Mavzu: cisc, risc va vliw arxitekturali kompyuterlar buyruqlari turlari



Yüklə 15,43 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü15,43 Kb.
#208163
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5
Mavzu cisc, risc va vliw arxitekturali kompyuterlar buyruqlari -kompy.info

RISC vs CISC


  • Shu vaqtdan boshlab RISC va CISC tarafdorlari o'rtasida ulkan g`oyaviy kurash boshlandi;

  • RISC tarafdorlariga ko'ra, kompyuterlarni loyihalashning eng yaxshi usuli bu kam sonli oddiy ko’rsatmalarni (buyruqlarni) o'z ichiga olish va ularning har birini ma'lumotlar yo'lining bir siklida bajariladi. Ya'ni bir nechta registrda ba'zi arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajaradi va natijani registrga qaytaradi.

  • CISC bajaradigan bitta buyruq o`rniga RISC 4 yoki 5 ta buyruqni bajarsa ham buyruqlar bajarilishi RISCda CISCga nisbatan 10 marta tez bo`lishi hisobiga RISC kompyuterlari tez ishlashi ta`kidlangan;

RISC vs CISC


  • Kompyuterlar bozorida RISC dominantlik qilishi hisobiga CISC kompyuterlariga ehtiyoj kamayishi kutilgan, biroq unday bo `lmadi;

  • Birinchidan, RISC kompyuterlari boshqa modellar bilan moslashib ishlash imkoniga ega emas edi. Bu paytda ko`plab kompaniyalar Intel mahsulotlari uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta`minotlarga milliardlab dollarlar tikishgan edi;

  • Ikkinchidan, Intel CISC arxitekturasida huddi shu g'oyalarni amalga oshira oldi.

  • 486 protsessordan boshlab Intelning protsessorlari ma'lumotlar yo'lining bir siklida sodda buyruqlarni bajaruvchi RISC-yadroni qo`llay boshladi. Murakkab buyruqlar esa odatdagi CISC texnologiyasi asosida interpretatsiya qilinadigan bo`ldi;

  • Buning natijasida odatdagi buyruqlar tezkorlik bilan, kam foydalaniluvchi murakkab buyruqlar sekinroq bajariladigan bo`ldi;

Buyruqlar tizimi


  • Kompyuterlarning “Buyruqlar tizimi” deyilganda, ushbu kompyuter bajaradigan barcha buyruqlar to`plami (ro`yxati) tushuniladi;

  • O'z navbatida, buyruqlar tizimi arxitekturasida dasturchiga ko'rinadigan va kirish mumkin bo'lgan kompyuter vositalarini aniqlash qabul qilingan;

  • Buyruqlar tizimi arxitekturasi dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilarning ehtiyojlarini kompyuter texnikasini yaratuvchilarining imkoniyatlari bilan taqqoslash liniyasi sifatida ko'rib chiqilishi mumkin;

Yüklə 15,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin