Mavzu: Dag'al-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot vafarmakologiyada ishlatilishi



Yüklə 361,5 Kb.
səhifə2/4
tarix11.04.2023
ölçüsü361,5 Kb.
#96084
1   2   3   4
Dag\'al-dispers sistemalarning xossalari va ularni tibbiyot vafarmakologiyada ishlatilishi

Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muqitdai iborat dagʻal dispers sistemalar; ular suspenziyalar deyiladi: masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya hosil buladi. Suyuq dispers faza va suyuq dispersion muqitdan iborat sistemalar; bular emulsiyalar deyiladi; sut emulsiyaga misol boʻla oladi. Agar dispers faza gaz boʻlsa, bunday sistemalar gazsimon emulsiyalar, boshqacha aytganda, koʻpiklar deyiladi. Bir necha xil qattiq jismlardan tuzilgan sistemalar; bu sistemalar turridan-turri aralashma deyiladi.

Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi: suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas; ular yorugʻlik nurini tarqatib yuboradi; ular hamma vaqt loyqa va polidispers holda boʻladi. Ular sedimentatsion jihatdan barrqaror emas: suspenziya bilan emulsiya ikki va uch qavatga boʻlinishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin; dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib, texnikada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi.

Mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalarga suspenziyalar,emulsiyalar, kukunlar va ko’piklar kiradi. Bu sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami kolloid zarrachalarning o’lchamiga qaraganda kichik bo’ladi va shuning uchun ularni optik mikroskoplarda kuzatish mumkin. Mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalarda Broun harakati, diffuziya, osmotik bosim kabi molekulyar-kinetik xossalar kuzatilmaydi. Shuningdek mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalar o’rtasida umumiy belgilar ham mavjud. Ular geterogen, yani yetarlicha katta chegara sirt hamda sirt energiya zahirasiga ega bo’lgan va bir nechta fazalardan tashkil topgan sistemalardir.

Shuning uchun kolloid sistemalar kabi mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalar ham termodinamik barqaror emas, ya’ni ularda o’z- o’zicha dispers faza zarrachalarini maydalash (agregatlash) yo’li bilan disperslikni kamaytirishga intilish hususiyati bor. Gaz dispers muhitli sistemadan boshqa barcha bunday sistemalarning agregativ barqarorligi ularning dispers faza zarrachalariga adsorbilanib, stabilizator hosil qilishi bilan bog’liq. Mikrogeterogen va dag’al dispers sistemalar tabiatda va texnikada juda keng tarqalgan. Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlari mikrogeterogen yoki dag’al dispers Sistema hisoblanadi.


Yüklə 361,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin