marta sarflash muammosi deb ataladi.Bitkoynblokcheynida tarmoqdagi bitkoyin
egasi muayyan bitkoyinni sarflagan birinchi tranzaksiyaga belgi qo‘yadivabu
bitkoyndan takroriy foydalanishga to‘sqinlik qiladi, shu tariqa ikki marta sarflash
imkoniyatini bartaraf qiladi. Tarmoq qatnashchilari, bitkoynto‘liq funksional
boshqaruvchilari, maynerlar, eng yangi tranzaksiyalar haqida ma’lumot to‘playdi
va ularni har o‘n daqiqa ma’lumotlar bloki ko‘rinishida saqlaydilar. Har bir blok
faqat undan oldingi blok mavjudligidagina amalda bo‘ladi. Bayonnomalarga
shuningdek,har bir uzel blokcheynni to‘laligicha saqlashi uchun disk makonini
regeneratsiya qilish usuli kiritiladi. Nihoyat, blokcheyn ommaviydir, chunkiundagi
tranzaksiyalar qanday o‘tishi hammaga ko‘rinib turadi. Shunday qilib,
tranzaksiyaniyashirishning hech ham imkoni yo‘q, bitkoynni kuzatish oddiy pulni
kuzatishdan osonroqdir.Mayning jarayonlari - tranzaktsiyalar blokini yig‘ish,
resurslar sarflash, masalani hal qilish (boshqorimalar ketma-ketlikda
bo‘lganima’qul), murosa (consensus)ga erishish, tashqi registr nusxasini qo‘llab-
quvvatlash shu qadar muhimki, ayrimlar bitkoyn blokcheynini huddi internet kabi
foydali deb aytadi va uni ommaviy qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi. Endi esa bu
holatlar blokcheynniiqtisodiyotda qo’llash masalasida nimalarni anglatadi, degan
savolni ko’rib chiqamiz. Odamlar shaxsini tasdiqlash va ularning hozircha dog‘
tushmagan nomiga kafillik berishni yirik kompaniyalar va davlat muassasalariga
ishonib topshirish o‘rniga bu funksiyalarni tarmoqqa ishonamiz. Butun tarix davomida birinchi marta tranzatsiyalarga va ikkinchi tomon harakatlaridan qat ’i nazar, yozilgan axborotlarning katta qismiga ishonchni ta ’minlaydigan blokcheyn ko’rinishidagi ochiq platforma paydo bo’ldi.Tizim ma’lumot saqlash va uni
boshqarish jarayonini yagona nazorat markazi bo‘lmagan bir rangdagi tarmoqda
amalga oshiradi ma’lumotlarni tarmoq bo‘yicha taqsimlaydi. Bironta tomon ham
tizimni buzishga qodir emas. Agar bironta hukumat organibitta qatnashchi yoki
qatnashchilar guruhini uzib qo‘yish yoki alohida ajratishga erisha oladigan bo‘lsa,
tizim ishlashda davom etaveradi. Agar tarmoqning katta qismi uning ustidan
nazoratni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, nima ro‘y berayotganini hamma ko‘rib turadi.Internet paydo bo‘lgan paytda xodimlar, fuqarolar, mijozlar yoki boshqa tashkilotlardan iborat katta foydalanuvchilar bazasiga ega bo‘lgan bironta yirik institut o‘zining ijtimoiy majburiyatlari haqida o‘ylamasdi. Markazlashgan hukumat organlari muntazam ravishda bu haqida xabardor qilmasdan foydalanuvchilar fikriga zid ravishda harakat qilish, ularning ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, ularni davlat talabi bo‘yicha taqdim etish, foydalanuvchilar roziligisiz keng ko‘lamli o‘zgarishlar joriy qilishga tayyorligi va qodirligini namoyish etib kelar edi.Bitkoyn blokcheynini nazorat qilishga urinish harajatlariolinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy foydadan ancha katta bo‘lishi mumkin. Satosi Nakomoto foydalanuvchidan tarmoqni himoya qilish va yangi bitkoinlar ishlab chiqarish uchun katta hisoblash quvvatlari (demak, ko‘p elektr energiyasi) sarflashni talab qiladigan ishni isbotlash usulini joriy qildi. Shu sababli, vositachilarga ehtiyoj yuzaga keladi. Blokcheyn faoliyatining eng yaxshi namoyon bo‘lishga sabab ommaviy hamkorlikdir. Har bir kishi o‘z axboroti, o‘z mulki va o‘zining ishtirok etish darajasi ustidan hukmronlik qiladi. Taqsimlangan hisoblash quvvatlari taqsimlangan jamoaviy hukumat tashkil qilishga imkon beradi.Ehtimol, bunday platforma ne’matlar yaratishning yangi taqsimlangan modellari sari yo‘l ochib berar. Ehtimol, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nomarkazlashgan hamkorlik yangi usullari jamiyatda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga imkon berar. Ehtimol, ishonchsizlik inqirozini va hatto hozirgi institutlarda noqonuniylikni bartaraf qilish, piar-qadamlar o‘rniga so‘zda emas, ishda muvaffaqiyatga erishish va jamiyat hayotida ishtirok etishga imkon beradigan aholi qo‘liga real hokimlik qilishni topshirishga erishilishi mumkin. Blokcheyn tizimi barcha manfaatdor shaxslarning motivatsiyasini o’zaro muvozanatlashtiradi. Bitkoyn yoki qandydir qiymatni aks ettiradigan token - nufuz bilan bog‘liq munosabatlarning ajralmas qismdir. Satosi Nakomoto tizimda ishlaydiganlarni mukofotlashni dasturiy asoslab berdi va hamma uning saqlanishi haqida qayg‘urishi uchun hokimlik qilishni tokendan foydalanuvchi barcha jamoaga topshirdi. Blokcheyn - moliyaviy ma’noda, global taqsimlangan savatlardagi tuxumlardir.
Internetning ilk avlodi davridahokimlik qilishnig korporatsiyalarda mujassam etilishi, ularning hajmi, murakkabligi va shaffofsizligiyangi imkoniyatlar taqdim etgan tarmoqlardan nomutanosib ravishda katta foyda olishga imkon berdi. Yirik banklaro‘z faoliyati bilanmoliya tizimini shaffoflik chegarasiga yetkazdi, chunki bu banklarda ko‘pchilik top-menejerlar va qator mutaxassislarni rag‘batlantirish tizimi shunday ishlab chiqilgandiki, ular uzoqni ko‘ra bilmaydigan va o‘ta riskli xulq-atvorlilarga hizmat qilar edi.Jismoniy valyutalardan farqli ravishda, bitkoyn sakkizta o‘nlik razryadgacha ulushga bo‘linishi mumkin (ya’ni bitkoindagi summa verguldan keyin sakkizta belgigacha ega bo‘lishi mumkin). Bu uzoq vaqt davomida bitta tranzaksiya doirasida summalarni birlashtirish va bo‘lishga imkon beradi: summadan ma’lum miqdor olish va bu summadan moliyalashtiriladigan barcha chiquvchi to‘lovlar yagona tranzatsiya sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, bu esa tranzaksiyalar seriyasidan ancha qulaydir. Hizmatdan foydalanishni hisobga olish uchun smart-shartnoma tuzib, avtomatik raivshda uni muntazam vaqt oraliqlari orqali kichik ulushlar bilan to‘lash mumkin.
Blokchynda tarmoq havfsizligi masalalari Havfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, uning umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim - bu muhokama qilinmaydi va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virus - tovlamachilar - bularning barchasi insonning jamiyatdagi havfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xusuiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faollik havfsizligini oshirmas edi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi.Shuni ham aytish kerakki, raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xeshbilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi.Foydalanuvchilar o‘z pullari uchun kriptokalitlarga ega bo‘ladi va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan birgalikda amalga oshiradi. Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi - shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishi zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256 shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Ba’zi bir boshqa algoritmlar esa ancha kamroq energiya sarflaydi. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi tarzda ishlaydi. Bu unda ishtirok etish uchun to‘siqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi.Ilk internet davri ko‘plab odamlar uchun ko‘plab mo‘‘ jizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda. Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda, millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo’lgan to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatlarini taqdim etdi.O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasihar har bir kishining huquqlari va insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon tarmog‘i hozirgi kunda ko’plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi va shu sababli ham sekin va
ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:
Attestatsiya. Tarixda birinchi marta, turli sub’ektlar bir-birini bilmagan va bir-biriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritshi mumkin. Shaxsni tasdiqlash va ishonch o‘rnatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bo‘lmay qo‘ydi. Boz ustiga, moliyaviy hizmatlar nuqtai-nazaridan ishonch bayonnomasi yangi ma’noga ega bo‘ladi. Blokcheyn zarur bo‘lgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida har bir tomonning aynan o‘xshashligi va to‘lov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar o‘rnatishi mumkin.
Qiymat. Blokcheynda tarmoqda qiymatni pirringli P2P uzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy bajaradi, shunday ekan, uning registri doimo dolzarb bo‘ladi. Agar banklar o‘zining biznes-modelini o ‘zgartirmagan holda bunday imkoniyatdan avvalboshdan foydalanganlarida edi, yiliga 20 mlrd dollar atrofida operatsion harajatlarni tejab qolgan bo‘lar edilar - bu hisob-kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bo‘lib, real raqamlar bundan ancha yuqori. Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank hizmatlari ko‘rsatish bilan yetarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy hizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bo‘lar edi. Bu nafaqat bozor yetakchilari uchun, balki butun dunyo bo‘ylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham
foydali hisoblanar edi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, faqat smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qo‘shilish imkoniga ega boladi.
Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish etti kun, birja bitimini tartibga solish - ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab moliyaviy institutlar o‘rtasida kuniga o‘n besh million to‘lovni o‘tkazadi, lekin ularni tartibga solish va kliringga bir necha kun sarflaydi. Xuddi shu narsa AQSHda kuniga trillionlab dollarlik to‘lovlar o‘tkazadigan ACH (Automated Clearing House) tizimida ham ro‘y beradi. Bitkoyn tarmog‘idabu vaqtda amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarni tartibga solish va kliringga o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ketadi. Boshqa blokcheynlar yanada tezroq bo‘lib, Bitcoin Lightning Network kabi zamonaviy novatorlik yechimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng bo‘lgan vaqtgacha qisqartirib, bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul jo‘natuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda bo‘ladigan bank tizimida pul ko‘plab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali o‘tib, tom ma’noda yo‘lda yo‘qolib qolishi mumkin. Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda ro‘y beradigan va harajatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan turiga o‘tish uzoq vaqt davomida oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi; Bu esa «yo‘ldagi» pul mablag‘laridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi, albatta.
Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga va’da beradi. Birinchidan, tartibga solish riski - to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta xato natijasida o‘tmaslik riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski- ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y bermagunga qadar defolt e’lon qilish riski. Nihoyat, eng jiddiy tizmli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi.
Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheynibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan, boshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas. Biroq buochiq boshlang‘ich kodli, tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun
mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yaratadi. Saydcheynlar - imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli shtift - aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyin va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham bor. Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda, vaqt o‘tishi bilan esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va u bilan savdo mexanizmlari haqidani tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Ochiq boshlang‘ich kod. Moliyaviy hizmatlar tarmog‘ibu - eskirib qolgan
tizimlar ulkan texnologikto‘plami bo‘lib, istalgan payt qulashi mumkin. Uni
texnologik jihatdan takomillashtirish qiyin, chunki har bir innovatsiya uchun
qaytuvchan bo‘la olishlik talab qilinadi. Blokcheyn esa, ochiq boshlang‘ich kodli
tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va tarmoq murosasi
asosida takomillashishi mumkin.Bu afzalliklar - attestatsiya, ancha past qiymat, bir
lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta innovatsiya, moslashuv qobiliyati -
istiqbolda nafaqat to‘lovlarni, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni,
investitsion bank hizmatlari ko‘rsatishni, buxgalteriya hisobi va auditni, venchurli
investitsiyalarni, sug‘urtalashni, tadbirkorlik risklarini boshqarishni, xususiy
shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi
mumkin.Odamlar o‘z ma’lumotlarini o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi
o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, qaerda va qanchalik batafsil gapirib berish
haqida o‘zi qaror qabul qilishga haqlidir. Shaxsiy ma’lumotlarning dahlsizlik
huquqini hurmat qilish va shaxsiy ma’lumotllarning havfsizligini himoya qilish -
ikkalasi bir xil narsa emas. Bizga unisi ham, bunisi ham kerak. Bir-biriga ishonish
zaruratini bartaraf qilib, Satosi Nakomoto shu tariqa u bilano‘zaro aloqa qilish
uchun ikkinchi tomon shaxsini yaxshi bilish zaruratini yo‘qqa chiqardi. Xususiy hayot daxlsizligi - insonning asosiy huquqi va erkin jamiyatning negizidir. Internet paydo bo‘lgandan keyingi oxirgi yigirma yil davomida davlat miqyosida ham, xususiy sektorda ham ma’lumotlar markaziy to‘plamlari xususiy shaxslar va tashkilotlar haqida, jumladan, ularga ma’lum qilmagan holda, xilma-xil maxfiy axborotlar to‘plagan. Hamma joyda odamlar korporatsiyalar axborot izlash asnosida butun raqamli dunyoni titib tashlagan holda qandaydir kiberklonlaryaratishidan havfsiraydi.Blokcheynda esa qatnashchilaristagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin - ular qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlar xabar qilish yoki bu axborotlarni ma’lumotlar markaziy to‘plamida saqlashga majbur emas. Bu holatning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Blokcheynda shaxsiy ma’lumotlar ombori yo‘q. Blokcheyn protokollarihar bir muayyan tranzaksiya yoki vaziyat uchun kerakli bo’lgan noma’lumlik darajasini tanlashga imkon beradi. Shu tariqa biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini yaxshiroq boshqaramiz.