Jadvallar yaratish
Tablitsi - MBning ma’lumotlar saqlaydigan asosiy obekti bo’lib, u ikki o’lchovli jadval shakliga ega.
Jadvallar yaratishning ikki xil usuli mavjud bo’lib, birinchisi – Rejim tablitsi (jadval rejimi) deb ataladi. Bu usulda ma’lumotlarni to’g’ridan-to’g’ri kiritish orqali jadval yaratiladi. Shelknite dlya dobavleniya degan yozuvni sichqoncha bilan tanlansa, Rasm 3 dagi ko’rinish hosil bo’ladi. Shu maydonga qaysi turdagi ma’lumot kiritiladigan bo’lsa shu tur nomini tanlash kerak. So’ngra shu maydonga nom kiritilishi so’raladi. Navbatdagi maydonlar xam shu kabi yaratilib, ularga bevosita ma’lumotlar kiritilishi mumkin. Bu usulda barcha yaratiladigan maydonlar xossalarini tanlash yoki o’zgartirish imkoniyati cheklangan.
Rasm 3. MS Access 2010damaydon turini tanlash
Jadval yaratishning ikkinchi usuli – Konstruktor deb ataladi. Jadval rejimidan konstruktor rejimiga o’tish uchun Fayl vkladkasi tagida joylashgan Rejimidan konstruktor tanlanadi. Agar jadval yangi yaratilayotgan bo’lsa, u holda Rasm 4 dagi kabi jadvalni saqlab qoyish uchun uning nomini kiritish oynasi ochiladi.
Rasm 4. MS Access 2010dajadvalni saqlash va nomini o’zgartirish
Shu oynada Tablitsa1 o’rniga yangi nom kiritib OK tugmasini bosiladi.Bu erda Imya polya deb atalgan ustunning xar bir qatoriga jadvalda ishlatiladigan maydon nomlari kiritiladi va Tip dannix nomli ustunda esa shu maydonlarga mos ma’lumot turlari tanlanadi. Masalan: maydonga Familiya degan nom kiritildi va uning qabul qiladigan qiymatlari, ya’ni turi sifatida Tekstoviy (matnli) tanlandi.
Laboratoriya topshirig’i: MS Access da jadval yartish
Ishni bajarish tartibi
Buning uchun MS Access dasturini ishga tushiramiz va создание menyusidan piktogrammasini tanlaymiz va quyidagicha oyna xosil bo’ladi:
Shundan so’ng uni saqlab olamiz, ya’ni piktogrammasini tanlaymiz va quyidagicha oyna xosil bo’ladi
Ushbu oynaga jadval nomini kiritamiz va OK tugmasini bosamiz. Masala: kardiologiya.
Shundan so’ng oynadan quyidagi ko’rsatkichni tanlaymiz
Bu ko’rsatkichni tanlaganimizda quyidagicha oyna xosil bo’ladi
Ko’rinib turganidek ushbu oynada ma’lumotlarning tipi keltirilgan. Ushbu tiplardan keraklisini tanlash orqali ma’lumotlarni kiritish mumkin.
So’ngra ushbu jadvalni to’ldirib chiqamiz
Qolgan bo’limlarni yaratish va ularning tarkibi ham shunday xosil qilinadi.
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Dostları ilə paylaş: |