Uglerodli po'lat deb, tarkibida 2,14% gacha uglerod bo'lgan va Si, Mn, S va P ga ega temir-uglerod qotishmasiga aytiladi. Uglerodli po'latning asosiy xossasi uglerod miqdoriga bog'liq bo'ladi. Uglerodli po'latlar uglerod miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha C), o'rtacha uglerodli (0,25-0,6% C) va ko'p uglerodli (0,6% dan ko'p C) xillarga bo'linadi.
Legirlangan po'lat tarkibida odatdagi aralashmalardan tashqari, uning xossalarini belgilovchi legirlovchi elementlar ham bo'ladi. Qo'shilgan legirlovchi elementlar miqdoriga qarab, legirlangan po'latlar uchta guruhga bo'linadi: kam legirlangan (legirlovchi elementlarining umumiy miqdori 2,5% gacha bo'lgan) o'rtacha legirlangan (legirlovchi elementlari 2,5 dan 10% gacha bo'lgan) va yuqori legirlangan (legirlov chi elementlari 10% dan ortiq bo'lgan) po'latlardir. Legirlangan po'lat uglerodli po'latda yo'q xossalarga ega, uglerodli po'latdagi kamchiliklar legirlangan po'latda bo'lmaydi.
Asbobsozlik po'latlardeb, turli xii asboblar (kesish, o'lchash asboblar, shtamplar) tayyorlashda ishlatiladigan, yuqori qattiqlikka (60-65 HRC), chidamlilikka va yeyilishga chidamlilikka ega bo'lgan uglerodli va asbobsozlik po'latlarga aytiladi.
Ishlash sharoitiga qarab bunday po' latlarga quyidagi talablar qo'yiladi: kesish asboblari (keskichlar. parma lar, metchiklar, frezalar va hokazolar) uchun mo’ljallangan po'latlarning qattiqligi, yeyilishga va issiqqa chidamliligi yuqori bo' lishi kerak, shtamplar (sovuqlayin va issiqlayin deformatsiyalanadigan) uchun mo'ljallangan po'latlarning mexanik xossalari yuqori bo'lib. yuqori temperaturalarda ham o'zgarmasligi darkor. Qizdirib shtamplanadigan po'lat sirtida ko'p marta qizdirish va sovitish natijasida darzlar paydo bo'lmasligi kerak.
Asbobsozlik po' latl arida uglerodning miqdori 0,7% va undan yuqori
bo' ladi. Ular o' zining qattiqligi, mustahkamligining yuqoriligi bilan ajralib turadi, asboblar va shtamplar tayyorlashda foydalaniladi.
Sifatiga ko’ra po'latlar sifatli va yuqori sifatli po'latlarga bo'linadi.
GOCT 1435-74 ga muvofiq Y7, Y8, YS[ , Y9, Yl 0, YI 1, Yl2, Yl3
markasi sifatli; Y7A, Y8A, Y8GA , Y9A, Yl0A, Yl I A, Yl2A, Yl3A markali yuqori sifatli po'latlar bo'ladi.
Y - harfi asbobsozlik po'lati ekanligini, A - yuqori sifatliligini, r -
marganes miqdori ko'pligini, raqam esa uglerodning o'rtacha miqdorini bildiradi.