|
|
səhifə | 2/45 | tarix | 30.09.2023 | ölçüsü | 12,14 Mb. | | #151122 |
| AKT Lab
Ikkinchi usul: Klaviaturadan WIN+R klavishlarini birgalikda bosish orqali quyidagi oynani hosil qilamiz
Ushbu oynaga dxdiag buyrug’ini yozib OK tugmasini bosamiz va Operatsion tizim va kompyuter haqidagi ma’lumotlarni aniqlashimiz mumkin
Windows 10 Operatsion tizimining standart dasturlari
Windows 10 Operatsion tizimining standart dasturlaridan foydalanish uchun START (PUSK) bo’limiga kiramiz va bu yerdan Стандартные-Windows bo’limini ochamiz
Ushbu bo’limda Windows 10 OS ni kompyuterga o’rnatganimizda sistema bilan birgalikda o’rnatiladigan barcha dasturlar joylashgan
Laboratoriya topshiriqlari
-
Windows 10 Operatsion tizimi va kompyuterning xususiyatlarini aniqlash (Ikki usulda)
-
Windows 10 Operatsion tizimining standart dasturlari bilan tanishish va kamida bitta standart dasturning imkoniyatlari bilan tanishish.
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Nazorat savollari
1. Operatsion tizimning ish stoli haqida ma’lumot bering
2. Operatsion tizimning tizimli xususiyatlari qanday aniqlanadi?
3. Operatsion tizimning standart dasturlari nima?
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
-
Kenjaboyev A.T., Ayupov R.X., Raximov N.R., Ikromov M.M. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. O‘quv-uslubiy qo‘llanma. – T.: TMI, 2012.-344b.
-
Мельников П.П. Компьютерные технологии в экономике. Учеб.пособие. – М.: КНОРУС, 2012. – 224с.
-
G’ulomov S.S., Xodiyev B.Yu., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. – T.:2010y.-765 bet.
-
Ayupov L.F., Begalov B.A., va boshq. Kompyuterlar va ulardan samarali foydalanish asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.; 2008 y.
Dostları ilə paylaş: |
|
|