Mavzu: chor rossiyasi tomonidan xiva xonligini bosib olinishi reja



Yüklə 24,56 Kb.
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü24,56 Kb.
#111954
1   2
5 m Xiva

Mavzuga oid axborot
Chor Rossiyasi Turkistonga XIX asr ikkinchi yarmi boshlarida hujum qilishdan necha o‘n yillar muqaddam, bu oikani ham eniga, ham bo‘yiga pinhona tadqiq etishga kirishadi. Xuddi shunday nomatlub, josusona yo‘l tutish inglizlar tomonidan ham olib borilganligi m aium . Ikki mustamlakachi davlat manfaatlari goh Xiva, gohida Buxoro amirligi siyosiy chorrahalarida to'qnash kelgan hollar ko‘p boigan. Akademik V.V.Bartold, garchi, «Turkiston chor istilosiga qadar ilmiy tadqiqotlar uchun deyarli yopiq edi», degan boisa-da, elchi libosidagi harbiylar, turkiy tilni, islomni yaxshi bilgan josuslar - sayyohlar xonliklarda boiganlarida o‘z ma’murlarini qiziqtirgan m aium otlam i to‘plaganlar.
Ilmiy josuslik xizmati, turgan gapki, mazlum etiladigan oikaning harbiy quw ati, nufusi, tabiiy boyliklari, iqtisodiyoti, madaniyati, xullas, hamma jabhani qamrab olishni taqozo etardi. Shunga k o ia , rus muarrixlari keyinchalik e’tirof etganlaridek, asosiy diqqat qoiyozm a manbalarga qaratiladi1. Q oiyozm a manbalar yurtni bosib olish, idora etish va boyliklami tasarruf etishda beqiyos omil ekanligini bosqinchilar yaxshi bilganlar
Xonlar, amirlar bu xildagi qora niyatlardan g‘ofil, kelgan elchilarga mulozamat ko‘rsatib, noyob qo‘lyozmalami ham tuhfa etganlar. Masalan, 1820 yilda Negri boshli rus elchilariga Muhammad Yusuf Munshiyning «Muqimxoniylar tarixi» tortiq qilinadi.
Buxoroda bo‘lgan N.Xanikov jami 166 nodir asarni SanktPeterburgga o‘marib ketadi. Bu kitoblar orasida, jumladan, Aziz ibn Muhammad Nasafiyning «Al-Maqsad al-aqso» (1411 yil), «Badoyi1 al-lug‘at» (1705), «Lug‘ati Navoiyya» (1815), «Devoni Xoqoniy»
(XVII asr), «Vaqfiya» (1815), «Dastur al-vuzaro» (1566), «Tuzuki Temur» (1847), «Fathnomayi Sultoniy» (1847), «Ziehi Ulug'bek (XVI asr), «Risola dar ilmi hisob» (1835), «Daftari Chingiznoma» (XIX asr), «Iskandamoma» (1523), «Abushqa» (1560), «Ahsan alqisas» (1850), «Majmuai doston» (XVII asr), Husayn Boyqaro devoni (1868) qo‘lyozmalari bo‘lgan. Bu bebaho xazina javohirlari hozirgi paytda «Xanikov yig‘masi» nomi ostida Sankt-Peterburgdagi Davlat ommaviy kutubxonasida saqlanayapti.1858 yilda elchilar guruhida yurtimizga kelgan P.I.Lerx Imperator Fanlar akademiyasining Osiyo muzeyi uchun «Hudud ulolam» (X asr), «Kitob al-ansob» (XII asr), «Tarixi Rashidiy» (XVI asr) asarlarini olib ketadi. Tilmoch Yu.K. Kazbekov ham qo'lyozmalami g‘orat qilish ishidan chetda qolmaydi. U, Xoja Ahror va Abdurahmon Jomiy asarlarining asl nusxalarini, To‘ra Xoja Andijoniyning «Me’roj al-futuh», Avaz Muhammad Attorning «Tarixi Shohruhiy», Fariduddin Attorning «Tazkirat ul-avliyo» singari asarlarini olib ketadi.G.A.Arandarenko (Samarqand viloyati harbiy gubematori)Qarshi, Shahrisabz bekliklari mazlum etilgan paytlarda 2 ta «Shohnoma», «Haft iqlim», «Zahirai Xorazmshohiy», «Kitob tibb», «Iskandar tarixi» singari qulyozmalami qo‘lga kiritadi.
Turkistonda uzoq muddat yashagan V.L.Vyatkin, I.A.Kastane, P.Nalivkinlar ham butun imkoniyatni ishga solib, qo‘lyozma asarlarini jamg'arish payida bo‘lganlar. V.L.Vyatkin yiqqan asarlar 190 jildni tashkil etgan.Ular orasida «Fathnoma», «Zubdat ul-osor», «Miftoh al-tolibin», «Kitob tuhfat al-nasab», «Nizom ut-tavorix», «Tuhfat al-Xoniy», «Tarixi Muqimxoniy», «Temumoma» «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi Roqim», «Akbamoma», «Murod ul-orifin»,
«Mahbub ul-qulub», «Xamsa», «Tazkirat ush-shuaro» kabi ilmiytarixiy qimmati beqiyos kitoblar asosiy ko‘pchilikni tashkil etgan.


Yüklə 24,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin