Mavzu: dasturlash tillarida dasturlar ishlab chiqish


Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga ob'yektli kod



Yüklə 9,73 Mb.
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü9,73 Mb.
#189172
1   2
Dasturlash tillarida dasturlar ishlab chiqish 210

Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga ob'yektli kodga o'zgartirib beradi. Ob'yektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham atashadi. Keyinchalik bu ob'yektli kod kompyuterda to'g'ridan to'g'ri ishlatilishi mumkin bo'ladi. Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu ob'yektli kodga ta'sir qilmaydi. Ob'yektli kodni o'zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyatsiya qilinib ob'yektli kod o'zgartiriladi. Natija bajariladigan, .exe ko'rinishidagi fayl bo'ladi. Bu faylni bloknotda ochib o'zgartirib bo'lmaydi, ya'ni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida, dasturlash tilidagi ma'lum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo'qligidir, uning uchun ob'yektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo'ladi, ortiqcha ish bo'lib qoladi. Undan tashqari ba'zi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o'zgartirib berishi mumkin. Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish mumkin.
  • Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham kompyuter tiliga o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir. Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma — ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'yekt kod yaratib qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayni uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la oladi.

Yüklə 9,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin