Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil etish va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 132,05 Kb.
səhifə4/13
tarix07.01.2024
ölçüsü132,05 Kb.
#206866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Buxgaleriya hisobidan mustaqil ish.

Buxgalteriya hisobining tashkiliy-huquqiy asoslari:
Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma-bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik-huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro rniqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga tasarrufida mavjud bo'lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to'g'risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati to'g'risida axborot to'plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo'yiladigan talablar tubdan o'zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa-rorligini oshirishga imkon beradigan yo'llami ko'rsatib berishi, iqtisodiy ta`lil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya'ni moliyaviy menejment bilan shug'ullanishi kerak. Buning uchun, eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlami bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini me'yorlar yordamida boshqarishning 4 darajali tizimini ko'zda tutadi.
Birinchi daraja -qonun hujjatlari, masalan, «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonun.
Ikkinchi daraja -asosiy qoidalar majmui, ya'ni buxgalteriya andozalari. Mazkur darajada buxgalteriya tushunchalari va qoidalari shunday belgilanadiki, toki ular buxgalteriya hisobi bilan bog'liq shaxslar tomonidan bir xilda talqin etilsin.
Uchinchi daraja -turli idoralar tomonidan turli tarmoqlar va um.uman mamlakat bo'yicha ishlab chiqiladigan, buxgalteriya hisobini yuritish bo'yicha xilma-xil uslubiy ko'rsatmalar, tavsiyalar.
To'rtinchi daraja -hisob siyosatini belgilash va hujjatlar aylanishini yuritish uchun korxonada chiqarilgan ichki ish hujjatlari. Hozirgi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi me'yoriy boshqaruvining ana shu to'rt darajali tizimini jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishga harakat qilinmoqda.
Ma'lumki, jahon amaliyotiga mos keladigan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi Qonunsiz milliy hisob tizirnini yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan ushbu qonun, eng avvalo, buxgalteriya hisobini tashkil etish, buxgalteriya hujjatlari va registrlari, aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o'z va qarzga olingan kapital hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablami belgilab beradi. Bundan tashqari, mazkur Qonun buxgalteriya hisobini yuritishda xo'jalik yurituvchi subyektlaming huquqi, burchi va mas'uliyatlarini, shuningdek, moliyaviy hisobotlami topshirish va chop etish bo'yicha qo'yiladigan talablami belgilab beradi. Qonundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining tomonidan 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar. xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi harnda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom)) hamda buxgalteriya hisobining milliy andozalarining amaliyotga tatbiq etilishi buxgalteriya hisobini isloh qilish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o'zgar-tirish keyingi vaqtda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o'rtasida munosib muomala tili bo'lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalami chuqur o'rganish va ulami mamlakatimiz arnaliyotida keng qo'llanish zarurligi sabab bo'layotir. Shu boisdan harn buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanilmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini arnalga kiritish zarurati. asosan, buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalami bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O'zbekiston Respyb-likasida hisobning o'ziga xos xususiyatlarini qo'llashdan iborat.


Yüklə 132,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin