Mavzu: Dag'al-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot vafarmakologiyada ishlatilishi



Yüklə 361,5 Kb.
səhifə3/4
tarix11.04.2023
ölçüsü361,5 Kb.
#96084
1   2   3   4
Dag\'al-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot vafarmakologiyada ishlatilishi

Suspenziyalar Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muhitdan iborat dag’al dispers sistemalar suspenziyalar deb ataladi. Masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa suspenziya hosil bo’ladi. Suspenziya kolloid eritmalardan quyidagi hossalari bilan faqr qiladi: 1)Suspenziya optik jihatdan bir jinsli emas; u yorug’lik nurini tarqatib yuboradi, hamma vaqt loyqa va polidispers bo’ladi, sediminatsion jihatdan barqaror emas; 2)Suspenziya ikki va uch qavatga bo’linishi va uni tarkibiy qisimlari bir biridan ajralishi mumkin, dispers sitemalarning bu xossalaridan foydalanib bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi.

Agar sistema suspenziyadan iborat bo’lsa, bu Sistema tindirilgan vaqtda og’ir modda idish tubiga cho’kadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning cho’kish jarayoni sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya hodisasini hamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin hamma suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi turlicha bo’ladi. Suspenziyalarning cho’kish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bog’liqdir.

Emulsiyalar Bir-biri bilan aralashmaydigan ikki suyuqlikdan iborat suyuq mikrogeterogen dispers sistema emulsiya deb ataladi. Emulsiya dispers faza zarrachalarining o’lchami 10-8 dan 10-3 sm gacha oraliqda bo’ladi. Emulsiya hosil bo’lishi uchun suyuqliklar bir-birlarida juda oz erishi kerak; masalan, emulsiya hosil qiluvchi suyuqliklardan biri sifatida suv olinsa suvda oz eriydigan suyuqlik shartli ravishda <> (<>) deb ataladi. Suyuqliklarning qaysi biri dispers faza bo’lishiga qarab, emulsiya ikki turga bo’linadi. Agar <> dispers faza bo’lsa, bunday emulsiya moyning suvdagi emulsiyasi deyiladi; agar aksincha, suv tomchilari <> ichida tarqalgan bo’lsa bunday emulsiya suvning moydagi emulsiyasi deb ataladi

Kukunlar Qattiq jisimlar yanchilganda yoki maydalanganda hosil bo’lgan dispers sistemalar kukunlar deb ataladi. Kukunlar- dag’al dispers sistemalar bo’lib, ularning zarrachalarini qurollanmagan ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan katta o’lchamlarga ega bo’ladi. Un, qand kukuni, kakaolar yaqqol kukunlar hisoblanadi. Kukunlarning muhim xarakteristikasi ularning dispersligidir va shuning uchun kukun zarrachalari o’lchamini aniqlashning bir qancha metodlari mavjud. Eng ko’p tarqalgan metod-elash usuli bo’lib, bunda kukun turli xil o’lchamga ega bo’lgan tirqishli elaklardan navbatma-navbat o’tkaziladi.


Yüklə 361,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin