Mavzu: dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari



Yüklə 12,14 Mb.
səhifə14/45
tarix30.09.2023
ölçüsü12,14 Mb.
#151122
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
AKT Lab

Слайд заголовок oynasiga «Microsoft Word matn prosessorida rasm va sxemalar chizish» matnini kiritamiz. Shrift o‘lchamini 44 deb olamiz.

  • Microsoft Word da rasm va sxemalar chizish uchun Вставка

    menyusidan Teкст, Иллюстрации bo‘limlaridan foydalaniladi. Ил-люстрации bo‘limining Фигуры tugmasi yordamida turli ko‘rinish- dagi chiziqlar, strelkalar, blok – sxemalar chizish uchun esa kerakli figu- ralarni hosil qilish mumkin. «Фигуры» buyrug‘ining rasmi kiritiladi.



    2. Ko‘rgazmali taqdimot materiallariga maxsus animatsion
    effektlar berish
    PowerPoint taqdimotlar dasturi o‘zida matnlar, rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsiya effektlari, tovush, videokliplardan iborat bo‘lgan slaydlar hosil qilish imkonini beradi.
    Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan taqdimotlarni kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin.
    Taqdimot tuzish bu - qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, slaydlar ketma-ketligini yaratish va bezagini berishdir.
    Анимация bu - matn yoki obyektga qo‘yiladigan maxsus vizual yoki tovushli effektlardir.
    Animatsion effektlarni qo‘llash uchun Анимация menyusidan foy- dalaniladi.

    Animatsion effekt qo‘llanilishi kerak bo‘lgan obyekt belgilanadi va kerakli animatsion effekt tanlanadi.


    Ko‘rgazmali taqdimotga maxsus animatsion effektlar berib, bo‘lga- nimizdan so‘ng Показ слайдов menyusidan foydalangan holda taqdi- motni namoyishga tayyorlanadi.


    Ish tartibi

    1. “Men hozir o‘rganadigan fanlar haqida” mavzusida taqdimot tuzing.

    2. Taqdimot slaydlari amalda o‘rganayotgan fanlaringizdan iborat bo‘lsin. Slayd sarlavhalariga fanlarning nomi keltiriladi

    3. Slaydlar matnlari siz o‘rganayotgan fanlarning predmeti, maqsadi o‘rganish sohasi kabi ma’lumotlardan iborat bo‘lsin.

    Namuna keltiramiz, masalan,

    1. 1-slayd sarlavhasi: Men hozir o‘rganadigan fanlar haqida Muallif: Abdullayeva Zulfiya

    2- slayd sarlavhasi: Informatika fani Slayd matni:
    Informatika fanining maqsadi - fan, texnika va ishlab chiqarishda, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikastiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash, uzatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy masalalarini o‘rganishdan iborat.
    Informatikaning asosiy vazifasi - axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amalyotga qo‘llashdan iborat.
    3- slayd sarlavhasi: Axborot texnologiyalari fani Slayd matni:
    Axborot texnologiyalari - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rganuvchivchi fan hisoblanadi.
    Axborot texnologiyalari fanni o‘rganishning maqsadi va vazifalari: axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jami- yat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologi-yalarini qo‘llashni nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rganishdan iborat.

    1. 4,…, 10-slayd sarlavhasi: …

    1. Taqdimot tuzish usullarini o‘zingiz tanlang.

    2. Tuzilgan taqdimot slaydlarga Дизайн, Анимация menyularining buyruqlari yordamida tegishli parametrlarni o‘rnating. Slaydlarni tu- zishda Вставка menyusini Рисунок, Клип, Фильм, Звук, Объект buyruqlaridan foydalaning.

    3. Tuzilgan taqdimot nomini o‘z ism-familiyangiz bilan Мои доку- менты papkasida fayl ko‘rinishida rasmiylashtiring.

    4. Bajarilgan jarayonlarni keltiring.




    Yüklə 12,14 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin