TDTUQF 3.21-guruh talabasi Po’latov Ilhomning Konstruksion Materiallar Texnologiyasi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Cho’yanning olinishi Tarkibida 2,14-6,67% gacha uglerod bo’lgan temir-uglerod qotishmasiga cho‘yan deyiladi. Cho‘yan domna pechlarida suyuqlantirib olinadi. . Dunyodagi eng yirik domna pechi Cherepovetsk metaliurgiya zavodida qurilgan. Uning balandligi 100 m dan ortiq, pechning diametri 19 m, foydali hajmi 5580 m3 ga teng. Bu domnaning yillik ish unumi 4,5 mln. tn ni tashkil etadi. Cho‘yanlar po’latdan uglerod miqdorining ko'pligi. yaxshi quyilish xossalari bilan farq qiladi.
Cho'yan mikrostrukturasi.
Cho‘yan tarkibida Fe va С dan tashqari Si, Mn. P va S aralashmalari bo’ladi. Maxsus xossaga ega bo’lgan cho‘yanlar tarkibida Ni, Cr, Si, Mo kabi legirlovchi elementlar mavjud.
Cho’yan turlari
Qotishma tarkibidagi uglerodning holati va shakli cho‘yan strukturasi va xossalarini belgilaydi, ana shunga qarab cho‘yan turlari quyidagicha bo’lishi mumkin, ya’ni:
a) agar uglerod qotishmada asosan kimyoviy birikma holida bo’lsa, bunday qotishmalar oq cho‘yanlar deb ataladi.
b) agar qotishmada uglerod sof grafit holida bo’lsa, grafitni shakliga qarab, qotishma kulrang, bolg‘alanuvchan, yuqori mustahkamlikka ega (juda puxta cho‘yah) bo’lgan cho‘yanlar deyiladi.
Juda puxta cho'yanlarning mustahkamligini yanada oshirish hamda barqarorlashtirish maqsadida, ularga termik ishlov beriladi. Juda puxta cho'yanlar po'latlar ishlatiladigan sohada qo'llanilishi mumkin, masalan, ulardan avtomobil va traktor vositalari tirsakli vallar, kuch ko'taradigan g'iloflar, press traversalari tayyorlanadi. Ulardan metallurgiya sanoatida juvalash uskunalarining vallarini tayyorlash mumkin
Bolg'alanuvchan cho'yan.Bolg'alanuvchan cho'yan kulrang
Cho’yanga qaraganda ancha plastik bo'lgan cho'yanning shartli nomidir. Bolg'alanuvchan cho'yan hech qachon bolg'alanmaydi. Bolg'alanuvchan cho'yan quymalari perlit-sementit strukturali oq cho'yan quymalarini uzoq muddat yumshatish yo'li bilan olinadi. Yumshatish vaqtida oq cho'yanning sementitda pag'a-pag'a (bodroqsimon) ko'rinishdagi grafitlar hosil bo'lib parchalanadi Devorining qalinligi 50 mm. dan katta bo'lgan quymalarni yumshatishda plastinka ko'rinishdagi keraksiz grafitlar hosil bo'ladi.
Yumshatishda oksidlanishdan saqlash uchun, oq cho'yan quymalari maxsus metall qutilarga joylanib, qum, po'lat, qirindi yoki shamot bilan to'ldiriladi. Oq cho'yanni yumshatish uchun 20-25 soat davomida 950- l 000°C temperaturagacha sekin qizdirish va uni bu temperaturada 10- l5 soat davomida uzoq muddat ushlab turishdan iborat.
Po'latlar.Po'latlar mashinasozlikda, avtomobilsozlikda asbobsozlikda qurilishda va boshqa sohalarda ishlatiladigan asosiy materialdir.
Po'lat deb_ tark1b1da 0, 2-2% gacha uglerod miqdoriga ega bo'lgan Fe-C qotishmasiga aytiladi. Po’lat muhim mexanik, fizik-kimyoviy va texno logik xossalar kompleksiga ega.
Po'latlar kimyoviy tarkibiga ko'ra uglerodli va legirlangan turlarga bo'linadi.