Ishning bajarilish tartibi:
Quyida berilgan masalani Python dasturlash tilida dasturini tuzamiz
Ikkita butun a va b sonlari berilgan bo’lsin. Ularning yig’indisini toping
Dastlab Python IDLEni ishga tushurib olamiz va file menyusidan New File bo’limini tanlaymiz.
Dasturlash tillaridagi asosiy operatorlardan biri hisoblangan, ya’ni kiritish va chiqarish operatorlaridan foydalanib ushbu oynaga dastlabki kodlarni kiritishni boshlaymiz.
Python dasturlash tilida chiqarish operatori bu print(), kiritish operatori esa input() hisoblanadi
Demak dastlab dastur foydalanuvchiga qulay bo’lishi uchun chiqarish operatoridan foydalanamiz
Yuqoridagi rasmda qo’shtirnoq ichidagi ma’lumotlar dastur ishga tushganida dastlab paydo bo’ladi. Chunki bu holatda chiqarish operatori print() dan foydalanilgan
Endi esda yuqorida aytib o’tilganidek a sonini kiritish buyrug’ini yozamiz buning uchun kiritish operatori input() dan foydalanamiz
Rasimda ko’rinib turibdiki bizning masalamizda berilgan sonlar butun tipda deyilgan shuning uchun a sonimiz uchun int ya’ni butun tip ishlatildi. Shundan so’ng qavs ichiga input() operatori kiritiladi.
Xuddi shu tartibda ikkinchi son ham kiritilib olinadi
Ikkala son ham kiritilib bo’lgach biror o’zgaruvchiga natijani taminlab qo’yamiz. Masalan, c=a+b. bu yerda c a va b sonlarini qo’shib natijani o’ziga oladi.
Keying qadamda esa dastur natijasini chiqarish amalga oshiriladi. Bu holatda c o’zgaruvchining qiymati natija sifatida olinadi. Quyidagi rasmdan ko’rib olishimiz mumkin
Laboratoriya topshiriqlari:
Ikkita haqiqiy musbat A va B sonlari berilgan shu sonlarni ko’paytmasi topilsin
To’rtta haqiqiy musbat A, B, C, D sonlari berilgan shu sonlarni o’rta arfmetik qiymati topilsin
To’g’ri to’rtburchakning uzun tomoni kichik tomonidan ikki marta katta, to’g’ri to’rtburchakning perimetri (P) va yuzasi (S) aniqlansin
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Dostları ilə paylaş: |