Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi



Yüklə 315,58 Kb.
səhifə95/102
tarix13.03.2023
ölçüsü315,58 Kb.
#87648
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102
8-s-d-i-t

Yangi mavzuni mustahkamlash.


Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish.

“Tasdiqlayman” o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari: ________________


Sana: ____________________ Sinf: ______________________________ Dars: ___




Mavzu: Fosfor.
Darsning maqsadi:


1. Ta`limiy maqsad:Fosfor haqida bilim, ko`nikma va malaka berish
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida
nutqini oshirish va tarbiya berish;
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini varafakkurini o’stirish,
dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
Dasrning turi:An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar davriy jadvalining beshinchi guruhi bosh guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik qavatidagi valent elektronlari 3s2 3p5 3d0 energetik qavatchalarda joylashgan. Fosfor -3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Tabiatda
asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi. Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi. Fosforning tabiiy birikmalari fosforit va apatitlardir. Uning kimyoviy tarkibi Ca3(PO4)2.
Fosfor tirik organizmlarning tarkibida ham uchraydi va hayot uchun muhimdir. Oqsillar, nuklein kislotalar fosforli organik birikmalaridir. Odam va hayvonlarning suyaklarining anorganik tarkibiy qismi asosan Ca3(PO4)2 tashkil etadi. Olinishi. Fosfor fosforit yoki apatitdan olinadi. Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi. Reaksiya natijasida olingan fosfor bug‘lari maxsus kamerada suv
ostida kondensatlanadi. Yig‘ilgan fosforning tarkibi P4 ko‘rinishidagi oq fosfordir. Oq fosfor
qorong‘uda shu’lalanadi. Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl
o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor. Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan fizik xossalari bilan farq qiladi.
Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil qiladi. Bug‘lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi.
Kimyoviy xossalari: Oq fosfor kimyoviy jihatdan faoldir.Kislorod, galogenlar, oltingugurt va ayrim metallar bilan bevosita birika oladi.
4P + 5O2 = 2P2O5 2P + 3S = P2S3 2P + 3Cl2 = 2PCl3 2P + 3Ca = Ca3P2
Vodorod bilan reaksiyaga kirishib fosfin PH3 ni hosil qiladi. Fosfinammiakga o‘xshasada beqaror birikmadir.2P + 3H2 = 2PH3
Ishlatilishi. Qizil fosfor gugurt ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyodir.Gugurt qutisining yonboshiga surtilgan qizil fosfor, gugurt kallagidagiBertole tuzi bilan ozgina ishqalangandayoq reaksiyada kirishadi, ya‘nigugurtni tezda yondirib yuboradi.



Yüklə 315,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin