Mavzu: axborot xavfsizligiga oid milliy standartlar reja: Kirish



Yüklə 21,4 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü21,4 Kb.
#202777
  1   2   3
Mavzu axborot xavfsizligiga oid milliy standartlar reja Kirish



MAVZU:AXBOROT XAVFSIZLIGIGA OID MILLIY STANDARTLAR
Reja:
1.Kirish.
2.1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid milliy standartlar haqida malumotlar.
3.Xulosa.

Kirish.
|Axborot xavfsizligi, axborotni ruxsatsiz kirish, foydalanish, oshkor qilish, buzish, o’zgartirish, tadqiq qilish, yozib olish yoki yo’q qilishning oldini olish amaliyotidir. Axborot xavfsizligi tashkilotning ish faoliyatini, ma’lumotlarning konfidensialligi, mavjudligi va yaxlitligini ta’minlashni talab qiladi. Axborot xavfsizligi sohasida milliy standartlar esa, axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarini, axborot texnologiyalari mahsulotlarini kvalifikatsiyalash bo’yicha ekspertlarni, axborot xavfsizligi choralarini va sertifikatsiyalash muolajalarini belgilaydi. Ushbu standartlar axborot xavfsizligining asosiy metodologiya, siyosat va tarmoq standartlarini ishlab chiqishga qaratilgan doimiy hamkorlik asosida yaratiladi. Axborot xavfsizligiga oid milliy standartlar O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi1. Axborot xavfsizligiga oid milliy standartlar O’zbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi huquqiy hujjatlariga asoslanadi.


2.1. Axborot xavfsizligi sohasiga oid milliy standartlar haqida malumotlar.
O‘z DSt 1092:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi.Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari”
Ushbu standart umumiy foydalanishdagi muhofazalanmagan telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiladigan, berilgan xabar (elektron hujjat) ostiga qo‘yilgan elektron raqamli imzo (
ERI)ni shakllantirish va uning haqiqiyligini tasdiqlash uchun elektron raqamli imzo algoritmi (ERIA)ni belgilaydi.
Standart elektron raqamli imzoni shakllantirish va uning haqiqiyligini tasdiqlashda turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan axborotlarni qayta ishlash tizimlarida qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan: O‘z DSt 1047:2003 Axborot texnologiyalari. Atamalar va ta’riflar.
O‘zDSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.

Yüklə 21,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin