Mavzu Byudjet-soliq sektori va uning tarkibi Reja Kirish
1.Byudjet-soliq siyosati iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat bilan birga byudjet-soliq siyosati orqali ham erishiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YAIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta`minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi byudjet-soliq siyosat - fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya`ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi byudjet-soliq siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi byudjet-soliq siyosat davlat xarajatlarini kamaytirish yoki soliqlarni oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin. Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujet mul tiplikatori deb 6 yuritiladi. Balanslashgan byujet mul tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.
Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan samara soliqlar pasayishidan olinadigan samaradan kattaroq bo`ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol hajmiga ta`siri soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq byudjet-soliq siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o`ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Aksincha, byudjet-soliq siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l hisoblanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o`z funktsiyalarini bajarish maqsadida davlat qo`lida to`plangan pul mablag`larining harakati o`z ifodasini topadi. Davlat siyosatini aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo`naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta`minlaydigan mablag`lardan ko`p mablag` talab etsa, davlat qo`shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo`llashga majbur bo`ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va molmulkni ijaraga berish va kontsessiyalar.
Byudjetning daromadlar qismini to`ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo`qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Hukumat mamlakatning sharoitlaridan kelib chiqqan holda, byudjet siyosatini olib boradi. Bunday siyosat mamlakatni pul potentsiali doirasida hukumatni moliyaviy ishlarini aniq dasturiga ega bo`lishi, byudjet taqchilligi ustidan nazorat o`rnatilishi va uni qoplash manbalarini qidirishni, juda katta samara beradigan iqtisodiy dasturlarga byudjetdan mablag` ajratishni talab etadi. Byudjet taqchilligining kelib chiqish sabablari quyidagilar bo`lishi mumkin:
♦ taqchillik davlatning kredit qo`yilmalarini ko`payishida iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyati yuzasidan kelib chiqishi mumkin, bunday holat iqtisodiyotda krizis holatini bildirmaydi, balki davlatni iktisodiy kon yukturasini tartibga solish, progressiv odimlanishini ta`minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
♦ taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin, bunday holatlarda byudjetdagi zaxiralar yetarli bo`lmaydi va ortiqcha mablag`lar manbasiga ehtiyoj tug`iladi;
♦ taqchillik krizis holatidan kelib chiqadi, bunda iktisodiyot parokanda holatda bo`ladi, moliya-kredit aloqalari samarasiz bo`lib, hukumat mamlakatdagi moliyaviy holatni o`z nazorati ostiga ololmaydi. Byudjet taqchilligi uzoq davrlar mobaynida vujudga kelgan va iqtisodiyotimizga katta ta`sir ko`rsatdi. Bular o`z navbatida davlat byudjeti va pul muomalasida o`z ifodasini topdi. Byudjet taqchilligi inflyatsiya jarayonining kuchayganligini, savdo shoxobchalarida aksariyat mahsulotlarning kamayib ketganligini, moddiy boylik ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy jabhalarda ta`minot muammolarining kuchayganligini ham bildiradi. Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo`nalishi) hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a`zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag`batlantirilishini olib qo`yadi, ya`ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta`siri bevosita namoyon bo`ladi – yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste`mol darajasi pasayadi va bu narsa, o`z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o`sish bazalarining pasayishiga olib keladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bo`g`inlari bilan birga sud hokimiyatining bo`g`inlari ham alohida ahamiyatga ega. Sud hokimiyati tomonidan qonuniy amal qilayotgan 8 soliqlar va soliqlarga tenglashtirilgan majburiy to`lovlarning o`z vaqtida byudjetga kelib tushishi ustidan nazorat o`rnatilib, soliq qonunchiligi buzilishlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar qo`llanadi. Soliq siyosatini ishlab chiqishda nafaqat alohida olingan muassasalar bevosita qatnashadi, shuningdek uni ishlab chiqishda soliq to`lovchilar qatnashishi mumkin, ya`ni bunda soliq to`lovchilarning o`zlarida soliqlarni takomillashtirishga qaratilgan takliflar, soliqlarni hisoblashni oson va samarali ishlash kabilar taklif sifatida berilishi mumkin.
Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko‘p va bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. jaxon moliyaviy iqtisodiy inqirozi sharoitida davlatning yangi vazifalari paydo bo‘ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo‘jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu erda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafaqaxo‘rlar, talabalar, ko‘p bolali onalar va boshqalarni ko‘proq mablag‘ bilan ta’minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston davlati jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o‘zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o‘q-dorilarga ham mablag‘lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib intizom o‘rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko‘plab mablag‘ yo‘naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‘lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo‘llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat. Ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqazo etadi.
Soliqlar majburiy to‘lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to‘lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o‘z mulkiga aylantiruvchi davlat o‘rtasida bo‘ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko‘rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jaraenida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo‘la olmaydi, soliq munosabati bo‘lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo‘li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to‘lanishi yoki undirilishi lozim.. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‘g‘risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‘lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‘lgan soliqlarning tutgan o‘rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‘lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo‘lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‘zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‘zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig‘ib olish usullari xilma-xil bo‘lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, erdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Aholini soliq munosabatlariga kiritish borasida, insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o‘tilmagan bo‘lsin, uning mohiyati aholi soliq to‘loviga nisbatan faqat o‘z mohiyatini xazinada topgan. Xazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo‘lgan. Natijada, xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo‘lib xizmat qilgan.
Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiboran olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo‘lmagan kishining belgisi bo‘lib xizmat qilgan. Adam Smit (shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o‘zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarning ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to‘lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.
N.Turgenev o‘zining «Soliq nazariyasi tajribasi» nomli kitobida (1818yil) shuni ta’kidlaydiki, «Bilimli bo‘lishning muvaffaqiyatlari ularning xalqlar urf odatlariga foydali ta’siri darajasiga qarab soliqlar tizimining takomillashuviga ham ta’sir etgan», «soliqlar bilimga ega bo‘lish bilan birga paydo bo‘lib, uning belgisi bo‘lib qoldi. Soliqlarning tayinlanishi, taqsimlanishi va yig‘ilish usuliga qarab xalq orasida tarqalgan ma’lumotlar to‘g‘risida; yig‘iladigan soliqlar miqdoriga qarab uning boyligi haqida fikr yuritish mumkin, bu bilimlilik va ma’rifatni anglatadigan ikkita eng asosiy xususiyatdir» bu so‘zlardan yana bir bor amin bo‘lish mumkinki, soliqlar qadimiy moliyaviy institutlar hisoblanib, davlatning paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelgan. Soliqlar davlat organlarini ta’minlash va ular oldida tutgan vazifalarni bajarilishini moddiy ta’minlashning manbasi sifatida xizmat qilgan. Davlatning rivojlanishi bilan uning vazifa va funktsiyalari yangicha xususiyatlarga ega bo‘ldi. Lekin soliqlarning davlatni va uning organlarini moliyalashtirishda manba sifatidagi roli o‘zgarmay qoldi.
Shu o‘rinda soliqlarga turli iqtisodchilar tomonidan berilgan ta’riflarni keltirib o‘tish o‘rinlidir. «Soliqlar, - deb yozadi D. Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan er mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi» Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D.Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A.Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.
Yana bir maqbul ta’rif S.Pepelyaev tomonidan berilgan: «Soliq - ommaviy hokimiyat sub’ektlarining to‘lov qobiliyatini ta’minlash maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar mulklarini begonalashtirishning majburiylik, yakka tarzda holisona, qaytarmaslik, davlatning majburlashi bilan ta’minlanganlik asoslarida va jazo yoki kontributsiya xarakteriga ega bo‘lmagan qonunda belgilangan yagona shaklidir»
Hozirgi paytda iqtisodiy adabiyotlarda soliqlarni iqtisodiy mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan qator ilmiy ishlar chop etilgan.