o‘z tokeni, ether sotish uchun tamomila yangi blokcheyn rivojlantirishni moliyalashtirib, yanada katta muvaffaqiyatga erishdi. Hozirda Ethereum -uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan ommaviy blokcheyn hisoblanadi. Augur kraudfandingida investitsiyalar o‘rtacha summasi 750 dollarni tashkil qildi, lekin 1 dollar yoki hatto 10 sentlik minimal obunalarni tasavvur qilish qiyin emas. Dunyoda istalgan kishi - hatto aholining eng qashshoq qatlamlari va eng uzoq mintaqalar aholisi ham - fond bozorinig investoriga aylanishi mumkin. Augurrahbarlar jamoasining hisoblashicha, bashorat bozorlarining yagona amaliy chegarasi - tasavvurdir. Augurga istalgan shaxs yakuniy sanasi aniq bo‘lgan ma’lum bir bashorat e’lon qilishi mumkin.Augur kelajakdagi hodisalar - sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun foydalanuvchilarni mukofotlaydigan bozorlarni bashorat qilish uchun nomarkazlashgan platforma yaratadi. U qanday faoliyat ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari ularning qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Agar ehtimol 50 ga 50 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 50 sentni tashkil qiladi. Augur «omma donishmandligi»ga - hodisaning natijasini ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va HedgeStreet (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari harakatlari bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish tizimni ishlab chiqishga nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror va Augur jamoasi «eskirgan yurisdiksiyalar tomonidan tartibga solish» deb ataydigan holatga olib keladi. Augur platformasida hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea, saylov yoki o‘yin natijasi uchun - ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha, «bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: «IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ foydaning dastlabki bahosi - bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi. Albatta, bashorat bozori hamma joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, piring qarorlari taklif qiladigan, tez-tez ro‘y beradigan va ishonchli, shaffof, bir- biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Bu juda yaxshi deb hisoblaymiz. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi - bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag’ inson resurslari sarflashiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin.
Yüklə 56,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin